Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Yangi Xett podsholigi davrida Buyuk Xett davlati (mil
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Yangi Xett podsholigi davrida Buyuk Xett davlati (mil.
avv. XIV–XII asrlar). Mil.avv. XIV asr boshlarida Old Osiyo- da Misr, kassitlar Bobili va Mitanni davlatlari zaiflashib, xalqa- ro munosabatlarda Xett davlatining kuchayishi uchun qulay shart-sharoit tug‘iladi. Mil.avv. 1450-yillar atrofida kelib chiqi- shi xurrit bo‘lgan omadli amaldor taxtni egallab, yangi Xett su- lolasiga asos soladi. Yangi sulola podsholari qadimgi Xett buyuk davlatchiligi g‘oyalarini qayta rishga da’vo qilib, harbiy-byurok- ratik monarxiyani tashkil qiladilar. Podsho ilohiylashtirilgan mutlaq hukmdorga aylanadi va o‘ziga voris tayinlaydi (Bu vo- ris alohida «Tuxkante» lavozimiga aylanib, bu vazifadagi kishi- ni zarur bo‘lganda almashtirish mumkin edi). Endilikda saroy to‘ntarishlari isyonga aylanib ketmaydi. Shu vaqtdan boshlab podsho alohida samoviy ilohiylik egasi hisoblanib, «quyoshim» deb ulug‘landi. Mil.avv. XIV asr qulay xalqaro vaziyat xett davlatini faol tash- qi siyosat olib borishiga shart-sharoit yaratdi. Xett podsholari ichida eng taniqli diplomat, uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi va mohir sar karda Suppilium I (mil.avv. 1380 –1335-yillar atrofi- da) davlatning harbiy qudratini oshiradi. U yengil, tez yuradi- gan jang aravalari bilan qo‘shinni ta’minlaydi. Xett shaharlari, ayniqsa, poytaxt Xattusining mudofaa inshootlari mustahkam- lanadi. Podsho Suppilium I Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i mayda davlatchalarini va Mitanni davlatini o‘ziga bo‘ysundira- di. Mitanniga tegishli Suriya viloyatlarini va shaharlarini bosib oladi. Suppilium I o‘z kuyovini Mitanni taxtiga o‘tqazdi. U Su- riyada markazi Karxemish va Xalpa bo‘lgan xettlarga qaram davlatlarga asos solib, bu davlatlarning hokimlari etib o‘z o‘g‘il- larini tayinlaydi . Bobil va Axey (Miken Yunonistoni) davlatlari Suppilium bilan do‘stlik aloqalarini o‘rnatishga majbur bo‘ladi. Uning vorisi Mursili II (mil.avv. 1335–1305-yillar atrofida) ota- sining davlatini to‘la hajmda saqlab qoladi, lekin qaram hudud- lardagi isyonlar, qo‘zg‘olonlar va boshqa qudratli davlatlarning mamlakat hududiga tazyiqiga qarshi to‘xtovsiz urushlar olib borishga majbur bo‘ladi. Mursili II Kichik Osiyo dagi Janubiy Frigiya va Lidiya, Milavan (Milet) hokimlarini bo‘ysundiradi. U an’anaviy raqib Arsava podsholigiga (Kichik Osiyo) qarshi g‘oli- bona yurish qilib, Egey dengizi qirg‘og‘igacha chiqadi. Ammo 136 Mursili II podsholigining so‘nggi yillari da Misr XIX sulola davri- da yanada kuchayadi va Sharqiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i uchun Xett davlati bilan yana raqobat boshlaydi. Mil.avv. 1286-yilda Kadesh shahri yonida har ikki tomon uchun hal qiluvchi jang- lardan biri bo‘lib o‘tadi. Jangda Misr qo‘shinlari yengiladi. Shun- ga qaramasdan Misr fir’avni, iste’dodli sarkarda Ramzes II yana urushga tayyorlanib, xettlarni Falastin, Fini kiya va Suriya ning katta qismidan siqib chiqaradi. Oxir-oqibatda Misr va Xett dav- lati mil.avv. 1280-yilda tinchlik shartnomasini imzolaydilar. Shartnoma bo‘yicha Suriyaning bir qismi, Shimoliy Finikiya Xett davlati ta’siri ostida qoladi. Har ikki davlat o‘rtasida savdo aloqalari kuchayadi. Endilikda Xattusili III kuchayib borayotgan Osuriyaning har- biy tazyiqiga qarshi Bobil bilan ittifoq tuzishga harakat qiladi, lekin Osu riyani Yuqori Mesopotamiyadan siqib chiqara olmay- di. Xett davlati kuchli qo‘shinga ega bo‘lgan Osuriya tazyiqini qiyinchilik bilan qaytaradi. So‘nggi Xett podsholari Tutxaliya IV va uning ikki o‘g‘li davrida axeylar, Bolqondan kelgan frigiyaliklarni Kichik Osiyoning g‘arbida hujumini zo‘rg‘a qaytaradilar. Axeylar tor- mor qilinganidan keyin Kichik Osiyo g‘arbidagi Ilion shahri bosib olinadi. So‘nggi Xett podshosi Suppilium II Kipr orolini yana qayta bosib oladi. Mil.avv. XII asr oxirida Egey dengizi qirg‘oqlari va orollarining etnik jihatdan ola-quroq «dengiz xalqlari» Xett davlatini tor-mor qildilar (mil.avv. 1190-yillar). Shunday qilib, Xett davlati tarix sahnasidan abadiy tushib ketdi. Markazlari Karxemish va Melida bo‘lgan so‘nggi Xett podsholiklari qoldiqlari mil.avv. VIII asr oxirlarida Osuriya tomonidan tugatildi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling