Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
O‘rta Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning II yarmi)
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. O‘rta Osuriya davri (mil.avv. II ming yillikning II yarmi).
Mil.avv. 1353–1318-yillarda podsho Ashshurballit Osuriyani qudratli davlatga aylantiradi. Zaiflashib qolgan Mitanni xettlar tazyiqiga qarshi Osuriyaga ittifoqchi sifatida chiqadi. Tez orada Osuriya xettlarni Yuqori Mesopotamiyadan haydab chiqarib, Frot daryosiga chiqadi. Natijada Mitannining sharqiy viloyat- lari, bu yerdagi diniy markaz – Nineviya bosib olinadi. Mitanni, keyinchalik Bobil ham Osuriya ta’siri ostiga tushib qoladi. Osu- riya shahar-davlatdan qudratli davlatga aylanib, yetti yuz yil davomida o‘zining talonchilik yurishlari, bosib olingan hudud- 147 lar aholisiga nisbatan shafqatsizligi bilan qo‘shni hududlarga qo‘rquv va dahshat tug‘diradi. Osuriya davlatining shakllanishi mil.avv. 1295–1264-yillarda hukmronlik qilgan podsho Adad-Nerari davrida tugallandi. U birinchi bo‘lib rasmiy ravishda o‘ziga podsho unvoni berib, Old Osiyo buyuk davlatlari hukmdorlariga teng bo‘lgan «Buyuk pod- sho» unvoniga da’vo qiladi . Adadneraruning o‘g‘li Salmanasar I (akkad tilida Shulmanu – ashared mil.avv. 1274–1245-yillar) otasining Mitanniga qarshi yurishlarini davom ettirdi. U yuqori Mesopotamiyani Karxemeshgacha Osuriyaga qo‘shib oldi. Sal- manasar I ning o‘g‘li Tukulti-Ninurta I (mil.avv. 1244–1208-yil- lar) Bobilga va Kavkazortiga g‘olibona harbiy yurishlar uyush- tirdi. U Bobilni bosib olib, u yerga o‘z noibini tayinladi va Bobil shahridagi Esagila ibodatxonasidan xudo Mardukning hayka- lini Ashshurga olib ketdi. Podsho Ash shur o‘rniga o‘zi uchun yangi poytaxt – Kar-Tukulti-Ninurta shahrini qurdirdi. Ammo hukmronligining so‘nggi yillarida xettlar va Bobil Osuriyani u bosib olgan hududlarning katta qismidan mahrum qildilar. Mamlakat uzoq urushlar natijasida zaiflashib qolib, ichki tar- tibsizliklar yuz berdi. Mil.avv. XIII asrda Xett davlati osur sav- dogarlarini Kichik Osiyodan siqib chiqardi. Misr Suriyada o‘z ta’siridan mahrum bo‘ldi. Mitanni davlati esa, Osuriya uchun g‘arbga chiqadigan yo‘lni butunlay yopadi. Mil.avv. XIII–XII asr boshlarida Osuriya Yuqori Mesopotamiyaning qo‘shni hudud- larini to‘rt marta o‘ziga qo‘shib oldi va to‘rt marta yo‘qotdi. Osur zodagonlari podshoning zaif tashqi siyosatidan noro- zi bo‘lib, uni taxtdan tushirib, o‘ldirdilar. Osuriya tushkunlik- ni boshdan kechiradi. Bolqon qabilalaridan bo‘lgan mushklar Frot daryosi vodiysiga kelib, Xett davlatini halokatga uchrat- dilar. Keyin esa, elamliklarning hujumini qaytardilar. Qo‘shni Bobilning tazyiqi kuchaydi, bir qator hududlarni bosib oldi. Faqat Ash shur I dan (mil.avv. 1179–1134-yillar) Bobilga qarshi harbiy yurishlarni boshladi. Ammo tashqi siyosatda haqiqiy tub burilish podsho Ashshur – resh-ishi (mil.avv. 1133–1116-yil- lar) davrida yuz berdi. Uning o‘limidan keyin Osuriya taxti- ga kuchli siyosiy arbob Tikulti-anal-esharra ( Tiglatpalasar 1115–1077-yillar) chiqdi. Podsho Tiglatpalasar I (mil.avv. 1115–1077-yillar atrofida) davrida xalqaro vaziyat Osuriya foydasiga o‘zgardi. Bu davrda Xett podsholigi halokatga uchrab, Misr siyosiy tarqoqlik tomon yo‘l tutdi. Osuriya qulay vaziyatdan foydalanib, Shimoliy Suriya 148 va Shimoliy Finikiya, Kichik Osiyoning janubiy-sharqiy qismini o‘z ta’siri ostiga oldi. Osuriyaning gullab-yashnashi mil.avv. XII–XI asrlarda Arabistondan oromiy qabilalarining bostirib ke- lishi natijasida tugadi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling