Urganch davlat universiteti oilaviy hayot adaptatsiyasi potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti


 Adaptatsiya jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari


Download 346.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet5/9
Sana23.10.2023
Hajmi346.22 Kb.
#1716805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

3. Adaptatsiya jarayonining ijtimoiy-psixologik xususiyatlari 
O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili shuni 
ko‘rsatadiki, adaptatsiya masalalarini o‘rganishga ko‘plagan ilmiy ishlar 
bag‘ishlangan bo‘lib, ushbu xodisani tushunish taalluqli o‘zgarishlarga 
uchragan. Masalan, V.A.Tolochekning ta’kidlashicha, adaptatsiya insonning 
yangi ijtimoiy muhitga taalluqli ijobiy o‘zgarishlarga qaratilgan birgalikdagi 
faoliyat yuritish maqsadida kirishi kabi ko‘p tomonlama jarayon sifatida 
maydonga chiqadi. Olim, shaxsning ijtimoiy muhitdagi adaptatsiyasi 
muammosi, bu jarayon passiv moslashish emas, balki ijodiy muloqotga kirishish 
jarayoni, o‘zaro hamkorlikning yangi usullarini ishlab chiqish ekanligini 


22 
ta’kidlaydi. Olim shuningdek inson adaptatsiyasining uning rivojlanishiga ta’sir 
qiluvchi ijobiy va salbiy omillarini ajratadi, adaptatsiya muddatlarini 
qisqartirishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini aniqlagan[19]. 
V.Volkanning fikricha adaptatsiya tushunchasi odamlarning faolliklari 
xarakteristikasiga nisbatan qo‘llanilishi mumkin. Inson tomonidan, uning muhit 
bilan mustahkamligini ta’minlaydigan uning maqsadlarini amalga oshirishini 
ushbu jarayonning o‘ziga xos maxsus ko‘rinishi sifatida qarash maqsadga 
muvofiq. Bunday talqin qilishni shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalashida muhim 
ahamiyatga ega bo‘lgan taalluqli maqsadlarni amalga oshirishga ham 
kengaytirish mumkin. SHu bilan bir vaqtda inson darajasidagi adaptatsiya ko‘p 
hollarda yonberish bilan yoki nofaol moslashish kabi talqin qilinadi. Moslashish 
hodisasidan farqli ravishda adaptatsiya qulay sharoitlarni qidirish va shaxsning 
shakllanishi va rivojlanishi uchun vositalarni ishlab chiqish kabi tushunilishi 
mumkin. Bunda, shaxs adaptatsiyasi hodisasining asosiy mazmuni sub’ekt va 
atrof muhit o‘rtasida muvofiqlikka erishishda aks etadi. O‘zining mohiyati 
bo‘yicha moslashish zarurati ikkita asosiy tomoni bilan, ya’ni inson 
yashashining jamoat shakli, shaxs rivojlanishi jarayonidagi, insonning shaxs 
sifatida shakllanishini doimo kuzatib boruvchi, muvozanatlashtiruvchi 
paytlarning zarurligi bilan yuz beradi. Bundan tashqari, shaxs adaptatsiyasi 
hodisasi ijtimoiy qonun-qoidalar bilan tartibga solingan va muvozanatlashning 
maxsuslashtirilgan turi sifatida inson murod-maqsadi bilan bog‘liq o‘ziga xos 
maxsus shaxsiy mazmunga ega. 
Ijtimoiy adaptatsiyani shaxs va jamiyat o‘zaro munosabatlarining yanada 
umumiyroq muammosining bir qismi sifatida qarab V.Kazanskaya, ushbu 
jarayon jamiyatning odamlarni o‘zining jamoaviy maqsadlariga moslashtirish 
zarurati va odamlarning jamoa faoliyatining ushbu maqsadlariga, xarakteriga va 
shakliga, jamiyatning normal faoliyat yuritishi va shaxs qobiliyatlarini, 
imkoniyatlarini amalga oshirish sharoitlariga ko‘nikish zarurati bilan bog‘liq, 
deb hisoblaydi. O‘z navbatida, harakatdagi ijtimoiy atrof-muhit bilan o‘zaro 
xamkorlik jarayonida ijtimoiy muhitning doimo o‘zgarib turadigan sharoitlariga 


23 
moslashish inson xulqining silliqlashishini ta’minlaydi. Adaptatsiyaviy xulq 
moslashtirish mazmuniga va amalga oshirishning faol shakliga ega. 
G.A.Ballning fikricha, adaptatsiya muammosi psixologiyaning o‘rganish 
ob’ektining ijtimoiy aloqalarning keng kontekstiga qo‘shilganligini inobatga 
olmasdan turib aniq o‘rganishning imkoni bo‘lmagan sohasi bo‘ladi. Biroq, 
sotsiumga qo‘shilganlikning o‘zi o‘zicha faqat muayyan ijtimoiy jarayonlar 
rivojlanishining ob’ektiv asosigina bo‘ladi, xolos. Undan tashqari, hukmronlik 
qiluvchi qonunlari va qadriyatlariga ega bo‘lgan jamoatchilik munosabatlari 
xarakterining ta’siri odamlar ongiga qanday va qanday samaradorlik bilan 
amalga oshirilayotganini to‘laqonli tahlil qilish zarur. SHaxsning va ijtimoiy 
muhitning, jamoaning o‘zaro moslashishi, tomonlar manfaatlarining va 
ehtiyojlarining farq qilishi mumkinligini nazarda tutadi, ular moslashadilar, bu 
uzilishni qisqartirishga, umumiy maqsadga yo‘nalishni, harakat strategiyasini 
qabul qilishgaintiladilar. Shaxs va jamoa manfaatlarining muvofiqligi va 
nomuvofiqligi tendensiyasi “individ-muhit” tizimi rivojlanishining manbai 
bo‘lib xizmat qiladi. Shaxsning jamoadagi adaptatsiya xulqining, jamoaning 
maksadi va qadriyatlari yo‘nalishini qabul qilganligining turli darajasiga bog‘liq 
holda, turli variantlari bo‘lishi mumkin: jamoa qadriyatlarini yuzaki, qisman, 
to‘la qabul qilinishi, ushbu jamoada o‘zining manfaatlari yo‘nalishini o‘rnatish. 
SHaxs va jamoa o‘zaro munosabatlarida yanada rivojlangan tendensiyalarning 
kamroq istiqbollilari, biroq odatiylari bilan to‘qnashishi, individlar quvvatini 
ishga solishni talab qiladigan vaziyatni yuzaga keltiradi va qarama-qarshiliklarni 
ijobiy hal qilinganda, jamoa va inson shaxsining rivojlanishini ta’minlaydi. 
Jamoa a’zolari maqsadli yo‘nalishlarining kelishilmagan holatida adaptatsiyaviy 
o‘zaro hamkorlik individlarning qat’iyyatlilik, cho‘rtkesarlik, aqliy imkoniyatlar 
va boshqalar kabi ifodalanadigan shaxsiy sifatlariga bog‘liq bo‘ladi. Bunda, 
adaptatsiyaviy o‘zaro hamkorlik jarayonida hal qiluvchi rolni individlarning 
muayyan 
jamlanmasining 
umuman 
jamiyatning 
ijtimoiy 
tarmog‘iga 
qo‘shilganligi o‘ynaydi. Aynan shu jamoatchilik munosabatlarining keng 
ko‘lamiga, ularning qonun-qoidalari, qadriyatlari va sh.o‘. bilan, qo‘shilganlik 


24 
yo‘nalishlar kelishilmagan sharoitlarda adaptatsiyaviy o‘zaro hamkorlikning 
xarakteriga bevosita ta’sir ko‘rsatadi [20]. 
A.V.Abramova shaxs adaptatsiyasining asosiy ijtimoiy-psixologik 
vositalariga, jamoaning qadriyatlar va qonun-qoidalari tizimini, shaxslararo 
muloqotga kirishish qobiliyati va ko‘nikmalarini egallash, mustahkamlash va 
rivojlantirishda aks etadigan fikrlash va xulq namunalarini ishlab chiqishni 
kiritadi. Muallif tomonidan hayot kechirish sharoitlari va uni tashkil qilish 
usullari o‘rtasidagi bog‘liqlik, ob’ektiv jamoatchilik shakllarining va hayot 
kechirish sharoitlarining uni tashkil qilishning individual, sifat jihatdan o‘ziga 
xos usullariga aylanishi jarayoni bo‘lib maydonga chiqadigan ijtimoiy-
psixologik adaptatsiya hodisasi sifatida qayd qilinadi. 
V.V.Konstantinov, shaxs adaptatsiyasini ko‘rib chiqish doirasida uning 
o‘zgarishlar manbai, ushbu jarayonning yo‘nalishiga bog‘liq holda ayniqsa 
talqinga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan va xulqning xaqiqiy bo‘lmagan 
strategiyalari va xususiyatlaridan, balki bir-birini inkor qiladigan invariantlar 
to‘plamidan iborat bo‘lgan, turli shakllarini ajratadi. Muallif ushbu shakllarni 
ifodalab, quyidagilarni ajratadi: 

tashqi-tashqi nofaol (passiv) adaptatsiya oddiy vaziyatlarga xos, ekstremal 
vaziyatlar uchun esa vaziyatdan chiqish, atrof-muhitni o‘zgartirish 
strategiyasini namoyon qiladi; 

ichki-tashqi nofaol adaptatsiya ekstremal vaziyatlarda qochish strategiyasi 
quyidagi mazmunda bo‘ladi – inson ijtimoiy munosabatlarda uning 
muloqotga kirishishidagi va boshqa xususiyatlarining o‘ziga xosligi 
sababli tushadigan muammolar holatida, atrof-muhitni almashtirganda bu 
xususiyatlar o‘zgarmaydi; 

tashqi-tashqi faol adaptatsiya atrof-muhitni moslashtiradigan faol 
harakatlardan iborat, va kritik (noqulay) vaziyatda moslashuvning imkoni 
bo‘lmaydi (atrof-muhitning o‘zgarish to‘g‘risida ma’lumot yoki 
cheklangan, yoki shaxs bilan tarmoqlashishi va kelishishining imkoni 
yo‘q); 


25 

tashqi-ichki faol adaptatsiya shaxs qadriyatlari tizimiga nisbatan dolzarb 
modelning predmetli tarkibiy qismini faol qayta tuzishda namoyon 
bo‘ladi; 

ichki-tashqi faol adaptatsiya elementlardagi va ularning guruhlaridagi 
o‘zgarishlar natijasida idrok (ong) tizimining ichki munosabatlarini qayta 
tuzish jarayonlaridan iborat; 
tashqi-ichki 
passiv 
adaptatsiya 
tizim 
ko‘rsatkichlarini 
muhit 
ko‘rsatkichlariga bilan to‘g‘rilashdan iborat. 
Shu bilan birga, tadqiqotchi tomonidan adaptatsiya shakllari shartli 
ravishda ajratilgan bo‘lib, ular alohida-alohida bo‘lishi mumkin emasligi 
ta’kidlanadi. Masalan, ichki-tashqi adaptatsiya tanqidiy vaziyat tomonidan 
yuzaga keltirilgan holda boshqa shakllardan biri bilan, jumladan – psixologik 
himoya bilan birgalikda borishi lozim. Oqibatda noto‘g‘ri harakat va uning 
natijalari ong tarmog‘ini buzishga, asosiy ehtiyojlarga umidsizlik (frustratsiya) 
chaqirishga va oxir-oqibatda - nevroz keltirib chiqarishga qodir. Bularning 
barchasi birgalikda adaptatsiyani insonning asos soluvchi, mohiyatini ochib 
beruvchi sifatlaridan biri tariqasida ko‘rish, adaptatsiyaga inson hayot 
faoliyatining asosiy sharti va xususiyati sifatida qarash imkonini beradi. 
I.A.Korobeynikov, ijtimoiy adaptatsiya buzilishlarini ko‘rib chiqib, ushbu 
xodisaning tabiatiga nisbatan ahamiyatga ega bo‘lgan bir nechta qoidalarni 
keltiradi: 

adaptatsiya bir vaqtning o‘zida ham jarayon, ham natija; 

individ yoki aholi kelajakda o‘zgaradigan sharoitlarda hayot 
kechirish uchun adaptatsiyaga potensial ega bo‘lishi mumkin; 

adaptatsiya tashqi muhit ta’sirlari tizimining aks etish shakli 
sifatida, bu esa harakatchan muvozanatni o‘rnatishdan iborat, 
maydonga chiqadi. 
Agar gap shaxs to‘g‘risida ketsa, u holda uning munosabatida o‘zgarish 
mavjud bo‘lib, undagi ikki tomon munosabatning kutilmagan faolligiga va o‘z-
o‘zidan o‘zgarishiga qodir, ular ong bilan shaxs tizimiga kirishi bilan tuziladi. 


26 
SHunday qilib, o‘zgarish mezonlari muhitda ham, shaxsda ham va uning ongida 
ham chegaralangan bo‘lishi mumkin [21]. 
E.V.Valteran, adaptatsiya vositalari qatoriga hissiy reaksiyalarni amalga 
oshirishning ijtimoiy-munosib usullarining shakllanganligini, shuningdek, 
jamiyatda qabul qilingan va u tomonidan quvvatlab turilgan muloqotga 
kirishish, hulq va faoliyatning ijtimoiy va kasbiy ahamiyatga ega bo‘lgan 
vositalarini, ular shaklida shaxs o‘zining ichki yo‘nalishini, ehtiyojlarini, 
moyilliklarini amalga oshira olsin, ijtimoiy muhitda o‘zini topa olsin va uning 
ichida o‘zligini aniqlay olsin, kiritadi. Shaxs tomonidan jamiyatda bajariladigan 
rollar, tartibga solingan xulq shakllari inson o‘zining shaxs sifatidagi ichki 
mohiyatini namoyon qila olish imkoniyati shakli sifatida maydonga chiqadi. 
Shaxs adaptatsiyasi o‘zining xulqini va faoliyatini ijtimoiy muhit bilan o‘zaro 
hamkorlik jarayonida faol tuzatish bilan ta’minlanadi va bunday o‘z-o‘zini 
tuzatishning irodaviy, aqliy va axloqiy vositalarining shakllanganligiga bog‘liq. 
Shaxs xulqi va faoliyatining, ustanovka harakatlari va qobiliyatlariga bog‘liq 
bo‘lgan, o‘z-o‘zini tuzatishi faoliyatning muvaffaqiyati bilan chambarchas 
bog‘liq va katta individual farqlarga ega. Umuman olganda ustanovka vositalari 
katta yoki kichik samaradorlik bilan xarakterlanishi mumkin. O‘zining 
ixtiyorida mustahkam bo‘lgan ustanovkaning samarador va tejamkor 
vositalariga ega bo‘lgan inson ular asosida faoliyatning eng turli sohalarida 
jiddiy yutuqlarga erishishi mumkin, va aksincha, etarlicha rivojlanmagan 
ustanovka vositalari faoliyatning umumiy pasayishiga olib keladi [22]. 
E.V.Krasavin, O.N.Tuzov, T.L.Kryukov va boshqalarning fikricha, 
adaptatsiya jarayonlari turlicha xarakterlanadigan taalluqli psixologik vaziyatlar 
bilan chambarchas bog‘liq. Shu jumladan, kritik psixologik vaziyatlar vaziyatga 
mos reaksiyalar bilan birgalikda yuz berishi mumkin. ular qatoriga, odatda, 
dezorganizatsiya, demobilizatsiya, pessimizm va b. reaksiyalarini kiritadilar. Bu 
reaksiyalar doimo his-tuyg‘uli, ya’ni vahima, hafalik, nafrat, umidsizlik kabi 
namoyon bo‘lishi va muhim ehtiyojlarni yo‘qqa chiqaruvchi ruhiy shikast 
etkazuvchi ta’sirgajavoban paydo bo‘ladi. Ushbu ta’sir, mazmunan, insonning 


27 
dunyoga nizoli munosabati tufayli tug‘iladi. Vaziyatga bog‘liq reaksiyalar uchun 
noilojlik, ishonchsizlik, umidsizlik hissini chaqiruvchi vaziyatni hal qilishning 
ishonchli vositalarining mavjud emasligi ham xarakterli. Adaptatsiya nuqtai-
nazaridan qaraganda, pessimizmning (umidsizlikning) eng og‘ir vaziyatlari 
qadriyatlarni almashtirish yoki tuzatishni talab qiladi, eng engillari esa, ya’ni 
dezorganizatsiya (buzilish) holatlari ular tarkibini qayta tuzishni talab qiladi. 
A.A.Nalchadjyanning fikricha, vaziyat reaksiyalari xavfli bo‘lib, o‘zida 
inqirozni hal qilishning eng keskin vositalarini saqlashi mumkin va kelajakni 
oldindan ayta olish va loyihalash imkoniyatining keskin pasayishi bilan 
belgilanadi. Vaziyat reaksiyasi, odatda, noqulay, uning oqibatida, vaziyatning 
o‘lchamlarini noto‘g‘ri baholash, ma’lumotni to‘g‘ri qayta ishlay olmaslik va 
prognoz qila olmaslikda ifodalanadigan, asosi ong va atrof-muhitning 
kelishmovchiligi bo‘lgan nomaqbul harakat qo‘llaniladi. Turli vaziyat 
reaksiyalari turli darajada xulqni tushkun, ongli va irodaviy nazorat qilish, o‘z-
o‘zini baholashning pasayishi, hodisalarni aralashishning imkoni mavjud emas 
deb talqin qilish va boshqalar bilan xarakterlanishi mumkin. Bundan tashqari, 
ba’zi sharoitlar uning mutloq shafqatsizligi uchun emas, balki bu sharoitlarga 
tizimning ichki resurslarining, ularga inson adaptatsiya potensialining taalluqli 
xarakteristikalari kiradi, mos kelmasligi natijasida dezadaptatsiyani keltirib 
chiqaradi. O‘z navbatida, adaptatsiya o‘z ichiga ijtimoiy-psixologik, xususiy-
psixologik va psixofiziologik tomonlarni qamrab oladi, uning muvaffaqiyati 
moslashuv xususiyatlarining alohida mezonlari – psixologik himoya bilan 
bog‘liq [23]. 
Shaxs moslashuvi nuqtai-nazaridan o‘z-o‘zini boshqarish qobiliyatlari, 
shaxs oldida yuzaga kelayotgan masalalarni hal qilish, qiyinchiliklarni bartaraf 
etish jarayonida faoliyat yuritib, shaxsning mustahkam sifatlari kabi 
mustahkamlanadigan va shaxsiy o‘ziga xoslikni va individuallikni belgilab, 
xarakteri tarmog‘iga kiradigan, muloqotga kirishish, harakatlanish va faoliyat 
yuritish sohasida namoyon bo‘ladigan aqliy, axloqiy va irodaviy harakatlar 
muhim ahamiyatga ega. 


28 
U.P.Kaznacheev muhit bilan o‘zaro hamkorlik jarayonini faol 
boshqarishni shaxs moslashuvi tarkibining asosiga kiritadi. Masalan, ustanovka 
jarayonlarisiz adaptatsiya bo‘lishi mumkin emas va bu nafaqat muhit bilan 
hamkorlik va inson xulqini o‘z-o‘zining boshqaruv darajasida, balki shaxsning 
shakllanishi darajasida ham to‘g‘ri, negaki individ o‘zining munosabati 
jarayonini, o‘zining real imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va boshqalarni 
anglaganholda o‘zi yo‘naltiradi. Biroq boshqarish va o‘z-o‘zini boshqarish 
jarayonlari mustaqil ijtimoiy-psixologik hodisalar bo‘lib, adaptatsiya muammosi 
mavzusida faqat amalga oshirish vositasi bo‘lishi mumkin. Adaptatsiyaning 
hayot kechirish jarayonida shakllantirilgan va yaxshi sinalgan vositalari 
xulqning, 
ijtimoiy 
qarashlarning, 
odatlarning, 
avtomatlashtirilgan 
ko‘nikmalarning ong osti sohasiga kiradi, bunda ong osti sohasiga o‘tish 
ustanovka vazifasining pasayishisiz kechadi. Bu shaxs rivojlanishi, ijodiy 
qobiliyatlarini namoyon qilishi uchun maydon beradi. Adaptatsiya qilib individ 
uning hayot kechirishi uchun mutloq zarur bo‘lgan standartlarni, qabul qilish, 
fikr yuritish va harakat qilishning stereotiplarini ishlab chiqaradi. Hayotning 
takrorlanadigan sharoitlari insonda ongning adaptatsiyaviy susayishini keltirib 
chiqaradi, unda hayotning takrorlanadigan holatlariga nisbatan beixtiyoriy, 
avtomatlashgan harakat andozalari qanchalik ko‘p bo‘lsa, butun diqqatni va 
quvvatni murakkab, ijodiy muammolarni echishga, o‘zining individualligini 
rivojlantirishga jamlashga shunchalik ko‘p imkoniyat yuzaga keladi [24]. 
E.K.Tarasovning fikricha, atrofdagi borliq, ijtimoiy muhit bilan beixtiyor, 
maqsadga intilgan o‘zaro hamkorlik inson uchun adaptatsiyaning tipik o‘ziga 
xosligi bo‘ladi. U muhit o‘zgarishlarining ehtimolini nazarda tutadi, ularni 
rejalashtiradi, o‘zini va atrofidagi borliqni qayta tuzadi. Ham inson, ham 
atrofdagi ijtimoiy muhit, harakatda, o‘zaro ta’sir ko‘rsatish va rivojlanishda 
ifodalanadigan doimiy harakatda bo‘ladi. Atrofni o‘rab olgan borliq va 
insonning birligi esa – doimiy. Shaxs rivojlanishini tartibga soluvchi va 
belgilovchi ijtimoiy muhit bilan o‘zaro hamkorlik uning uchun echilishi zarur 


29 
bo‘lgan masala sifatida maydonga chiqadi. O‘zaro ta’sir qilish vositalarini o‘z 
vaqtida va to‘g‘ri egallash adaptatsiyaga ko‘maklashadi [25]. 
Yu.A.Urmansev tomonidan shaxs adaptatsiyasi hodisasiga nisbatan 
o‘tkazilgan tahlil shuni ko‘rsatadiki, ko‘plabta’riflarda u insonning ijtimoiy 
muhitga, jamoaga, hamjamiyatga qo‘shilganligi tushunchasi orqali ochib 
beriladi, xuddi shuningdek, insonning individual o‘ziga xos xususiyatlariga va 
shaxsning shakllanish, rivojlanish yo‘nalishiga bog‘liqlik xarakteri orqali 
ta’riflanadi. Shaxsning ijtimoiy-psixologik adaptatsiyalanganligining mohiyatini 
esa olim insonning ichki imkoniyatlarini, qobiliyatlarini va uning shaxsiy 
potensialini ijtimoiy ahamiyatga ega bo‘lgan faoliyatida, qobiliyatida samarali 
amalga oshirganligida, o‘zini shaxs sifatida saqlab qolgan holda, ijtimoiy atrof-
muhit bilan hayotning muayyan sharoitlarida o‘zaro hamkorlikda ko‘radi [26]. 
P.V.Kuznetsovning tasdiqlashiga muvofiq, psixologik adabiyotlarda 
individ-jamiyat ajratilishining shartliligi tan olinadi. Qo‘shilganlik fenomenining 
psixologik mazmuni shaxs va ijtimoiy muhit o‘zaro hamkorligiga nisbatan 
muayyan uslubiy nuqtadan turib ochib berilishi mumkin. Individning jamoadagi 
mohiyati uning xususiy faoliyatida ijtimoiy munosabatlarining amalga 
oshirilganligi darajasi bilan xarakterlanadi. Individning ijtimoiy muhitga 
qo‘shilganligi u tomonidan ijtimoiy munosabatlarining muayyan sohasining, shu 
jumladan mehnatning ijtimoiy bo‘linishiga muvofiq taalluqli vazifalarning 
bajarilganligi orqali amalga oshiriladi. Individning sotsiumga qo‘shilganligini 
tushunish insonning individual ijtimoiy turmushi shaklini tahlil qilish orqali 
amalga oshiriladi. Individ qanday muayyan darajada o‘z zimmasiga ijtimoiy 
vazifani olsa va ular orqali o‘zining o‘ziga xos xususiyatlarigamuvofiq 
kuchlarini ishlata olsa, uning jamiyatga qo‘shilganligining shu darajasida uning 
shaxs sifatida shakllanishiga va rivojlanishiga ko‘maklashadi. O‘z navbatida, 
shaxsning shakllanishi uning jamiyatda hayot kechirishining ob’ektiv zaruriy 
shakli sifatida maydonga chiqadi. Ushbu fikr, doimo harakatda, o‘zaro ta’sir 
ko‘rsatishda va rivojlanishda bo‘lgan individning jamiyatda rivojlanishi 
darajasini muvofiqlikka yaqinlashtirish zaruratidan kelib chiqadi. Demak, 


30 
adaptatsiya jarayoni nafaqat insonning ijtimoiy mohiyati va ijtimoiy haqiqat 
o‘rtasidagi bog‘lovchi element bo‘ladi, balki ijtimoiy muhitning va inson 
ijtimoiy tabiatining rivojlanishiga ko‘maklashadi ham. Bunda adaptatsiyaning 
o‘zi ularning ta’siri ostida rivojlanadi va yuksaladi [27]. 
M.V.Romm o‘zining ishlarida ijtimoiy adaptatsiya jarayonining 
muvaffaqiyati nafaqat an’anaviy individual xususiyatlarni hisobga olishga, balki 
yoshga doirlariga ham bog‘liqligi to‘g‘rsida fikr bildirib, ular quyidagilarda 
namoyon bo‘lishini ko‘rsatadi: 

ulg‘ayganlik hissi; 

o‘rganishga bo‘lgan ehtiyojlar; 

his-tuyg‘udan qo‘zg‘alish; 

o‘zligini namoyon qilishga ehtiyoj. 
Shu bilan birga, moslashuv jarayoni qiyinchiliklari, odatda quyidagilarga 
bog‘liq: 

inson shaxsining individual o‘ziga xosliklari; 

moslashuv sub’ekti va muhiti o‘zaro ta’siri xarakteri; 

individ moslashayotgan adaptatsiya muhitining turlari; 

adaptatsiya muhitining tarmog‘iy tarkibiy qismlari bilan. 
Muallif ta’kidlaydiki, qiyinchiliklar ko‘pincha shaxsning o‘zi, qadriyatlar 
tizimi, salbiy hodisalarning shaxsiy ahamiyati, turli, shu jumladan murakkab 
vaziyatlarni to‘g‘ri baholash va adekvat tushunish qobiliyati to‘g‘risidagi 
tasavvurlariga bog‘liq bo‘ladi. 
V.L.Marishuk, V.I.Evdokimovlar o‘zlarining o‘z-o‘zini boshqarishga 
bag‘ishlangan tadqiqotlarida diqqatni insonning ijtimoiylashuv jarayoniga faol 
sub’ekt sifatida qo‘shilishi, ichki zahiralarini, shu jumladan, potensial shaxsiy 
psixologik imkoniyatlarini faollashtirishining qulay sharoitlarini yaratish 
zarurligiga qaratadilar. Olimlarning nuqtai-nazarida o‘z xulqini tanqidiy baholay 
olish va nazorat qilish, o‘z harakatlarini va odatlarini, ularning atrofdagilar va 
shaxsan o‘zi uchun bo‘lishi mumkin bo‘lgan oqibatlarini inobatga olgan holda, 


31 
ixtiyoriy ravishda yo‘naltirish, qayta tuzish qobiliyatiga bo‘lgan zarurat, ijtimoiy 
qimmatli va shaxsiy ahamiyatga ega bo‘lgan me’yorlariga, insonlararo 
munosabatlar qoidalariga rioya qilishga bo‘lgan intilish shaxsning samarali 
adaptatsiyasiga ko‘maklashuvchi xulqni o‘z-o‘zini ustanovkaning namoyon 
bo‘lishlari qatorini tashkil qiladi. Inson, yangi hayotiy vaziyatga tushib, 
sinovdan o‘tadi, masalalarni eski bilim va ko‘nikmalariga tayanga holda 
echishga harakat qiladi. Ideal shakldagi prizma orqali munosabatlar o‘rnatish, 
muammolarni hal qilish taalluqli nizolarni keltirib chiqaradi, ular adaptatsiya 
davrida yanada ko‘proq o‘tkirlashadi. 
Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib, zamonaviy 
tadqiqotlarda adaptatsiya jarayonining o‘ziga xosliklarini ko‘rib chiqish ushbu 
hodisani ijtimoiy-psixologik mavzuda harakatdagi muvozanatni, taalluqli 
faoliyatni amalga oshirish davrida shaxsning atrofdagi sotsium bilan lozim 
bo‘lgan o‘zaro hamkorligini, insonga uning uchun muhim bo‘lgan ehtiyojlarni, 
uning bilan bog‘liq jiddiy hayotiy maqsadlarni, zarur psixologik salomatlikni 
saqlagan holda, amalga oshirish imkoniyatini beradigan oilaviy hayotni yo‘lga 
qo‘yishning alohida va ko‘p tomonlama jarayoni sifatida qarab chiqish 
maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi, deb xulosa qilish mumkin. Bundan tashqari, 
shaxs adaptatsiyasi jarayoni taalluqli shaxsiy transformatsiyalar va o‘zgarishlar 
bilan xarakterlanadi. Bunda adaptatsiya jarayonini bunday tushunishning o‘ziga 
xos maxsuslashgan asosiy xususiyati adaptatsiya jarayonlarining ijtimoiy-
psixologik tizimlar faolligini, butunligini saqlashga, adaptatsiya jarayonlarining 
xaqiqiy atrofimizdagi sotsiumga mos kelishiga yo‘naltirilganligida namoyon 
bo‘ladi. Insonning oilaviy hayoti, har biri taalluqli ijtimoiy-psixologik vaziyat 
doirasida amalga oshiriladigan adaptatsiya jarayonlari tizimlari nuqtai-nazaridan 
qaralishi mumkin. Bunda u nafaqat o‘zining tuzilishini to‘ldiruvchisi (kritik, 
krizisli vaziyatdan kelib chiqib) bilan, balki taalluqli inson tomonidan qanday 
qabul qilinishi bilan hamxarakterlanadi. Odatda, individ hayot faoliyatining 
inqiroz davrlarida adaptatsiya jarayoni murakkablashishi mumkin, ya’ni 
inqirozli vaziyatlar yuzaga keladi, harakatlar esa muvofiq bo‘lmaydi, ya’ni 


32 
vaziyatli reaksiyalar paydo bo‘ladi. Ushbu xodisalar insonning oilaviy hayotga 
adaptatsiyasi jarayoniga bevosita taalluqli. 

Download 346.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling