Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi


Bobil mil.avv. XII asr – mil.avv. VII asrda. Yangi Bobil


Download 3.16 Mb.
Pdf ko'rish
bet47/268
Sana01.11.2023
Hajmi3.16 Mb.
#1736437
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   268
Bog'liq
Ravshan Rajabov Jahon tarixi

4. Bobil mil.avv. XII asr – mil.avv. VII asrda. Yangi Bobil 
podsholigi. Mil.avv. XII asrda kassitlar Bobiliga qo‘shni Elam 
davlati halokatli zarba berdi. Elam bir necha urushlardan 
so‘ng mil.avv. 1150-yillar atrofida kassitlar sulolasi hukmron-
ligini tugatdi. Lekin biroz vaqt o‘tib, Navuxodonosor I (mil.avv. 
1124–1108-yillar) 2-Issin sulolasi davrida elamliklar Bobildan 
haydab yuborildi. Elamga Novuxodonosor Osuriya va Elam 
chegarasidagi der qabilasi yonida shunday zarba
 berdiki, Elam 
haqida uch asr (mil.avv. 821- yilgacha) biror-bir matn xabar 
bermaydi. 
Elam ustidan qozonilgan g‘alabadan so‘ng Navuxodonosor 
butun Mesopotamiya ustidan hukmronlik qilishga harakat 
qildi. Navuxodonosor va uning vorislari «Bobil podshosi Shu-
mer va Akkad podshosi to‘rt iqlim podshosi» unvonini oldilar. 
Poytaxt Issindan Bobilga ko‘chirildi. Bobilning keyingi tarixida 
Dajla, Frot daryolari, Fors qo‘ltig‘i qirg‘og‘i va Janubiy Meso-
potamiyaning shaharlari oralig‘ida joylashgan xaldey qabilalari 
muhim o‘rinni egalladilar. Ular yarim ko‘chmanchi chorvador 
va dehqonlar bo‘lgan. Xaldeylar mil.avv. IX asrda Bobilning 
janubiy qismini bosib oldilar va Bobil madaniyatini qabul qildi-
lar. Bobilning oliy xudosi Mardukka sig‘ina boshladilar. 
Mil.avv. 729-yilda Bobilni Osuriya bosib oldi. Osuriyaliklar 
Bobilda mil.avv. VII asrgacha hukmronlik qildilar. Yangi Bo-
bil podsholigining paydo bo‘lishi mil.avv. 629-yilga to‘g‘ri kela-
di. Lashkarboshi Nabopalasar Bobilda yangi
 xaldey sulolasiga 
asos soldi. Navuxudo nosor II ning hukmronlik yillari Bobilning 
gullab-yashnagan (mil.avv. 605–562-yillar) davri bo‘ldi. 
Bobil ulkan, ulug‘vor jamoat inshootlari bunyod qilingan, 
aholisi gavjum bo‘lgan qadimgi Sharqning eng yirik shahari-
ga aylandi. Shahar Frot daryosining ikki qirg‘ogida joylashgan 
bo‘lib, uzunligi 123 metr, kengligi 5-6 metr bo‘lgan ko‘prik bi-
lan birlashtirilgan. Shahar uch qator devor bilan o‘ralib, uning 
aylanasi 8 km ni tashkil qilgan va 100 ta bronza darvozadan 
shaharga kirilgan. Shaharda ulkan podsho saroyi, sun’iy te-
palikda Bobilning muqaddas ibodatxonasi Esa gila joylashgan. 


109
Ibodat xonaning har bir tomoni uzunligi 400 metrni tashkil 
qilgan. Undan janubda balandligi 91 metr bo‘lgan yetti qavat-
li Etemenanki («osmon va yer markazidagi ibodatxona») deb 
atalgan zikkurat – ibodatxona bunyod qilingan. Katta diniy 
marosim uchun tantanali yurishlar yo‘li qurilib, uning g‘isht 
devorlari afsonaviy hayvonlar tasvirlangan rangli sirkor sopol-
lar bilan qoplangan. Eng mashhur inshootlaridan biri bo‘lgan 
ma’buda Ishtar darvozasi nemis arxeologlari tomonidan qa-
zib ochilgan. Bundan tashqari, afsonaviy Semiramida osma 
bog‘lari qurilgan. U qadimgi dunyoning yetti mo‘jizasidan biri 
hisoblangan. Bizgacha mil.avv. VII–VI asrlarga oid Bobil tarixi 
bo‘yicha ma’muriy matnlar, yozuvlar, podsho farmonlari va far-
moyishlari yetib kelgan. Bobil to‘g‘risida ayrim antik mualliflar 
ma’lumotlari ham mavjud. 
Mil.avv. 562-yilda Navuxodonosor II vafot qilgandan so‘ng, 
Bobil zodagonlari va kohinlari davlat siyosatiga faol aralasha 
boshladilar va o‘zlariga yoqmagan podsholarni almashtirar edi-
lar. Keyingi o‘n ikki yil ichida to‘rt hukmdor almashdi. Mil.avv. 
556-yilda kelib chiqishi oromiy bo‘lgan Nabonid taxtni egalla-
di. Ungacha o‘tgan Yangi Bobil podsholari xaldey qabilasidan 
edi. Nabonid diniy islohot o‘tkazdi. Oliy Bobil xudosi Marduk 
e’tiqodi o‘rniga Oy xudosi Sinaga e’tiqod qilishni birinchi o‘ringa 
qo‘ydi. Bu bilan u ko‘rinishidan xudo Sinaga e’tiqod qiladigan 
ko‘p sonli oromiy qabilalarini o‘z atrofiga birlashtirib, o‘zining 
qudratli hokimiyatini mustahkamlashga harakat qiladi. Lekin 
Nabonidning diniy islohoti Bobil, Borsippa va Urukdagi nufuzli 
qadimgi ibodatxonalar kohinlari bilan ziddiyatga olib keldi.
Mil.avv. 553-yilda Midiya va Fors o‘rtasida urush boshlan-
di. Midiya podshosi Astiag Xarran shahridan o‘z harbiy qis-
mini cha qirib oldi. Bundan foydalangan Nabonid o‘sha yil bu 
shaharni bosib oldi va mil.avv. 609-yilda osuriyaliklar bilan 
urush da buzib tashlangan xudo Sinaning ibodatxonasini qay-
ta tiklashga farmon berdi. Nabonid Markaziy Arabistonning 
shimoliy qismidagi Teyma viloyatini bo‘ysundirdi va Teyma
vo diy si orqali sahro bo‘yicha Misrga boradigan savdo yo‘llarida 
o‘z nazoratini o‘rnatdi. Bu yo‘l Bobil uchun juda katta ahamiyat-
ga ega edi. Chunki mil.avv. VI asr o‘rtalariga kelib Frot daryosi 
o‘z oqimini o‘zgartirdi. Natijada Fors qo‘ltig‘i gavanlari orqali Ur 
shahri bilan dengiz savdosini olib borish mumkin bo‘lmay qol-
di. Nabonid o‘z qarorgohini Teymaga ko‘chirib, Bobilni boshqa-
rishni o‘z o‘g‘li Belshar Utsuraga topshirdi.


110
Nabonid g‘arbda faol tashqi siyosat bilan mashg‘ul bo‘lgan 
bir paytda Bobilning sharqiy chegaralarida qudratli raqib – Ah-
moniylar davlati paydo bo‘ldi. Fors podshosi Kayxusrav II bu va-
qtga kelib, Midiya, Lidiya va boshqa mamlakatlarni Hindiston-
gacha bosib oldi. U istilochilik urushlari olib borishga tayyor, 
yaxshi qurollangan qo‘shinga ega bo‘lib, boy va zaiflashib qol-
gan Bobilga qarshi urushga jadal tayyorlana boshladi. Nabonid 
Bobilga qaytdi va o‘z mamlakati mudofaasini kuchli dushman-
ga qarshi tashkil qilishga kirishdi. Ammo Bobilda ichki vaziyat 
yomonlashdi. Nabonidning xudo Marduk ibodatxonasi kohin-
larining qudrati va ta’sirini yo‘qotishga urinishi, bu e’tiqod bi-
lan bog‘langan diniy bayramlarga loqaydligi qudratli kohinlarni 
unga nisbatan dushmanligini kuchaytirdi.
 Naboniddan norozi 
bo‘lgan kohinlar unga yordam bermadilar. Arabiston sahrolari-
da ko‘p yillik urushlarda holdan toygan Bobil qo‘shini o‘zlariga 
nisbatan ko‘p marta kuchli bo‘lgan fors qo‘shinlari hujumini 
qaytara olmadi. 
Bundan tashqari, Kayxusrav Bobildagi kohinlarning noro-
ziligidan ustalik bilan foydalandi va ularni o‘z tomoniga og‘di-
rib oldi. Mamlakat forslarning ayg‘oqchilari bilan to‘lib ketgan 
edi. Bobil 200 ming kishi yashaydigan, uch qator devor bilan 
o‘ralgan, 100 darvozali – o‘sha davr uchun ulkan shahar edi. 
Forslar qo‘qqisdan hujum qilganlari uchun shahar markazida 
yashaydigan bobilliklar dushman shahar atrofini egallaganini 
bilmadi. Dushman shaharga kirganda ham hech nimadan xa-
barsiz bobilliklar qandaydir bayramni beg‘amlik bilan nishon-
layverdilar. Nabonid poytaxt Bobil mudofaasini uyushtirishga 
urindi. Lekin mil.avv. 539-yil 12-oktabr kuni forslar qo‘shini 
Bobilga kirdi. Nabonid taslim bo‘ldi va Kayxusrav unga marha-
mat qilib, Karmaniya viloyatiga noib etib tayinladi. Uning o‘g‘li 
Belshar qatl etildi. Kayxusrav Bobildagi yahudiylarga Falas-
tinga qaytishga ruxsat berdi. Forslar Misrning kuchayishidan 
qo‘rqdi. Bobil mil.avv. 539-yil oktabr oyida forslar tomonidan 
bosib olindi va o‘z mustaqilligini abadiy yo‘qotdi. Bobil mil.
avv. 331-yilgacha Ahmoniylar davlati tarkibiga kirdi. Keyin esa 
makedoniyalik Aleksandr davlatiga, uning yemirilishidan so‘ng 
Salavkiylar davlati tarkibiga kirdi. 
Mil.avv. VIII–V asrlarda Bobilda mavjud bo‘lgan Egibi va Mu-
rashu tadbirkorlik uylarining mixxat hujjatlari bu davrda Bo-
bilda tovar-pul munosabatlarining yuqori darajada rivojlangani 
to‘g‘risida ma’lumot beradi. Bu vaqtda savdo-sudxo‘rlik ish-


111
larida ixtisoslashgan katta mablag‘ va moddiy vositalarga ega 
bo‘lgan «tadbirkorlik uylari» mavjud bo‘lgan. Ana shunday uy-
lardan biri Egibi uyi Bobilda ko‘p sonli mol-mulk, yuzlab qullar, 
yer va ustaxonalarga ega edi. Bu tadbirkorlik uyining vakillari 
har kuni katta pul mablag‘lari talab qiladigan pul-kredit ope-
ratsiyalarini amalga oshirganlar. 
So‘nggi Bobil jamiyati ijtimoiy tabaqalari quyidagi ko‘rinish-
da bo‘lgan:
1. Hududiy jamoa doirasida yer egasi bo‘lgan, to‘la fuqaro-
lik huquqiga ega odamlar. Ular jamoaning o‘z-o‘zini boshqaru-
vida hamda qishloq jamoalari o‘rtasidagi kelishmovchiliklarni 
hal qilishda ishtirok etganlar. Ko‘pgina yer egalari o‘z yerlari-
ni ijaraga berib, o‘zlari boshqa faoliyat bilan shug‘ullanganlar 
va qishloqda yashamaganlar. Jamoa yeri ulushidam mahrum 
bo‘lish fuqarolik huquqidan mahrum bo‘lishga olib kelgan. Shu 
sababli, kambag‘al jamoachilar sudxo‘rdan qarz olganlar. Qarz-
dor garovga qo‘ygan mulkidan va u orqali ta’minlangan ijtimoiy 
mavqeyidan mahrum bo‘lmaslik uchun o‘zi va oila a’zolarini ga-
rovga qo‘yishga doimo tayyor bo‘lgan.
2. Jamoa yerida o‘z yeriga ega bo‘lmagan kishilar mahalliy 
o‘z-o‘zini boshqarish ishlarida ishtirok etmaganlar. Ular ega-
lik qilgan yer davlatniki bo‘lgan. Bunday odamlar «podsho xiz-
matkorlari» sifatida qaralgan. Uning xizmati nufuzli bo‘lib, uni 
ta’minlashga berilgan mulk yaxshi yashash kafolatini bergan.
3. Yerga biriktirilgan va mehnat majburiyatlarini o‘tashga 
majbur bo‘lgan qaram dehqonlar. Ko‘pincha ular qandaydir 
jamoalarga, asosan ibodatxonalarga tegishli ishchilar bol’gan. 
Bu toifaning qaramligi merosiy bo‘lib, ozod bo‘lishlari ehtimoli 
noma’lum edi. Ular oila bo‘lib yashaganlar, avloddan-avlodga 
mehnatning bir xil turi bilan shug‘ullanganlar. Lekin bu odam-
lar ibodatxonaning mulki deb hisoblanmagan. Shu sababli, qul 
sifatida oldi-sotdi qilinmaganlar. Ularning fuqarolik huquqlari 
bo‘lmagan.
4. So‘nggi Bobil hujjatlarida qullar tilga olinadi. Qullar 
aholi ning ko‘p qismini tashkil qilmagan, lekin qul mavqeyida-
gi odamlar kam bo‘lmagan. Mamlakatda qul bozorlari mavjud 
bo‘lib, u yerda qullarning bahosi doimo barqaror edi. Qullarga 
xo‘ja yinning tamg‘asi bosilgan. Qullar podsho va ibodatxonalar-
ga tegishli bo‘lgan, lekin ularning ko‘pchiligi xususiy kishilar-
ning mulki hisoblangan. Ko‘pgina qullar o‘z kasbining ustasi 
bo‘lganlar. Xo‘jayinlar ularni pul ishlashga yuborgan. Yaxshi 


112
kasb-hunarga ega bo‘lgan qulga o‘z xo‘jaligiga ega bo‘lish, uyla-
nish huquqi berilgan va erkin odamlar kabi huquqiy bitimlar 
tuza olgan. Ba’zi qullar savdo-sudxo‘rlik faoliyati bilan shug‘ul-
lanib boyib ketganlar. Boyib ketgan qullar o‘z qullariga ega 
bo‘lganlar, lekin shu bilan birga, qul mavqeida qolaverganlar. 
Hujjatlarda bir necha katta boy qul tadbirkorlar ismlari 
ma’lum bo‘lib, ular o‘nlab qullarni bahosiga teng bo‘lgan mab-
lag‘ bo‘yicha bir vaqtning o‘zida bir necha bitimlarni tuzish-
lari mumkin bo‘lgan. Boy qullar yollanma ishchilardan foyda-
langanlar. Jumladan, erkin fuqarolarni ham ishlatganlar yoki 
ularni o‘z qarzdorlariga aylantirganlar. Qul o‘z xo‘jayini bilan 
ish bo‘yicha hamkor sifatida chiqishi va shartnomalar tuzi-
shi mumkin bo‘lgan. Hujjatlarga ko‘ra, bu davrda qullarning 
soni ko‘paygan. Ibodatxona xo‘jaligida yuzlab qullar ishlagan. 
Boylarning yerlarida 3-5 qul, tadbirkorlik uylarida o‘nlab qul-
lar mehnat qilgan. Yirik yer egalari erkin kishilarga va qullarga 
yerni ijaraga bir xil shartlarda berganlar.
So‘nggi Bobil davrida katta va mayda yer egaligi mavjud 
bo‘lgan. Yerlar ulushlarga bo‘linib, qullar va erkin kishilarga 
ijaraga berilgan. Davlat amaldori bo‘lgan katta yer egasi bosh-
qaruvchi yollagan yoki yerini bir kishiga, misol uchun, tadbir-
kor va boy qulga ijaraga bergan. U esa, yerni ulushlarga bo‘lib, 
boshqalarga ijaraga berib, ijara haqini yig‘ib olgan (sub ijara). 
Yollanib ishlaydiganlar, kam yerli yoki yersiz kishilar aholi-
ning ko‘pchilik qismini tashkil qilgan. Ibodatxonalar ham to-
var-pul munosabatlariga tortilgan. Ular yer va qullarni ijaraga 
berganlar. Mil. avv. I ming yillikda podsho xo‘jaligi sezilarli rol 
o‘ynamagan. Podsho yerlari ham ijaraga berilgan. Ibodatxona 
va xususiy xo‘jaliklar yetakchi o‘rinni egallagan. 
Bobil savdogarlari Old Osiyoning eng boy va tadbirkor sa-
vdogarlaridan bo‘lgan. Bobil savdogarlari xalqaro savdoda Shar-
qiy O‘rtayer dengizi qirg‘og‘i mamlakatlari va Mesopotamiyadan 
janubiy-sharqda turgan viloyatlar o‘rtasida savdoda vositachilik 
qilganlar. Bobil shahari xalqaro savdo markazi bolib, shaharda 
o‘nlab mamlakatlardan savdogarlar kelgan. Misr, Suriya, Elam 
va Kichik Osiyo bilan gavjum savdo qilingan. Bobil Ahmoniylar 
viloyatlariga g‘alla, kiyim-kechak, jun va gazlama yetkazib be-
radigan asosiy markaz bo‘lgan. Bobil mustaqilligini yo‘qotgani-
dan so‘ng, fors davlatining eng boy satrapliklaridan biri bo‘lib 
qoldi. U har yili Ahmoniylar davlati xazinasiga 1000 talant (30 
tonna) kumush bilan davlat solig‘ini to‘lagan. Ahmoniylar bobil 


113
savdogarlariga ko‘plab imtiyozlar berdilar. Ular buning evaziga 
Suza xazinasiga katta miqdorda to‘lovlar to‘laganlar. 

Download 3.16 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   268




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling