Urbanizatsiya odamlar o'rtasida muloqot o‘matish uchun qulay hisoblangan hayot turmush tarzini shakllantiradi, ‘ kasbiy yo‘nalishni o‘zgartiradi, aholining ijtimoiy faoliyatini keskin oshiradi


Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari


Download 0.84 Mb.
bet14/22
Sana07.02.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1174887
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22
Bog'liq
Yaxshilab o\'qing

Iqtisodiy rivojlanish bosqichlari.


O‘zbekistonda bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonlarining makroiqtisodiy dinamikaga ta’sirini tahlil qilish o‘tish jarayonidagi milliy iqtisodiyotini rivojlanishni 3 bosqichini ajratib ko‘rsatadi.

  1. Bosqich: Bozor asoslarini yaratish va bozor iqtisodiyoti ga o‘tish (1991-yildan, 1996-yil oxiriga qadar) O‘zbekistonda boshqa SHarqiy Evropa va MDH mamlakatlaridan farqli ravishda iqtisodiy islohotlarning bosqichma-bosqishlab chiqarish harakteri va ijtimoiy- siyosiy barqarorlikni ta’minlanishi bilan ajralib turdi. Hukumatning asosiy vazifasi bu bosqichda bozor iqtisodiyotini institutssional asoslarini yaratishga qaratildi.

Huquqiy islohotlar doirasida esa davlat boshqaruvi vazifalari o‘zgartirildi, yangi bank sektoriga doir me’riy bazalar yaratildi, ijtimoiy himoyaga katta e’tibor qaratildi. Tovar va foiz birjalarini tashkil etishga oid me’riy aktlar qabul qilindi, sug‘urta kompaniyalari, aksionerlik jamiyatlari faoliyati jonlana boshladi.
O‘tish jarayonidagi huquqiy asos sifatida mulk to‘g‘risidagi, korxonalar, banklar va bank faoliyati to‘g‘risidagi xususiylashtirish, xorij investitsiyalari to‘g‘risidagi
qonnunni qabul qilinishini ko‘rsatish mumkin. SHu bilan bir vaqtning o‘zida narxlar erkinlashuvi, uy-joy fondining va kichik korxonalarni xususiylashtirish jarayoni amalga oshirildi.
Lekin shu bilan bir qatorda islohotlarga yakunlanish jarayoni etib kelmadi.
Masalan: narxni erkinlashuvi alohida iste’mol tovarlari
uchungina joriy qilindi. Import uchun tariflar yo‘q qilingani bilan tashqi savdo qattiq nazorat ustida edi.
Yirik va o‘rta korxonalarni aksionerlik jamiyatlariga ayylantirish mulkka bo‘lgan munosabatlarni o‘zgarishiga olib keldi, lekin amalda davlat bu korxonalarni ega sifatida qolaverdi. Davlat buyurtmasi tizimi orqali davlat paxta va bug‘doy uchun narxni belgiladi. Davlat nazorati faqatgina narxni tashkil etishdagina emas, balki kreditlarni taqsimlashda valyutani tartibga solishda saqlanib qolindi. Narx erkinlashuvi natijasida esa iste’mol tovarlari narxi oshdi. o‘rtacha oylik o‘sish hajmi 1992-1993 yillar ichida 19-
21% ni tashkil etdi.
Joriy schyot taqchilligi 10%doirasida bo‘ldi va uni moliyalashtirish tashqi qarz va majburiyatlarni yig‘ilishi asosida bo‘ldi. Tashqi qarz darajasi silohotlarni oldingi ikki yili mobaynida 20%ga oshdi.
Islohotlarni jadallashuviga O‘zbekiston milliy valyutasining 1994-yilda-so‘mni muomalaga kiritishi va yagona rubl zonasidan chiqishi katta ta’sir ko‘rsatdi. Bu makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda zarur bo‘lgan monetar siyosatni o‘tkazishni ta’minladi. Lekin milliy valyutaning konvertatsiyasining cheklangan imkoniyatlarga ega ekanligi tashqi savdo va iqtisodiyotni rivojlanishiga to‘sqinlik berdi.
Lekin shu bilan birga qabul qilingan chora-tadbirlar makroiqtisodiy va moliyaviy holatni barqarorlashtirishda o‘z o‘rniga ega bo‘lishdi. qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga (paxta va bug‘doydan tashqari) davlat buyurtmasini yo‘q qilinishi, narxning kelgusi erkinlashuvi, bank nazoratini kuchayishi bunga sabab bo‘ldi.
Kuchli monetar siyosat natijasida inflyasiya darajasi 6,3%ga 1995-yilda, 1996- yilning dastlabki to‘qqiz oyida esa 4,4%ni tashkil etdi.valyuta kursi orasidagi farq 1994- yil boshida 7,5marttadan 1995-yilda 1,1marttagacha iqsqardi. 1995-yilda joriy operatsiyalar schyoti taqchilligi YAIMga nisbatan 0,2%ni tashkil etdi
YAIMning qisqarishi hajmi 1994-yilda 4,2%ga, 1995-yilda 0,9%ga, 1996-yil birinchi yarim yilligida YAIM o‘sishi ko‘zga tashlanib, u 1,7%ni tashkil etdi.
Halqaro tashkilotlar tomonidan O‘zbekistonga nisbatan ishonch oshdi. 1995-yil yanvaridan boshlab XVF tomonidan moddiy qo‘llab quvvatlashib, tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirdi. MDH davlatlari ichida O‘zbekistonda birinchilar qatorida ishlab chiqarish pasayishidan 1996-yildan boshlab o‘sishga erishildi.
Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning dastlabki besh yilida O‘zbekistonda eng kam 16,5% ishlab chiqarish pasayishi (MDH bo‘yicha 38,5%, Rossiyada-30%, 32,7% Qozoqistonda 29%ni tashkil etgan).
O‘tish jarayonida O‘zbekistonda Belarusiya va Ukrainadan farqli ravishda ortiqcha sanoat quvvatiga ega bo‘lmagan. Bu erda asosiy o‘rinni mavjud rivojlangan yoqilg‘i- energetika kompleksi va boy tabiiy-xomashyo resurslarga ega bo‘lganligi, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini eksportga yo‘nalganligini egalladi.
Bozor islohotlarining O‘zbekistondagi yana bir xususiyati shundaki, iqtisodiy javhalarda davlatning ahamiyati saqlanib qolingan. Bu MDH va sharqiy Evropa mamlakatlari bilan solishtirilganda byudjet daromadlarining (YAIM nisbatan 35dan 45%gacha) davlat investitsiyalarida (20%ga yaqin) umumiy hajmi yuqoriligi, shuningdek eksport-import operatsiyalari tarkibida, nomarkaz eksportlari hajmi yuqori emasligi faol davlat tomonidan tartibga solish siyosati iqtisodiyo mustaqillikka erishishda foydalanilgan. Respublikani to‘liq energetika yoqilg‘i resurslari bilan ta’minlanishiga harakat qilindi. Bu strategiyani amalga oshishi natijasida o‘tish jarayonida ishlab chiqarish dinamikasiga ta’sir qiluvchi omillarga ta’sirini susayganini ko‘rish mumkin. Bu
siyosat ob’ektiv bozor erkinligi amalga oshishiga va iqtisodiyot sektorida eksport salohiyati rivojlanishiga to‘sqinlik qilgan.
1-rasm



Bosqich: valyuta bozorini tartibga solish (1996-yil oxiridan 2000 yil oxirigacha) iqtisodiy islohotlarni tempini pasayishiga 1996-yildagipaxta hosilini pasayishi va O‘zbekiston eksportidagi oltin va boshqa tovarlarga jahon naxlarini

pasayganligi sabab bo‘ldi. O‘zbekiston 1996-yil IV-choragidan boshlab almashuv kursi va valyuta operatsiyalarining qattiq administrativ tartibga solishga o‘tdi. Kurs tafovuti tez oshdi va bu bozor indikatorlarining asosiysi hisoblanadi.


1997-yilga kelib monetar siyosat ancha yumshadi, bank tizimi soliq siyosatida xususiylashtirishda ilgarigi siljishlar ko‘zga tashlandi. Islohotlarning huquqiy bazasi kengaydi, Oliy Majlis tabiiy monopoliyalar, bankrotlik, Er kodeksi qabul qilindi. Bularning bari natijasida makroiqtisodiy barqarorlikka olib keldi. O‘rtacha iste’mol tovarlari indeksi 28%gacha pasaydi, YAIM surati o‘sdi. Lekin so‘mning oshirilgan almashuv kursi eksportning pasayishiga sabab bo‘ldi. Kechiktirilgan qarzlar oshdi, tashqi qarz oshishi tendensiyasi va rezervlar qisqardi.
2-rasm.

  1. Bosqich: islohotlarning jonlanishi va iqtisodiyotni erkinlashuvi (2001-yildan xozirgi davrgacha) bu bosqishlab chiqarish aniq bosilgan qadamlar bilan ajralib turadi, ya’ni valyuta bozori erkinlashuvi va soliq jarayonlarining bir oz susayganligi ko‘zga tashlanadi.

Makroiqtisodiy darajada bu eksport dinamikasini barqarorlashshuvida va kurs farqini 2002-yil o‘rtasiga kelib 1,5marta pasaygan. 1-rrasmga qarash kerak.
YAngi impuls XVF va O‘zbekiston hukumatining o‘zzaro rivojlanishi memorondumi natijasida 2002-yilda imzolanganligi bosqishlab chiqarish sezildi.
Iqtisodiyotning kelgusi rivojlanishi uchun iqtisodiy o‘sishni 6-7-yil oralig‘idagi holatini tahlil qilish zarur.
Talab yoki taklif: YAIM dinamikasini o‘tish jarayonida nima belgilaydi?
Iqtisodiyot ikki omil: talab va taklif ta’sirida rivojlanishi mumkin. Birnchi guruhga yig‘ilgan kapital hajmi mavjud tabiiy va mehnat resurslari kiradi. Ikkinchi guruhga esa uy xo‘jaliklari tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarga talab va davlat (joriy iste’moli)ning investitsion tovarlarga talab, tashqi davlatning talabi kiradi.
Turli mamlakatlarda turlicha bosqichlarda turli omillar ta’sir ko‘rsatgan. Sobiq SSSR hududidagi davlatlarda islohotgacha davrda iqtisodiyotni taklif omili ta’sirida rivojlangan. O‘tish davri mobaynida esa turli xil o‘zgarishlar: Rossiyada misol uchun YAIMdinamikasi tashqi davlatlarning Rossiya xomashyosiga talabi natijasida bo‘lgan. O‘zbekistonda ushbu savolni o‘rganishda regression tenglik YAIMning iqtisodiy rivojlanish bilan bog‘liq omillari o‘rganilgan. Tenglikning bir guruhida taklif omillari, ikkinchi guruhida esa talab omillaridan foydalanilgan. Tengliklar statistik ma’lumotlarga 1975-2000-yillardagi asoslangan va statistik kriteriylarning ettarliligi iqtisodiy o‘sishning islohotlardan oldingi (1975-1990-yillarda) davrda va o‘tish jarayonida (1991-2000-yillarda) baholangan, so‘ngra barcha tengliklar bo‘yicha YAIMning o‘rtacha dinamikasi hisobot davr uchun, talab (yoki taklif) omili ta’sirida o‘zgarganligi
ko‘rsatilgan.(Hisobotlar natijasi 2-rasmda ko‘rsatilgan) hisobotlarga ko‘ra YAIMning talabga ko‘ra dinamikasi o‘tish davridagi (1992-2002 y)amaliy traektoriyasiga ancha yaqin. Bunga ko‘ra YAIM dinamikasiga talab omili ta’sir qilgan. Bundan hulosa sifatida aholi daromadlari oshishining noinflyasion o‘sishga zarurat, mehnat unumdorligi va xususiy sektorni rivojlanishiga imkon yaratdi. Bundan tashqari ekonometrik tahlil shuni ko‘rsatdiki, yalpi talab tarkibidagi YAIMga ko‘proq ta’sir etishi bo‘yicha investitsiyaga talablar investitsiyalarda koeffitsientlar 0,39 va 0,34ga 0,3 joriy iste’molga qarshi tashkil etdi. Bu shuni anglatadiki O‘zbekistonda iqtisodiyotning real sektorida jamg‘armalarni oshishida va uy xo‘jaliklari sektorida va shuningdek ijobiy investitsion iqlimga bog‘liq.



    1. Download 0.84 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling