Urbanizatsiya odamlar o'rtasida muloqot o‘matish uchun qulay hisoblangan hayot turmush tarzini shakllantiradi, ‘ kasbiy yo‘nalishni o‘zgartiradi, aholining ijtimoiy faoliyatini keskin oshiradi


Download 0.84 Mb.
bet11/22
Sana07.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1174887
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22
Bog'liq
Yaxshilab o\'qing

Migratsiya yo‘nalishi bo‘yicha esa ichki va tashqi migratsiya farqlanadi.
Ichki migratsiya - aholining bir mamlakat ichidagi harakatidir. Bunda qishloq (qishloq - shahar), shahar (shahar - qishloq), qishloqlararo (qishloq - qishloq), shaharlararo (shahar - shahar) migratsiyasi nazarda tutiladi.


Tashqi migratsiya - aholining mamlakat davlat chegarasining kesib o‘tishidir. Tashqi migratsiya xalqaro migratsiya, deb ham ataladi. Bunda qit’alararo va qit’alar ichidagi migratsiya farqlanadi.
Xalqaro migratsiyaga immigratsiya va emigratsiya tushunchalari xosdir. Immigratsiya - aholining boshqa mamlakatga doimiy yoki vaqtinchalik (Birlashgan Millatlar tashkiloti qoidalariga binoan 1 yildan uzoq muddatga) ko‘chib kelishidir. Emigratsiya esa aholining o‘z mamlakatini doimiy yoki vaqtinchalik tark etishidir.

Aholi migratsiyasi davomiyligiga qarab quyidagi turlarga bo‘linadi:



    1. doimiy (qaytib kelmaydigan) - bunda odamlaming doimiy turar joyini bir umrga almashtirishi ko‘zda tutiladi;

    2. vaqtinchalik ( qaytib keladigan) — odamlaming uzoq, lekin cheklangan vaqtga boshqa joyga ko‘chib borishidir. Vaqtinchalik migratsiyaga boshqa joyga bir necha yilga kontrakt bo‘yicha ishga borish misol bo‘la oladi;




  1. mavsumiy - odamlaming har yili muayyan muddatga bir joydan boshqa joyga, masalan qishloq xo‘jaligi sohasida ishlashga yoki kurort, sanatoriylarga borishidir;




  1. tebranuvchan (tez-tez takrorlanib turadigan) - odamlaming muntazam ravishda boshqa joyga ishga yoki o‘qishga qatnashidir.

Migratsiya shakli bo‘yicha quyidagicha farqlanadi:



  1. tashkiliy - bunda migratsiyaning davlat yoki jamoat tashkilot-lari yordamida amalga oshirilishi ko‘zda tutiladi;

  2. tashkillashtirilmagan - bunda odamlar o‘zlari va o‘z mablag‘lari hisobiga migratsiyani amalga oshiradi;

  3. ixtiyoriy - odamlaming migratsiya to‘g‘risida o‘zlarining qaror qabul qilishidir;

  4. majburiy - odamlami boshqa joyga ko‘chirish ulaming ixtiyo-risiz amalga oshirilishidir.

  5. Tarixiy manbalar hozirgi 0‘zbekiston hududida ham migratsiya jarayonlari jadal bo‘lganligidan guvohlik beradi. Ko‘chmanchi qabilalar muntazam turarjoylarini o‘zgartirib turgan, Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab savdo karvonlari beto‘xtov qatnagan, behisob urushlar ham aholi migratsiyasiga sabab bo‘lgan. Birinchi ming yillik o‘rtalarida turk qabilalari janub tomon yo‘nalgan. Amir Temur saltanatida ulkan bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish uchun Iroq, Suriya, Turkiya, Gruziya va boshqa o‘lkalardan me’morlar, quruvchilar, zargarlar, to‘quvchilar, boshqa kasb egalari ko‘chirib kelingan.


  6. Mintaqadagi migratsiya jarayonlari rivojlanishida XIX asming ikkinchi yarmida Rossiyaning Turkistonni mustamlaka qilishi bilan tub o‘zgarishlar sodir boidi. Chorizmning oikaga kirib kelishi aholi ko‘chishi miqyoslarini kengaytirdi. Mustamlakachilar bu yerda o‘z mavqelarini mustahkamlash uchun rus millatiga mansublami Rossiyadan Turkistonga ommaviy ko‘chirib kelish siyosatini amalga oshirdi. Natijada 1911-yilga kelib aholi tarkibida rus millatiga mansublaming ulushi Andijonda -15,0 %, Samarqandda - 20,0, Toshkentda - 25,0, Marg‘ilonda - 30,0 5 ga yetdi125.


  7. Birlashgan Millatlar tashkilotining so‘nggi ma’lumotlariga ko‘ra, 2013-yilda xalqaro muhojirlarining soni 231,0 mln. kishiga yetgan. Bu yer yuzi aholisining 3,2 %ni tashkil qiladi. Xalqaro muhojirlar soni 1990-yilga nisbatan 76,0 mln. kishiga ko‘paygan.

Xalqaro muhojirlaming 136 mln. nafari rivojlangan, 96,0 mln. nafari rivojlanayotgan mamlakatlar hissasiga to‘g‘ri keladi. Ulaming aksariyati mehnatga layoqatli: 20 dan 60 yoshgacha bo‘lgan kishilardir. Barcha xalqaro muhojirlaming 74,0 %i ular ulushiga to‘g‘ri keladi. Dunyo miqyosida xalqaro muhojirlaming 48,0 %ini ayollar tashkil etadi.

Birlashgan Millatlar tashkilotining ma’lumotlari hozirgi vaqtda rivojlanayotgan mamlakatlarda tug‘ilib, rivojlangan va rivojlanayotgan mamlakatlarga ko‘chib borgan xalqaro muhojirlaming soni bir-biriga yaqinlashib qolganligini ko‘rsatmoqda. Ya’ni ulaming rivojlanayotgan mamlakatlardagi soni 2013-yilda 82,3 mln. kishini, rivojlangan mamlakatlardagilamiki esa 81,9 mln. kishini tashkil etgan.


Shu bilan birga xalqaro muhojirlami jalb qiluvchi eng katta mintaqa Yevropa bo‘lib qolmoqda. Uning hissasiga hozirgi vaqtda 72,0 mln. kishi to‘g‘ri keladi. Osiyo qit’asi esa 71,0 mln. xalqaro muhojimi qabul qilgan. Xalqaro muhojirlar soni o‘sishining eng yuqori sur’atlari Shimoliy Amerikada qayd qilingan. Mazkur mintaqada 1990 yildan keyingi davrda bu o‘sish sur’atlari yiliga o‘rtacha 2,8 %ga yetgan. Shimoliy Amerika ana shu davrda jami 25,0 mln. xalqaro muhojimi qabul qilgan.


Demografiya nuqtai nazaridan xalqaro migratsiya muhojirlami jalb etuvchi davlatlarga quyidagiga ta’sir ko‘rsatadi:





    1. Aholi sonining dinamikasini o‘zgartiradi. Masalan, Rossiyada tug‘ilish darajasi pasayishi tufayli 1989-2002-yillarda aholining tabiiy o‘sishi 12,8 mln. kishiga kamaygan. Immigratsiya aholi sonidagi bu yo‘qotishning 11,0 mln. nafarini qoplagan. Bu boshqa davlatlar, umuman jahon uchun xos. Xususan, Birlashgan Millatlar tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, 1990-2010-yillarda dunyoda migratsiya jarayonlari natijasidagi muhojirlar soni ortishining sur’atlari aholi tabiiy o‘sishi sur’atlaridan ortib ketdi (10.1-jadval).

Aholi jins-yosh tarkibini o‘zgartiradi. Muhojirlaming ko‘pchiligini, an’ana bo‘yicha, yoshlar tashkil etadi. Shuning uchun immigratsiya jalb etuvchi mamlakat aholisining jins-yosh tarkibini yaxshilaydi, emigratsiya esa yomonlashtiradi. Bundan ota-onalar jalb etuvchi mamlakatdagi farzandlarinikiga oilani birlashtirish uchun kel ishlari mustasnodir.


16.2-jadval





Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling