Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
7. Xett madaniyati. Xettlar o‘ziga xos madaniyatni yarat-
dilar. Xett lar jamiyatida qonunlar shakllantirilgani, xett yozu- vining mavjudligi madaniyatning ravnaqidan dalolat beradi. Mixxat va ierogliflardan keng foydalanilgan. Xett jamiyatining o‘z madaniy taraqqiyotida Misr va Mesopotamiyaning yuksak madaniyatlari ta’siri yaqqol seziladi. Xett madaniyatida, ayniq- sa, xurritlarning ta’siri kuchli bo‘lgan. Xett dini o‘ziga xos belgilarga ega bo‘lgan. Xettlarning ming ma’bud va ma’budalari to‘g‘risida manbalarda eslatishlar mav- jud. Amalda esa, cheklangan miqdorda ilohlarga sig‘inilgan. Poytaxt Xattusining oliy homiysi chaqmoq xudosi bo‘lgan. U bi- lan birga, xurritlarning chaqmoq xudosi Teshubga ham sig‘inil- gan. Xattusida quyosh, hosildorlik xudosi Telepinga va ma- halliy Kilikiya hosil xudosi Sandanga e’tiqod qilingan. Podsho 140 quyoshga o‘xshatilib ilohiylashtirilgan. Shu sababli, xettlar o‘z podsholarini «quyoshim» deb sig‘inganlar. Jahon adabiyotidagi eng birinchi yozilgan tarjimayi hol Xat- tusili III ning tarjimayi holi matni hisoblanadi. Xett yozma asar- laridan bizgacha yetib kelgan podsholarning «tarjimayi hollari» juda qiziqarli va batafsil bayon qilingan. Ularda yorqin obraz- lar, chuqur kechinmalar va o‘ziga xos axloqiy qarashlar sezila- di. Xett yilnomalarida mamlakat tarixini uch davrga bo‘lishga urinish yaqqol ko‘zga tashlanadi. Xett arxivlarida boshqa mam- lakatlar, masalan, Akkad tarixi to‘g‘risida ma’lumotlar ham mavjud. O‘rta va Yangi Xett podsholiklari davrida Xett ada- biyotida duo-afsunlar alohida o‘rin tutadi. Qadimgi xett dafn qo‘shig‘i xett poeziyasining yagona namunasidir. Xett podsholi- gining boshqa xalqlar bilan yaqin aloqasining mavjudligidan dalolat beradigan yana bir madaniy yodgorlik – uch tilli shu- mer-bobil-xett lug‘atlarining tuzilishidir. Xett adabiyoti, ayniqsa, mifologiya janri juda boy, bizgacha poemalar, ertaklar, marosim qo‘shiqlari yetib kelgan. Yana biz- ga qadar Xett podshosining bosh otboqari Kikkuli ismli kishi tuzgan yilqichilik to‘g‘risidagi ajoyib qo‘llanma yetib kelgan. Qo‘llanma qadimgi Xett davlati iqtisodiy hayotida yilqichilik muhim o‘rin tutganligidan dalolat beradi. Ushbu qo‘llanma dunyo tarixida yilqichilik sohasi bo‘yicha yaratilgan ilk asardir. Xett haykal va relyeflari vazmin va ulug‘vorligi bilan ajra- lib turadi. Mamlakatda mudofaa inshootlari, qal’a devorlari- ni qurish yuqori darajada bo‘lgan. Xett madaniyati ko‘p asrlik Shimoliy Mesopotamiyada va unga yaqin boshqa hududlarda yashagan qabila va xalqlarning madaniyatini o‘zida aks ettir- gan va boshqa madaniyatlarga ham o‘z ta’sirini o‘tkazgan. Xett davlati halokatidan keyingi asrlarda ham xettlarning madaniy merosi boshqa qo‘shni mamlakatlar madaniyatiga ijobiy ta’sir o‘tkazdi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling