Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


 Mitanni (mil.avv. 1560 –1260-yillar)


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet66/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

8. Mitanni (mil.avv. 1560 –1260-yillar). Yuqori Mesopo-
tamiyada mil.avv. XVIII–XVII asrlarda Kavkaz ortidan Kichik 
Osiyoga oriy lar kirib keldilar. Ular Suriya va Falastin Yuqori 
Mesopotamiya va Kichik Osiyoning janubi-sharqini egalladilar. 
Mil.avv. XVI asrda Mitanni (akkad tilida – Xanigalbat) davlatiga 
(mil.avv. 1560 –1260-yillarda mavjud bo‘lgan) oriylardan bo‘lgan 
mitannilar asos soladilar. Mitanni poytaxti Yuqori Xaburda joy-
lashgan Vassokanda shahari bo‘lgan. Mitanni podsholari oriy 
sulola ismlarini saqlab qolib, «Mand jangchilari podshosi» va 


141
«Xurri jangchilari podshosi» unvonlariga ega bo‘lganlar. Oriy 
ma’budlari Indra, Mitra-Varuna va Nasati hukmron sulolalar-
ning homiy xudolari edi. 
Bu davlat mil.avv. XVI–XV asrlarda Old Osiyo siyosatida
yetakchi o‘rinni egalladi. Misr, Xett davlatlari Mitanni bilan 
hisoblashishga majbur bo‘ldi. Mitanni mil.avv. XVI asr oxiri-
da podsho Shuttarni I davrida Zagros va Nineviyadan Shimoliy 
Suriyagacha bo‘lgan hududni egallab, ulkan davlatga aylandi. 
Shu vaqtdan boshlab bir yuz ellik yil davomida Old Osiyoda Mi-
tannidan kuchli bo‘lgan qudratli davlat yo‘q edi. Mitanni kuchli 
qo‘shinga ega bo‘lib, qo‘shin asosini qattiq intizomga bo‘ysun-
gan otliq qismlar tashkil etgan. Mitanni yuz yil davomida (mil.
avv. XVI asr oxiridan boshlab XV asr nihoyasigacha) qudratli 
davlatga aylanib, Old Osiyoning eng kuchli davlatlari Misr va 
Xettlar bilan raqobat qildi. Podsho Shuttarna davrida (mil.avv. 
XVI asr oxiri) Mitanni hududi Zagros tog‘lari va Parratarna (mil.
avv. 1471-yillar atrofi) Misrning zaifligidan foydalanib, butun 
Sharqiy O‘rtayer dengizini Kilikiyadan Markaziy Falas tingacha 
bo‘lgan hududlarni egalladi. Mil.avv. XV asr o‘rtalarida Misr 
bilan Mitanni o‘rtasidagi chegaralar Kadesh shahri atrofidan 
o‘tgan. Taxminan mil.avv. XV asr o‘rtalarida Mitanni Suriya 
uchun xettlar bilan to‘qnashdi. Podsho Ardadama xettlarni to‘la 
yanchib tashlab, Mitanni chegaralarini Kichik Osiyodagi Tavr 
va Yuqori Galisgacha cho‘zdi (mil.avv. XV asr oxiri). Bu davrda 
Mitanni Misr bilan Mesopotamiya va Sharqiy O‘rtayer dengizi 
havzasi uchun uzoq kurash olib bordi. Mil.avv. XV asrda xalqa-
ro vaziyat o‘zgarib, Misr bilan Mitanni o‘rtasida ittifoqchilik mu-
nosabatlari o‘rnatildi va sulolaviy nikohlar tuzildi. Tutmos IV va 
Amenemxotep III Mitanni malikalariga uylandilar va Mitanniga 
oltin va turli sovg‘a-salomlar jo‘natdilar. 
Mil.avv. XIV asr boshlarida Mitannidagi sulolaviy nizo, saroy 
fitnalari davlatni zaiflashtirdi. Saroy fitnasi natijasida o‘smir 
Tushratti taxtga chiqdi. Tushratti Misr bilan uzilib bo‘lgan 
diplomatik aloqani qayta tikladi, qizi Tado-Xebani Misr fir’avni 
Amenxotep III ga turmushga berdi. Xett podshosi Suppilulum I 
Mitanniga bostirib kirdi. Boshda Tushratti xettlarning hujumi-
ni qaytardi, lekin hukmronligining so‘nggi yillarida Suppilu-
lum I dan yengildi. Mitannining bir qismini xettlar zabt qildi-
lar, Tushratti qochishga majbur bo‘ldi va o‘ldirildi. Yordamga 
chaqirilgan Osuriya hukmdori Ashshurballit I mamlakatning 
sharqiy viloyatlarini anneksiya qildi. Shu vaqtdan Mitanni Shi-


142
moliy Mesopotamiyadagi kichik bir davlatchaga aylanib qoldi. 
Uning ustidan nazorat qilish uchun osur va xettlar o‘zaro ku-
rash olib bordilar. Qachonlardir qudratli davlat bo‘lgan Mitanni 
qoldig‘lari mil.avv. 1260-yilda Osuriya podshosi Salmanasar I 
tomonidan tugatildi.

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   62   63   64   65   66   67   68   69   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling