Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Asosiy sanalar
- SHUMER-BOBIL MADANIYATI 1. Yozuv. 2. Kutubxona. 3. Maktab. 4. Adabiyot . 5. Din. 6. Ilmiy bilimlar. 7. San’at . 1. Yozuv.
Tavsiya etiladigan adabiyotlar
1. Мелларт Дж. Древнейшие цивилизации Ближнего Вос тока. – М.: 1982. 2. Оппенхейм А.Л. Древняя Месопотамия: Портрет по гибшей цивилизации. – М.: 1990. 3. Кленгел Брандт. Путешествие в древний Вавилон. – М.: 1979. Asosiy sanalar Mil.avv. 1894–1595-yillar Bobilning yuksalishi. Mil.avv. 1792–1750-yillar Podsho Xammurapi hukmronligi. Qo nunlar to‘plamining tuzilishi. Mil.avv. 1595-yil Xettlar Bobilga bostirib kirdi. I Bobil sulolasi tugatildi. Mil.avv. 1595–1155-yillar Bobilda kassitlar sulolasining hukmronligi. Mil.avv. 605–562-yillar Navuxudonosor II ning hukmron- lik yillari. Bobilning gullab-yash- nagan davri. Mil.avv. 626–539-yillar Bobilning yangidan yuksalishi. Yangi Bobil davlati. Mil.avv. 539-yil Ahmoniylarning Bobilni bosib olishi. 114 SHUMER-BOBIL MADANIYATI 1. Yozuv. 2. Kutubxona. 3. Maktab. 4. Adabiyot. 5. Din. 6. Ilmiy bilimlar. 7. San’at. 1. Yozuv. Mesopotamiya jahon sivilizatsiyasi va qadimgi shahar madaniyatining ilk o‘choqlaridan biri. Mesopotamiya madaniyati bir necha ming yillar davomida rivojlandi hamda qo‘shni madaniyatlarga hayotbaxsh ta’sir qildi. Mesopotamiya- da ilk bor yozuv, adabiyot, fan, ta’lim tizimi o‘z davriga nis- batan mukammal rivojlandi. Ilk xalq og‘zaki ijodi, aniq fanlar rivojlandi. Mesopotamiya madaniyati o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, bu yerda yaratilgan uyg‘un madaniyat jahon sivili- zatsiyasining ajralmas bir qismini tashkil etdi. Mesopotamiya madaniyatining yutuq va kashfiyotlari qadimda va o‘rta asr- larda boshqa madaniyatlar va xalqlar tomonidan o‘zlashtirilib, dunyo madaniyatining keyingi taraqqiyotiga poydevor bo‘lib xiz mat qildi. Bu madaniyatning ilk asoschilaridan biri shumerlar bo‘lib, ular ning yutuqlarini bobilliklar va osuriyaliklar o‘zlashtirib, davom ettirdilar. Mesopotamiya madaniyatining asoslari mil. avv. IV ming yillikda shaharlar paydo bo‘lishi bilan boshlandi. Uning uzoq yashash davrida unga xos ichki yaxlitlik, an’analar- ning merosiyligi, uning unsurlarini ajralmas aloqasi saqlanib qoldi. Mesopotamiya madaniyatining boshlang‘ich davri o‘ziga xos yozuvning shakllanishi bilan belgilanadi. Keyinchalik bu yozuv mixxatga aylanadi. Mixxat Mesopotamiya sivilizatsiyasi- ning asosiy ildizi bo‘lib, uning barcha jihatlarini birlashtirgan an’analarini saqlab qolish imkoniyatini berdi. Mil.avv. IV–III ming yilliklarda shumer mixxat yozuvi paydo bo‘ldi. Shumerlar bu yozuvni sivilizatsiyaga xizmat qildirdilar. Shumer mixxati mil.avv. VII asrgacha Old Osiyoda xalqaro yo- zuv vazifasini o‘tadi. Bu yozuvda huquqiy, siyosiy, xo‘jalik va adabiy matnlar yozilgan. Shumer mixxati uzoq vaqt davomida shakllandi. Dastlab shumer yozuvi piktografik shaklda alohi- da buyumlar, tasvirlar tarzida ifodalangan. Shunday yozuvdan mil.avv. III ming yillikdan boshlab foydalanilgan. Piktografiya juda sodda bo‘lib, haqiqiy yozuv emas edi. U so‘zlarni ifodala- mas edi. Asta-sekin u mixxatga aylandi. Mix xatda 600 belgi bor 115 edi. Amerika arxeologlari Nippur shahridagi eng qadimgi shu- mer ibodatxonasini va ibodatxona kutubxonasini topish baxti- ga muyassar bo‘ldilar. Uning ko‘p sonli xonalarida shumer tili- da bitilgan matnlar 50 ming loy taxtachalar topildi. Mil.avv. XXIV asrda ilk batafsil yozilgan Shumer matnlari paydo bo‘ldi. Akkad tili Janubiy Mesopotamiyada mil.avv. III ming yillik ning ikkinchi yarmida shakllandi. Shumer va akkad tillari bir-biridan ko‘pgina so‘zlarni o‘zlashtirib oldi. Mil.avv. III ming yillikning oxirida dunyo tarixida ilk bor qadimgi shumer– akkad lug‘atlari tuzilgan. Dastlab shumer yozuvini, keyinchalik shumer–akkad yozuvini butun Old Osiyo xalqlari o‘zlashtirib oldilar. Akkad tili Old Osiyo xalqaro diplomatiya tiliga aylandi. Qadim- gi Mesopotamiyada loy mo‘l-ko‘l edi. Loy taxtacha yozuv uchun asosiy xomashyo bo‘lib xizmat qildi. Taxtacha loydan yasalib, tuzlardan kuydirish yo‘li bilan tozalangan. Mesopotamiyada o‘rmon bo‘lmaganligi sababli, faqat eng muhim matnlar yozilgan loy taxtachalar (podsho yozuvlari, kutub xonada saqlanishi lozim bo‘lgan asarlar) kuydirilgan. Qolgan taxtachalar oftobda quri- tilgan. Odatda, taxtachalar 7-9 sm uzunlikda bo‘lgan. Yozuvlar ba’zida tosh va metall taxtachaga ham yozilgan. Mil.avv. I ming yillikda bobilliklar va osuriyaliklar yozuv uchun teri va chetdan keltirilgan papirusni ishlata boshlagan- lar. Shu vaqtning o‘zida Mesopotamiyada yog‘ochdan qilingan uzun taxtachaga mum surtib, mixxat belgilarini tushirganlar. Mil.avv. VII asrdan boshlab oromiy tili va yozuvi kirib kelgan paytda mixxat yozuvlari sekin-asta unutila boshlandi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling