Uo‘K: 4(100) (075) kbk: 63. (0) R-17 Rajabov, Ravshan Jahon tarixi
Akkadning yuksalishi. Sargon davlati
Download 3.16 Mb. Pdf ko'rish
|
Ravshan Rajabov Jahon tarixi
3. Akkadning yuksalishi. Sargon davlati. Kish hokimining
kichik saroy amaldori, kelib chiqishi quyi tabaqadan bo‘lgan Sargon (rivoyatga ko‘ra u tashlandiq bo‘lgan va keyinchalik Kish hokimi saroyida tarbiyalangan) mil.avv. 2316-yilda hokimiyat- ga kelib, o‘zini «Sharrum-ken» (haqiqiy podsho Sargon – ilmiy adabiyotda) deb e’lon qiladi (mil.avv.2316–2261-yillar). Lugal- zagissi podsho hokimiyatini kuchaytirishga urinib, shumer ko- hinlariga suyandi. U o‘zi ishg‘ol qilgan shumer shahar-davlatla- rining o‘zboshimchaligini tugata olmadi. Ammo uning 25 yillik hukmronligidan so‘ng shimoldagi Akkad davlati butun shu- merni bosib oldi. Sargon (mil.avv. 2316–2261-yillar) va uning vorislari 150 yil davomida mamlakatni boshqardilar. Tarixda birinchi marta Sargon 5400 askardan iborat yengil qurollangan muntazam qo‘shin tuzdi. Lugalzagissi davrida Kish shahar dav- latida sargon ismli (uning asl ismi Sharrukenu bo‘lgan) amal- dor fitna uyushtirib, Lugalzagissini taxtdan tushirdi. Rivoyatga ko‘ra past tabaqadan chiqqan. Yoshligida uni Akku ismli suv tashuvchi boqib oladi. Usta siyosatchi va sarkarda Mesopota- miyaning shimoli va janubini tarixda ilk bor birlashtirib, yago- na davlat tuzdi. Umma hokimi Lugalzagissi Sargon bilan uzoq urush olib bordi. Sargon kuchli qo‘shin bilan 34 jangdan so‘ng butun Shumerni istilo qildi. Sargon o‘zining 55 yillik podsholigi davrida butun Mesopotamiyani Akkad davlati qo‘l ostiga bir- lashtirdi. Bundan tashqari, u Kichik Osiyo, Kipr, Suriya, Elam va hatto uzoq Janubiy Erongacha harbiy yurishlar qildi. Sargon davlati hududiga teng keladigan biror-bir davlat Ahmoniylarga- cha bo‘lgan bir yarim ming yil davomida bo‘lmadi. Mesopotamiyadagi oldingi shahar-davlatlardan farq qilgan holda Sargon davlati markazlashgan davlat edi. Sargon va uning vorislari davrida mamlakatda iqtisodiyot, pul-tovar mu- nosabatlari, sun’iy sug‘orishga asoslangan dehqonchilik yuk- saldi. Podshoning mutlaq hokimiyati urug‘ zodagonlari va oqsoqollar kengashining kuchli qarshiligiga uchradi. Podsho ularning qarshiligini sindirish, o‘z hokimiyatini mustahkam- lash uchun xizmatdagi zodagonlar, amaldorlar, qisman ko- hinlarga tayanib ish ko‘rdi. Ba’zi shaharlarning merosiy «Ji» 97 (hokim)lari o‘rniga podsho o‘z kishilarini tayinladi. Sargon o‘zi tashkil etgan muntazam qo‘shinga g‘amxo‘rlik qildi. Qo‘shind- agi askarlarga harbiy xizmati uchun yer ulushi ajratib berdi. Qo‘shinning qo‘llab-quvvatlashi natijasida podsho («Sharrum») ning mutlaq hokimiyati vujudga keldi. Sargon tashkil qilgan davlatda hokimiyat to‘la unga tegishli bo‘lib, keyin o‘g‘il va ne- varalariga meros bo‘lib o‘tishi kerak edi. Shumer shahar-davlatlarining hududi Sargon davlatining viloyatlari bo‘lib qoldi. Ularning tepasida turgan ensi yoki lugal podsho noiblari hisoblanar edi. Ibodatxona xo‘jaligi va mulklari esa podsho davlat xo‘jaligining bir qismi edi. Sargonning qo‘lida katta miqdorda iqtisodiy kuch to‘planib, uning yordamida ichki isyonlar va faol tashqi siyosat yuritish uchun harbiy qismlarni saqlab turish mumkin bo‘ldi. Podsholar markaziy hokimiyatni mustahkamlash uchun merosiy «ensi»larni o‘z o‘g‘illari bilan almashtirdilar. Merosiy hokimlar oddiy amaldorlar darajasiga tushirildi. Podsho ich- ki siyosatda kohinlarga suyandi. Kohinlarga ko‘plab imtiyozlar berildi. Podsho va uning o‘g‘illari ibodatxona kohinlari lavozi- mini bajarganlar. Sargon davrida yangi kanallar qurildi. Sug‘o- rish inshootlari umumdavlat miqyo sida rivojlantirildi. Yagona o‘lchov va og‘irlik o‘lchov birliklari joriy qilindi. Akkad Hindis- ton va Sharqiy Arabiston bilan savdo aloqalarini o‘rnatdi. Sar- gon hukmronligining so‘nggi yillarida mamlakatda boshlan- gan ochlik katta g‘alayonlarga olib keldi. Bu g‘alayon mil.avv. 2270-yilda uning o‘limidan so‘ng, kichik o‘g‘li Rumish tomoni- dan bostirildi. Sargonning vorisi Rimush Shumer urug‘ zodagonlarining markaziy hokimiyatga qarshi ko‘targan isyonlarini shafqatsiz bostirdi. Isyonchi shaharlarga qarshi Rimush uch marta yurish qildi. Ri mush isyonchi shaharlar Umma va Derning 13 ming- ga yaqin aho lisini qirib tashladi. U ichki siyosatda kohinlarga tayanishga harakat qilib, ularga mo‘l-ko‘l hadyalar qildi. Ammo Rimush o‘z yaqinlarining fitna qurboni bo‘ldi. Uning ukasi Manishtushu qator qo‘zg‘olonlarni bostirishga majbur bo‘ldi. U Elamga ikki marta bostirib kirdi. Fors qo‘ltig‘ining sharqiy qirg‘og‘i tomon dengiz orqali yurish qildi. U podsho hokimiya- tini mustahkamlash uchun jamoa yerlarini sotib olib, davlat yer zaxirasini kengaytirdi. Podsho xo‘jalik tizimining asosini yaratdi. O‘n besh yillik hukmronlikdan so‘ng, Manishtushu ham yangi saroy fitnasi natijasida o‘ldirildi. Taxtga uning o‘g‘li, 98 Sargonning nabirasi Naram-Suen (mil.avv. 2236–2200-yillar) o‘tirdi. Naram-Suen ham podsho hokimiyatini mustahkamlash uchun isyonchi shaharlar, «ensi»lar, urug‘ zodagonlariga qarshi muntazam kurash olib borishga majbur bo‘ldi. Akkadning yuk- salishidan norozi bo‘lgan janubdagi shaharlar qo‘zg‘olon ko‘tar- di. Bu qo‘zg‘lonlar uzoq vaqt davom etib, zo‘rg‘a bostirildi. Naram-Suen davrida Akkadning yuksalishi kuzatildi. Meso- potamiya shaharlari to‘la Sargon sulolasi hukmi ostiga o‘tgach, Naram-Suen o‘zini «Akkadning qudratli xudosi» deb ulug‘lab, o‘zini relyefl arda ilohiylik ramzi bo‘lgan shoxli bosh kiyim bilan tasvirladi. Aholi unga iloh sifatida sajda qilishi lozim edi. Podsho hokimiyatining mustahkam bo‘lishi uchun kuch- li qo‘shin, ko‘p miqdorda moddiy boyliklar muntazam ra- vishda zarur edi. Sargon va uning vorislari shimolda Frotning yuqori qismi va O‘rtayer dengizi qirg‘og‘iga, janubda Elam va Fors qo‘ltig‘i qirg‘oqlariga, sharq da Eron tog‘lik hududlariga harbiy istilochilik yurishlar olib borganlar. Bu yurishlarning asosiy maqsadi o‘lja olish edi. Naram-Suen Subartu, Elam, Fors qo‘ltig‘iga, Zagros tog‘larida lulubeylarga qarshi g‘olibona yurishlar olib boradi. Naram-Suenning yurishlari hozir Luvr muzeyida saqlanayotgan, Naram-Suen stelasi deb nomlangan qizil ohaktosh taxtada tasvirlangan. Taxtada o‘z qo‘shini bilan tog‘ cho‘qqisiga chiqib borayotgan Naram-Suen zagros tog‘lik qabilalarining jangchilaridan birini mahv qilayotgani tasvirlan- gan. Naram-Suen «Dunyoning to‘rt iqlimi podshosi» unvoniga ega bo‘ldi va kohinlar Naram-Suenni «Akkad xudosi» deb tan oldilar. Naram-Suenning vorisi Sharkalisharri («Barcha podsho- lar podshosi», mil.avv. 2200–2176-yillar) taxtga o‘tirdi. Uning davrida Akkad davlatining yemirilishi boshlandi. Istilochilik urushlari, haddan tashqari ko‘p sarf-xarajatlar va shahar aho- lisining g‘alayonlari mamlakat iqtisodiyotini izdan chiqardi. Akkad podsholigining qudratiga Mesopotamiyaga Zagros tog‘laridan bostirib kirgan tog‘li qabilalardan bo‘lgan qutiylar chek qo‘ydi. Boshida Naram-Suen ularni og‘ir janglarda yengib, mamlakatdan haydab chiqargan edi va o‘zi shu urushda halok bo‘ldi. Ammo qutiy lar Naram-Suenning vorislari davrida Sar- goniylar hokimiyatining zaiflashganidan foydalanib, yana Me- sopotamiyaga bostirib kirdilar. Mamlakat qutiylar tomonidan talon-taroj qilindi. Shumerning mahalliy hokimlari ularga xiroj to‘ladilar. Lagash hokimlari qutiylar yordamiga tayanib, boshqa 99 shaharlar ustidan o‘z nazoratlarini o‘rnatishga harakat qildilar. Lagashning zo‘ravonligi janubiy Mesopotamiyada shahar-dav- latlarning noroziligiga uchradi va qutiylardan ozod bo‘lish vaqti- da qo‘shni shahar-davlatlar tomonidan Lagash shahri shafqat- siz buzib tashlandi. Qutiylar davrida Lagash hokimi bo‘lgan Gudea (mil.avv. 2137–2117-yillar) o‘zining yozuvlari va haykallari bilan ma’lum. Uning davrida Ningirsu xudosi ibodatxonasi atrofida yagona ibodatxona xo‘jaligi tashkil etilgan. Gudea bu xudo uchun oli- nadigan maxsus soliq joriy qildi va qurilish majburiyatini kirit- di. Gudea Hind daryosi havzasi viloyatlari bilan savdo qildi va Elam bilan urush olib bordi. Download 3.16 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling