Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy muno-
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
6. Yangi Xett podsholigi davrida iqtisodiy-ijtimoiy muno-
sabatlar. Yangi Xett davrining xo‘jalik va ijtimoiy munosabatla- rini tavsiflovchi asosiy manba Xett qonunlaridir. Xo‘jalikning asosini dehqonchilik, chorvachilik va hunar- mandchilik (metallurgiya va metallardan mehnat qurollari tayyorlash, kulolchilik, quruvchilik ishlari va h.k) tashkil qil- gan. Dehqonchilikda sun’iy sug‘orish sezilarli bo‘lmagan. Sun’iy sug‘orish inshootlari cheklangan holatda barpo qilingan. Xo‘ja- likda savdo ham muhim o‘rin tutgan. Yer egaligi podsho yer- lari, ibodatxona yerlari, jamoa yerlaridan iborat bo‘lgan. Davlat yerlariga egalik qilish va foydalanish natural (saxan) va mehnat (lussi) majburiyatlarini o‘tash bilan bog‘langan. Saxan va lussi- dan ibodatxona yerlari ozod qilingan. Podsho xizmatida bo‘lgan xususiy kishilarning yerlari, podshodan hadyaga olingan yer- lar ham saxan va lussi bilan bog‘langan maj buriyatlardan ozod qilinishi mumkin bo‘lgan. Davlatning diniy markazlari bo‘lgan Arinna, Nerika va Siplanda shaharlarining kohinlari, to‘quvchi- lari, xizmatchilari majburiyatlarni o‘tashdan ozod qilinganlar. 139 Hunarmandchilikning rivojlangani to‘g‘risida ma’lumot be- radigan qonunlar va boshqa hujjatlarda temirchi, kulol, durad- gor va tikuvchi kasblari tilga olinadi. Mehnat qurollari va har- biy qurol-aslahalar ishlab chiqarish uchun asosiy xomashyo dastlab mis, keyinchalik qalay bo‘lgan. Temirdan faqat diniy marosimlar uchun haykalcha va boshqa buyumlar yasashda oz miqdorda foydalanilgan. Xettlar davlatida podsho oilasi va podsho bosh kohin sifatida juda katta miqdorda yerga egalik qilgan. Podsho va ibodatxona yerlarida ishlovchilar o‘z yerlariga biriktirib qo‘yilib, turli soliq va majburiyatlarni o‘taganlar. Xett davlati ma’muriyati qaro- riga ko‘ra ekin yerlari ishlovchilar va o‘z foydasiga soliq yig‘ish huquqi bilan podsho amaldorlari va ibodatxonalar ixtiyoriga berilganlar. Ayrim ibodatxonalar umumdavlat soliqlaridan ozod qiluvchi immunitet yorliqlarini olgan. Davlat va ibodatxona yer- laridan tashqari, boshqa yerlar xususiy mulk bo‘lib, oldi-sotdi qilingan. Xettlar jamiyatida barcha aholi ikki guruhga bo‘lingan: soliq to‘lovlari va boshqa majburiyatlarni o‘tovchi (podsho, ibodat- xona yoki xususiy shaxs foydasiga) kishilar erkin bo‘lmagan mavqega ega bo‘lib, kamsitilganlar. To‘la ma’noda erkin kishi- lar deb zodagonlar, amaldorlar, kohinlar va katta yer egalari hisoblanganlar. Xett davlati ma’muriyati tomonidan bosib ol- gan hududlar boshqarilmagan, balki ulardan faqat xiroj olish bilan cheklangan. Qaram hududlar, davlatlarni o‘z mahalliy hokimlari boshqargan. Lekin ular turli to‘lov va majburiyatlarni o‘tashga majbur bo‘lgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling