Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- QADIMGI OSURIYA 1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. 2. Qadimgi Osu riya davri (mil.avv. II ming yillikning I yarmi). 3. O‘rta
- 6. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti. 7. Osuriya madaniyati. 1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Вулли Л. Забытое царство. – М.: 1986. 2. Герни О.Р. Хетты. – М.: 1987. 3. Гиоргадзе Г.Г. Очерки по социально-экономической истории хеттского государства. – Тбилиси: 1973. Asosiy sanalar Mil.avv. XVIII–XVI asrlar Qadimgi Xett podsholigi. Mil.avv. XVI asr oxiri Telepin hukmronligi. Taxt vorisi to‘g‘risidagi farmon. Mil.avv. XV asr Xett davlatining tushkunligi. «O‘rta Xett podsholigi» davri. Mil.avv. XIV–XII asrlar Yangi Xett davlati. Buyuk davlat- ning yaratilishi. Mil.avv. XVI asr Yuqori Mesopotamiyada xurrit qa- bilasi mitannilar Mitanni davlati - ga asos soldi. Mil.avv. 1280-yil Misr-Xett tinchlik shartnomasi. Mil.avv. 1260-yil Mitanni davlati Osuriya podshosi Salmanasar I tomonidan tugatildi. 143 QADIMGI OSURIYA 1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. 2. Qadimgi Osu riya davri (mil.avv. II ming yillikning I yarmi). 3. O‘rta Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning II yarmi). 4. Buyuk Osuriya harbiy davlati (mil.avv. I ming yillik). 5.Qo‘shin. 6. Osuriyaning ijtimoiy-siyosiy hayoti. 7. Osuriya madaniyati. 1. Mesopotamiyadagi arxeologik qazishmalar. Mesopota- miyadagi arxeologik qazishmalar XIX asr o‘rtalarida shimolda: dastlab qadimgi topilmalar bilan qiziqadigan ishqiboz kishi- lar tomonidan, keyinchalik mutaxassis – arxeologlar tomoni- dan amalga oshirildi. Ikki daryo oralig‘idagi birinchi shaharlar qachonlardir Osuriya davlati mavjud bo‘lgan shimolda paydo bo‘lgan edi. 1842-yil fransuz diplomati E.P. Botta mahalliy afsonalarda Osuriyaning qadimgi poytaxti bilan bog‘liq bo‘lgan Kunjik tepaligini (Turkiya) qazishdan boshladi, lekin hech qan- day natijaga erishmadi. 1846–1847-yillarda ingliz diplomati G.A. Leyyard Nimrud tepaligini qazib, qadimiy Osuriyaning Kalxu shahri qoldiqlarini ochdi. Tepalikdan podsho saroylari, odam-ho‘kiz, odam-sher haykallari va badiiy relyeflar topil- di. Y.P. Bottaning Kunjik qazishmalarini Leyard davom ettir- di. 1847-yil Leyyard Kunjik tepaligidan Nineviya xarobalarini, jumladan, podsho Sinaxxerib (mil.avv. VII asr) saroyi, uning nevarasi Ashshurbanipalning kutubxonasini topdi. Leyyardning shogirdi U. Rassam Kunjik tepaligidan podsho Ash shurbanipalning va harbiy manzaralar tasvirlangan, ajoyib relyeflar bilan bezatilgan saroyi va podshoning boy kutubxona- sini ochdi. U Nimrud tepaligi yaqinidagi Balavatdan mil.avv. IX asrga oid yodgorliklar, jumladan, harbiy yurish va xiroj to‘lash manzarasi tasvirlangan Balavat darvozalari deb atalgan 4 ta jez taxtani topdi. Fransuz arxeologi V. Andre 1903–1914-yillarda Osuriyaning qadimiy poytaxti Nineviyada podsho Ashshurba- nipalning saroylari, ibodatxonalar qoldiqlarini, jumladan, oliy xudo Ashshur ibodatxonasi, podsho qabrlari, turar-joy bino- lari va ko‘chalarini qazib ochdi. XX asrning 50-60-yillarida ar- xeologlar Nineviya shahri xarobalaridan saroy, xo‘jalik inshoot- lari, ko‘pgina hujjatlarni topdilar. Osuriyashunoslikning yuz 144 yillik tarixi davomida siyosiy tarix va davlat qurilishi muammo- lari o‘rganildi. Yevropa olimlari ko‘p yillik arxeologik qazishmalar natijasi- da qadimgi Mesopotamiya davlati, jamiyati va boy madaniyati- dan dalolat beradigan noyob yodgorliklarni topdilar. Topilgan yozma manbalar qadimgi Mesopotamiya davlatchiligi, ijti- moiy-madaniy, siyosiy hayotini tasavvur qilishga yordam ber- di. Mesopotamiya madaniyatining yo‘nalishlari, kelib chi qishi, mifologiya, adabiy yodgorliklar, san’atning o‘ziga xos xususi- yatlari, ilmiy bilimlar to‘g‘risidagi qator tadqiqotlar amalga oshirildi. Tarix fanida XIX asr oxiri XX asr boshlaridagi tarixchi olim Me yerning sikl nazariyasi yetakchi o‘rin egalladi. Edvard Meyer har qanday sivilizatsiya siklik rivojlanib, ya’ni feodal tuzum- dan boshlanib, kapitalizm darajasiga yetadi, keyin ichki qara- ma-qarshiliklar tufayli halokatga uchraydi, shundan so‘ng sikl yana qaytariladi deb tushuntirdi. Shu sababli, XX asr bosh- larida taniqli nemis osurshunoslari B.Maysner, P.Koshaker va boshqalar qadimgi Mesopotamiya tarixini feodal jamiyat deb baho berdilar. Faqat keyingi yillarda ijtimoiy tabaqalanish, xo‘jalikni tashkil qilish, shaharlar, savdo-hunarmandchilikning o‘rni, ibodatxonalar xo‘jaligi bo‘yicha muhim ijtimoiy-iqtisodiy tadqiqotlar (A. Falkenshteyn, A. L. Oppenxeym, I. Gelba va V. Leman asarlari) paydo bo‘ldi. Osurshunoslik markazlari dast- lab Angliya va Fransiyada, XX asr boshlaridan Germaniyada paydo bo‘ldi. Gitler hokimiyatga kelgach, ko‘pgina osurshunos olimlar AQShga ko‘chib ketdilar. Hozir AQShda mashhur osurshunoslik markazlari faoliyat ko‘rsatmoqda. Angliya, Fran- siya va Germaniyada ham osurshunoslik maktablari ilmiy tad- qiqotlarni olib bormoqdalar. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling