16.3. Aholining takror hosil qilinishi va uning turlari
Aholining takror hosil qilinishi - inson tug‘ilishi va vafot etishi orqali avlodlar almashishi jarayonida aholi soni va tarkibining muntazam yangilanib turishidir. Shuning uchun har bir kishi umr ko‘rishining chegarasi bo‘lishiga qaramay aholi o‘z soni va tarkibini saqlab yoki o‘zgartirib mavjud bo‘lishda davom etadi.
“Aholining takror hosil qilinishi” tushunchasi keng ma’noda o‘z ichiga aholi tarkibining yoshi, jinsi, ijtimoiy guruhlari, millati, oilaviy holati, ta’lim darajasi, kasbiy tarkibi bo‘yicha rivojlanishi va yangilanishini qamrab oladi. Tor ma’noda esa, aholining takror hosil qilinishi — bu avlodlarning tug‘ilish va o‘lim natijasida yangilanib borishidir.
Jamiyatning tarixiy rivojlanishi ma’nosida aholining takror hosil qilinishi ijtimoiy taraqqiyot bilan birgalikda o‘zgarib borgan. Bu, ayniqsa, turli jamiyatlarda ko‘p bolalikning kam bolalik bilan almashinuvida yaqqol ko‘zga tashlangan. Aholining takror hosil qilinishidagi bunday tub o‘zgarishlar ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishi turlicha bo‘lgan davlatlarda, shuningdek, turli millat va elatlardan tashkil topgan jamiyatlarda bir vaqtda sodir bo‘lmagan.
“Aholini takror hosil qilish” kategoriyasi ilmiy muomalaga asming boshlarida kirib keldi, holbuki buni o‘rganishga XIX-XX asrtarda jahonda ro‘y berayotgan demografik o‘zgarishlami idrok etishga ijtimoiy ehtiyojning ortishi natijasida kirishilgan. Aholi takror hosil qilinishini tug‘ilish va o‘lim mushtarakligi sifatida tadqiq etishga dastlabki urinishlar XVIII asrdayoq matematik L. Eyler tomonidan qilingan.
Ammo uzoq vaqt davomida aholining tabiiy harakati ayrim tomonlarini tahlil etishga qiziqish umuman aholi takror hosil qilinishini o‘rganishdan ustun turgan.
Aholining tor takror hosil qilinishi. Mohiyat jihatidan aholi takror hosil qilinishining bu turida hayotni tark etayotgan avlodning mutlaq soni hayotga kirib kelayotgan avlod sonidan ortiq bo‘ladi.
Aholi takror hosil qilinishining bunday turi aholisining tabiiy o‘sishi nolga teng yoki o‘lim tug‘ilishdan ko‘p bo‘lgan mamlakatlar uchun xos. Demografiyada bu “depopulyatsiya” (fransuzcha “depopulatin” so‘zidan) yoki “demografik inqiroz”, deb ataladi.
Aholining tor takror hosil qilinishi xos boigan mamlakatlarga fuqarolarining qirilib ketish xavfi tahdid soladi.
Iqtisodiy jihatdan rivojlangan mamlakatlarda aholining tor takror hosil qilinishi, odatda, urbanizatsiya oqibatlari sifatida ko‘riladi. Chunki ana shunday jamiyatlarda farzandlar ota-onalar uchun “ortiqcha” boiadi. Ma’lumki, iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda sanoat ishlab chiqarishi taraqqiy etgan. Ushbu ishlab chiqarishlar uchun yuqori malakali mutaxassislar talab qilinadi. Ana shunday xodimlami tayyorlashga ularni 21-23 yil davomida o‘qitish lozim. Shu bilan birga oilada ikkinchi yoki uchinchi farzand ko‘rishga ayollaming ishlab chiqarish va ijtimoiy faoliyatga keng jalb etilganligi “halaqit” beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |