Urbanizatsiya odamlar o'rtasida muloqot o‘matish uchun qulay hisoblangan hayot turmush tarzini shakllantiradi, ‘ kasbiy yo‘nalishni o‘zgartiradi, aholining ijtimoiy faoliyatini keskin oshiradi
YAIMning tarkibiy tuzilmasining o‘zgarishi tendensiyalari
Download 0.84 Mb.
|
Yaxshilab o\'qing
- Bu sahifa navigatsiya:
- Foydalanilgan resurslar tarkibidagi siljishlar
YAIMning tarkibiy tuzilmasining o‘zgarishi tendensiyalari.1996-yildan O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish ko‘zga tashlana boshladi. Bunda qaysi sektor va tarmoq hisobiga iqtisodiy o‘sishga erishilganligini aniqlash muhimdir. Statistik uslublardan foydalanib uning tarkibini o‘rganish mumkin.(6-rasmga qarash) rasm 5-rasm Natijalardan shuni ma’lum bo‘lad iki, YAIM ning 4/5 qismi ning o‘sishiga 1997-yildan boshlab qishloq xo‘jalligida qo‘shilgan qiymatning oshishi xizmat ko‘rsatishda va sof egri soliqlarning oshishi hisobiga to‘g‘ri keladi. Bir tomondan bu mehnat resurslarining qayta ishlovchi sanoatdagi xizmat ko‘rsatishga o‘tganligini anglatib, bozor iqtisodiyotidagi chuqur tarkibiy o‘zgarishlarga ko‘rsatadi. Boshqa tarafdan, YAIMda sof soliqlarning oshishi ayniqsa oxirgi uch yil ichida iqtisodiyotning real sektori uchun saqlanib qolingan soliq jarayonini anglatadi. SHuningdek sanoat va qurilish tarmog‘i uzoq davr ichida iqtisodiy o‘sishni ta’minlab beruvchi iqtisodiy sektoridir. SHuning uchun bu tarmoqlarini YAIMdagi past o‘sish templari iqtisodiy o‘sish sifati haqida savollarni keltirib chiqaradi. Jahon tajribasi jumladan Janubiy Koreya tajribasi shuni ko‘rsatadiki, qayta ishlovchi sanoat uchun ijobiy makroiqtisodiy muhitni yaratish, eksportni rag‘batlantirish va tayyor mahsulotning raqobatdoshligini oshirish, menejment sifatini oshirish, chet el investitsiyalarini jalb qilishga alohida ahamiyat qaratilishi lozim. Foydalanilgan resurslar tarkibidagi siljishlarIqtisodiy o‘sish dinamikasiga foydalanilgan resurslar tarkibidagi siljishlar o‘z ta’sirini ko‘rsatdi. Tarmoqda resurslardan samarali foydalanish iqtisodiyotning umumiy samaradorligini oshiradi va aholiga YAIMning tarmoqlari tuzilmasi dinamikasi O‘zbekistonda o‘tish davri mobaynida iqtisodiyotda ro‘y bergan o‘zgarishlarni bildiradi. Xizmat ko‘rsatish sohasida o‘sish tendensiyalari (26,3% 1990-yilda 2001-yilda 38%) va sanoatda (26,3% dan 14,1%ni tashkil qilgan) qisqargan. Birinchi tendensiya bozor infrastrukturasi bilan bog‘liq ijobiy tomonni ko‘rsatsa, ikkinchi buning aksidir. Iqtisodiy real sektorida bandlikni taqsimlashdagi o‘zgarishlar-sanoatda ishchilarning qisqarishi (1990-yilda 13%dan 2001-2002-yilda 8%) va xizmat ko‘rsatish sohasida (37%dan 45%gacha) olganligini ko‘rsatadi. Agar islohotlar boshlanishida bandlikning asosiy qismi (40%dan 50%gacha) qishloq xo‘jaligida bo‘lgan bo‘lsa, tahliliy vaqt oralig‘ida esa birinchi o‘rinli xizmat ko‘rsatish egalladi (2001-yilda 46%dan, qishloq xo‘jaligida 34%bo‘lgan). 7-rasm. Bunday siljishlar shu bilan izohlanadigan joriy iste’mol bilan bog‘liqdir. SHu bilan bir qatorda murakkab raqobatbardosh mahsulot, shuningdek sanoat, qurilishga bog‘liq iqtisodiy o‘sishga bandlik 1991-1992-yillarda 22%dan hozirda 20%ni tashkil etdi. Sanoatning boshqa tarmoqlaridan farqi mehnat unumdorligini yuqoriligi bilan farqllanadi. Ko‘rsatilgan siljishlar mehnat unumdorligining pasayishiga sabab bo‘lgan bosh sabablardir. Indeks usullaridan foydalanish shuni ko‘rsatadiki O‘zbekistonda mehnatdan samarali foydalanish 10%ga qisqardi. bu mehnat sifatini iqtisodiy o‘sishni ta’minlangandagi zaxirasi bo‘lishini ko‘rsatadi. Iqtisodiy o‘sish omillaridan samarali foydalanish tendensiyasi yalpi ishlab chiqarishda qo‘yilgan qiymati ulushi oxiri 11-yil ichida O‘zbekiston bo‘yicha islohotdan oldingi davr darajasini (50%atrofida) saqlab qolgan, bu shundan darak beradiki resurs bilan ta’minlashning rag‘batlantirish va ta’minlash mexanizmlari yaxshi joriy etilmaganligini ko‘rsatadi. SHu bilan bir qatorda material resurslarining qishloq xo‘jaligida, sanat qurilishida pasayish tendensiyalari (ayniqsa o‘tish davrining dastlabki 2-3-yili) va faqat xizmat ko‘rsatish sohasida 1993-1994-yillarda o‘sish tendensiyasi ko‘zga tashlanadi. Oldingi natija xufyona iqtisodiyotni mavjudligi bilan bog‘liq. YUqori soliq stavkalari va ko‘pgina administrativ to‘siqlar mavjudligi uchun firma va korxonalar ishlab chiqarilgan mahsulotning hisobotini pasaytirishga harakat qiladilar. Bu qo‘shilgan «qiymatlar oraliq iste’mol» nisbatlarini pasayishiga va bu tarmoq hisobotida bir- birlik foydalanilgan resurslardan foydalanish sig‘imini yomonlashtiradi. Respublikaning YAIMda energiya sig‘imi qisqardi (1996-2001-yil oralig‘ida 3,3%ga) lekin Janubiy-SHarqiy Osiyo va SHarqiy Evropa rivojlanayotgan mamlakatlardan 1,5-2 marta oshiqdir. Ishlab chiqarilayotgan mahsulotning energetik sig‘imining pasayishi faqatgina maxalliy mahsulotlarning raqobatbardoshligini balki ko‘p kapital talab qiluvchi iqtisodiyot sektoriga ya’ni yoqilg‘i-energetika kompleksiga ketadigan investitsiya resurslarining pasayishiga sabab bo‘ladi. shu bilan resurslar raqobatbardosh va eksport yo‘naltirilgan mahsulotlar ishlab chiqariladi va iqtisodiyotni rag‘batlantirishning olib keladi. YAIMning kapital sig‘imi dinamikasi o‘sish (ICOR koeffitsienti)ning O‘zbekiston bo‘yicha tahlili jahon standartidan (O‘zbekistonda 1998-yilda 6,4 va 2001-yilda 6,2 bo‘lgan, Jan. Koreyada esa oxirgi 15-20 yil mobaynida 3,4dan 4oralig‘ida bo‘lgan) ancha pastligini kapital qo‘yilmalarning qaytimi pastligni bildiradi. 8-rasm.
Iqtisodiyotni samarali ishlashini baholashda iqtisodiy o‘sishni harakatga keltiruvchi kuch bu texnika progressidir. R.Solou modeli doirasida iqtisodiy o‘sishni ishlab chiqarish omillari parametrlari qo‘llaniladi. Uni ekonometrika usullari yordamida regressiya tuzib YAIM dinamikasining iqtisodiy o‘sishi omillari (kapital va mehnat) bilan bog‘langan holda tuziladi. O‘zbekiston bo‘yicha umumiy ishlab chiqarish unumdorligi (TFP-total factor productirity) parametrlari bo‘yicha tahlil (2-jadvalga qarang) 1980-yildan 2001-yil oralig‘ida quyidagi xulosalarni keltirib chiqaradi: –TFPning barcha o‘lchamlarida islohotgacha davrda iqtisodiy o‘sishni barcha umumiy omillarda samarasiz foydalanilganligini ko‘rsatadi. –o‘tish davrining dastlabki besh yil ichida bu omillardan samarali foydalanish 3marta pasaygan. Bu xo‘jaliklar orasidagi uzilishlar, makroiqtisodiy nobarqarorlik va boshqa bir qator o‘tish davri qiyinchiliklar sabab bo‘ldi. –makroiqtisodiy barqarorlik bozor iqtisodiyoti asoslarini tashkil etuvchi institutlarning shakllanishi, chet el investorlarining jalb qilinishi iqtisodiy o‘sishni ta’minlovchi omillar va iqtisodiy o‘sishni ta’minladi. Bu TFPparametrlarini manfatdan 2,1%gacha o‘sishga olib keldi. Samaradorlik omili O‘zbekiston iqtisodiyoti rivojlanishida asosiy rolni egallay boshladi. O‘rta va uzoq davr ichida u iqtisodiy o‘sish manbai va asosiy zahirasi bo‘lib qolishi lozim. 9 rasm Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling