16.4. Aholi migratsiyasi va uning tasnifi
Aholi migratsiyasi (lotincha “migratio” - “ko‘chish”) - odamlar-ning bir mintaqa (mamlakat, shahar, qishloq)dan boshqasiga, qator hollarda katta guruh holida va uzoq masofaga ko‘chishidir. Demografiyada aholi migratsiyasiga aholining mexanik harakati sifatida qaraladi.
“Aholi migratsiyasi” tushunchasiga turli tadqiqotchilar turlicha yondashadi. Ammo migratsiya sohasida dastlabki chuqur nazariy tadqiqot muallifi, ingliz olimi Y.G. Ravenshteynning Buyuk Britaniya va Shimoliy Amerikadagi migratsiya jarayonlarining tahlili asosidagi 11 ta migratsiya qonuni jahonda umume’tirof etilgan. Bu qonunlar migratsiya sohasidagi boshqa ko‘pchiiik nazariyalar uchun asos bo‘lib xizmat qilgan. Ular quyidagilardan iborat:
migratsiya eng ko‘p qisqa masofalarga amalga oshiriladi;
migratsiya asta-sekin, bosqichma-bosqich ro‘y beradi;
katta masofalarga migratsiya, asosan, yirik savdo va sanoat markazlari yo‘naltirilgan bo‘ladi;
har bir migratsiya oqimiga uning teskari oqimi muvofiq keladi;
migratsiya sohasida shaharliklar qishloq joylaridagi aholiga nisbatan kam harakatchan boiadi;
ichki migratsiyada ayollar, xalqaro migratsiyada esa erkaklar faolroqdir;
muhojirlaming ko'pchiligi katta yoshdagi aholidan iborat, oilalar o‘z mamlakatlari tashqarisiga kamroq migratsiya qiladi;
yirik shaharlaming tarkib topishi aholining tabiiy o‘sishiga qaraganda ko‘proq migratsiya bilan bogiiqdir;
sanoat va savdo, ayniqsa transport rivojlanishi bilan migratsiya ko‘lamlari ortadi;
migratsiyaning iqtisodiy sabablari hal qiluvchi ahamiyatga ega. E.G. Ravenshteynning “Migratsiya hayot va taraqqiyotni, aholi
ning kam harakatchanligi turg‘unlikni anglatadi”, degan xulosasi amaliyotda o‘z tasdig‘ini topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |