Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Maktab. Qadimgi Mesopotamiya shaharlarida ijtimoiy-iqti-
sodiy tarqqiyot natijasida savdo-hunarmandchilik ehtiyojlari va davlat xizmati savodli odamlarga bo‘lgan ehtiyojni kuchaytirdi. Mixxat yozuvlarini o‘qish ma’lum bir kasbiy tayyorgarlikni ta- lab qildi. Shu sababli, dunyo tarixida ilk maktablar Shumerda paydo bo‘lgan. Ilk maktablar ibodatxonalar oldida bo‘lib, ke- yinchalik ulardan tashqarida mavjud bo‘lgan. Shumer maktabi «edubba» («taxtachalar uyi») deb atalgan. Maktabning boshida «taxtachalar uyi otasi» turgan. Bir vaqtning o‘zida u o‘qituvchi vazifasini ham bajargan. Boshqa o‘qituvchilar – «katta aka- lar» hamda nazoratchi – «qamchidan foydalanadigan» o‘qituv- chilar ham bo‘lgan. O‘qituvchilar o‘quvchilarning ota-onalari bergan mablag‘ hisobidan kun kechirganlar. Maktabda o‘g‘il bolalar o‘qib, ular «taxtachalar uyi o‘g‘illari» deb atalgan. Mak- tabda o‘qish uzoq va mashaqqatli bo‘lgan. O‘quvchilar shu mer va akkad tillari, yozuvning murakkab tizimini o‘rganishi, ada- biy asarlardan nusxa ko‘chirish ko‘nikmasini olishi, ilohiyot- shunoslik, matematika, geografiya, tabiatshunoslik va tibbiyot sohasidagi ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishlari lozim edi. Maktab o‘quvchisining hayoti to‘g‘risida bizgacha bir necha matnlar, shumer maktablari inshootlari qoldiqlari yetib kelgan. Qadim- gi Uruk shahrining mil.avv. IV ming yillik oxiri – III ming yillik 117 boshlariga tegishli qatlamlari qazib ochilganda birinchi o‘quv qo‘llanmalari bo‘lgan loy taxtachalar topilgan. Shuruppak shahri xarobalaridan mil.avv. III ming yillik o‘rtalariga tegish- li katta miqdordagi «maktab matnlari» mavjud. Ko‘rinishidan keyinchalik maxsus kotiblik maktablari butun mamlakat bo‘ylab tarqalgan. Qadimgi Shumer va keyingi Bobil maktablarida asosan dav- lat va ibodatxonalar uchun kotiblar tayyorlangan. Maktab- lar ta’lim va madaniyat o‘chog‘i bo‘lgan. Yuqori sinf o‘quv- chilari kelajakda tor mutaxassislashuvga qarab, grammatika, astro nomiya va mate matikadan bilim olganlar. O‘zini fan- ga bag‘ishlamoqchi bo‘lgan o‘quv chi bo‘lsa, huquq, astrono- miya, tibbiyot va matematikani o‘rgangan. Maktabda jismoniy jazo keng qo‘llanilgan. Mesopotamiya maktablari o‘quvchilari- ning sinf xonasida fanlarni o‘rganish uchun loy taxtachalar- da yozgan mashq matnlari hamda maktab sinf xonalari xaro- balari qazib ochilgan. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling