Urganch davlat universiteti oilaviy hayot adaptatsiyasi potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti


 Oilaviy hayotga adaptatsiya potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot


Download 346.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/9
Sana23.10.2023
Hajmi346.22 Kb.
#1716805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

4. Oilaviy hayotga adaptatsiya potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot 
predmeti sifatida. 
Oilaviy hayotga adaptatsiyaning samaraliligi ko‘plagan omillarga bog‘liq 
bo‘lib, ular orasida shaxsiy tuzilmalarning muayyan kompleksi etakchi bo‘ladi 
va adaptatsiya potensiali siftida qaralashishi mumkin. Bunda ushbu atama, oila 
kesimida nisbatan yangi bo‘lib, tadqiqotchilar tomonidan turlicha – oilaviy 
hayotga adaptatsiyalanuvchanlik, muayyan qobiliyatlar, oilaviy hayotga 
tayyorlik, sifatlar, individual-psixologik xususiyatlar, ularning o‘ziga xos sintezi 
kabi talqin qilinadi. Bunday holat faoliyatning, uning prizmasi orqali bu 
tushuncha, odatda, har bir alohida holatda tahlil qilinadi, maxsuslashgan tuzilishi 
bilan ham, olimlarning nazariy yondashishlari bilan ham bog‘langan. Bu bilan 
shu ham tushuntiriladiki, ba’zi bir olimlar adaptatsiya potensialini shaxs fonida, 
boshqalari esa, shakllanishi istalgan natijalarga erishish uchun zarurat deb 
hisoblaydigan psixik funksiyalarni hisobga olgan holda, funksional fonda ko‘rib 
chiqadilar.
Bundan tashqari, shuni ham ta’kidlash lozimki, adaptatsiya potensiali 
tushunchasining o‘zi ko‘pincha faoliyatning aniq bir turini tahlil qilish orqali 
ochib berilgan, ijtimoiy psixologiyada jiddiy diqqat-e’tibor faoliyatning 
pedagogik, ekstremal va boshqa turlariga adaptatsiya potensiali shakllanishiga 
va rivojlanishiga qaratilgan. Oilaviy hayotga nisbatan bu tushuncha, odatda, 
etarlicha kam qo‘llaniladi. Shu sababli, u to‘liq ochilmasdan qolmoqda, unda 
aniqlangan tarkibiy elementlar ajratilmagan, tegishli psixodiagnostik uskunalar 
aniqlanmagan va hakozo. Masalan, Yu.I.Tolstixning fikricha, adaptatsiya 
potensiali murakkab dinamik tuzilishga ega, u shaxsning aqliy, hissiy, irodaviy 
tarkibiy qismlarining organik jamlanmasi sifatida maydonga chiqadi. YUqori 
adaptatsiyaviylik holati, o‘qitish davomida mustahkamlanib borib, doimo 
amalda bo‘luvchi turg‘un, uzoq tayyorgarlikka aylanadi, shunday ekan uni xar 


33 
safar yangi topshiriq sababli shakllantirishga ehtiyoj bo‘lmaydi. Adaptatsiya 
potensiali 
shaxsning, 
uning 
e’tiqodini, qarashlarini, munosabatlarini, 
motivlarini, 
his-tuyg‘ularini, 
irodaviy 
va 
aqliy 
sifatlarini, 
bilimini, 
ko‘nikmalarini, qobiliyatlarini, yo‘nalishini, muayyan xulqqa yo‘nalganligini 
o‘z ichiga qamrab oluvchi maqsadga yo‘naltirilganlik ifodasini bildiradi, deb 
olim behudaga ta’kidlamaydi. 
Bir xil muammoli vaziyatlarda turli shaxslar turlicha va turli darajadagi 
muvaffaqiyat bilan adaptatsiyalanadi. Bu shundan dalolat beradiki, shaxsning 
adaptatsiyaga bo‘lgan qobiliyati yoki adaptatsiya potensiali mavjud va 
individual farqlar to‘g‘risida shunday qobiliyatni egallaganlik darajasi bo‘yicha 
baho berish maqsadga muvofiq. Adaptatsiya potensiali tushunchasi mikro va 
makro guruhlar sharoitida inson xulqining adaptatsiyalanuvchanligi bilan 
aniqlanadi. Psixologiya fanida bunday hulq insonda borliqqa mo‘ljalning 
murakkab tizimini ishlab chiqish, yuqori psixologik funksiyalarni qayta tuzish 
va shaxsning sifat jihatdan yangi qobiliyatlarini, xususiyatlarini shakllantirish 
bilan ta’minlanadi. Ijtimoiy-psixologik xususiyatlar, shuningdek, shaxsning 
samarali adaptatsiya xulqini ta’minlaydigan qobiliyatlari ilmiy tadqiqotlar uchun 
juda dolzarb mavzu hisoblanadi. 
Shaxsning oilaviy hayot sohasidagi samarali adaptatsiya qobiliyati, 
oilaning muvaffaqiyatli faoliyat yuritishi uchun zarur bo‘lgan, uning yuzaga 
kelgan turg‘un sifatlari tizimi bo‘ladi. Qadriyatlarga yo‘nalganlik shaxsning 
oiladagi xulqining boshqaruvchisi, shuningdek oilaviy hayotga tayyorgarlik 
ko‘rsatkichi sifatida qaraladi. 
Moslashuvchanlikning axloqiy-psixologik tomoni oilaviy hayotni 
boshqaruvchi talablar, majburiyatlar va xulq – atvorning ijtimoiy standartlariga 
mos bo‘luvchi butun bir kompleksni o‘zlashtirilishini tushunadi. Nikohga 
qobiliyatlilik tushunchasi va uning quyidagi tarkibiy qismlarini mavjud: 

boshqa inson to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilish, savob ish qila olish 
qobiliyati; 


34 

hamdard bo‘lish, birgalikda boshdan kechirish, sherigining ichki 
dunyosiga kirish, uni tushunish, uning bilan ruhan birlashish; 

birlashishga, hamkorlikka, muloqotga kira olish qobiliyati; 

chidamli, oliyjanob va rahmdil bo‘lish, boshqa shaxsni uning barcha 
kamchiliklari bilan birga tushunish, o‘zining shaxsiy manmanligini 
bosa olish qobiliyatini nazarda tutuvchi yuqori darajadagi odob-ahloq 
madaniyatga ega bo‘lish. 
T.V.Koroleva 
oilaviy 
hayotga 
adaptatsiyalanish 
qobiliyati 
shakllanganligining muhim ko‘rsatkichi sifatida er-xotinlarning bir-birlariga 
yo‘nalganliklarini ko‘rsatadi. Sherigini tushunish istagini shakllantirish, uning 
qiziqishlarini, ta’bini, kayfiyatini, odatlarini inobatga olish qobiliyati baxtli 
oilaviy hayot qurish uchun muhim shart hisoblanadi. Bundan tashqari, ushbu 
kompleks xususiyat sheriklarda ideallar, tasavvurlar, oilaviy hayot to‘g‘risidagi 
orziqishlar, birgalikdagi hayotning, qadriyatlar yo‘nalishining, oilaga bo‘lgan 
qarashlarning motivlarini anglab etishning mavjudligini qamrab oladi. 
Shuningdek, olima oilaviy hayotga muvaffaqiyatli adaptatsiyani ta’minlaydigan 
quyidagi ko‘rsatkichlari ochib beradi: 

insonda sherigining xarakteri, temperamenti, muloqotga kirishishining 
o‘ziga xos xususiyatlari, qiziqishlari, o‘z-o‘zini baholashi to‘g‘risidagi 
bilimlarning mavjudligi; 

oilada sog‘lom psixologik muhit yaratish, nizoli vaziyatlarni hal qila 
olish bilimi va qobiliyati; 

boshqa shaxsning individual psixologik xususiyatlarini, erkak va ayol 
o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning axloqiy me’yorlarini bilish. 
Insonning bolalik yillari oilaviy hayotga muvaffaqiyatli adaptatsiya 
jarayonida asosiy rollardan birini egallaydi. Jumladan, bolalik davrida boshdan 
kechirilgan siqilishlar kompleksi, to‘liq bo‘lmagan muloqot, janjallar 
keyinchalik katta yoshdagi shaxslarning xulqini oldindan belgilaydi va nouyg‘un 
oilaviy shaxslararo munosabatlarning, oilaviy hayotga adaptatsiyada yuzaga 


35 
keladigan turlicha qiyinchiliklarning sababi bo‘lishi mumkin. Ya’ni, bolaning 
ota-onasi qiyoslashning juda muhim ob’ektlari bo‘ladilar. Agar bola ota-ona 
mehrisiz o‘sgan bo‘lsa yoki uni ota-onasidan faqat bittasi tarbiyalagan bo‘lsa, u 
holda unga har ikkala ota-onadan tarbiya olgan bolalar bilan musobaqalashishga 
to‘g‘ri keladi. Odatda, erta yoshlarda ota-ona mehridan mahrum bo‘lgan 
bolalarda ularning keyingi psixologik rivojlanishi uchun eng muhim bo‘lgan 
borliqqa bazaviy ishonch tuyg‘usi shakllanmaydi. Ular tomonidan hayot 
oldindan aytib bo‘lmaydigan, xavfli va ishonchsiz ko‘rinadi. Bir-biriga bog‘liq 
bo‘lgan yo‘qotishlardan qochib bo‘lmaydi, ular o‘z navbatida qalb kasalligidan 
himoya qiluvchi mexanizmlarni ishlab chiqarishga undaydi, kelajakda esa ushbu 
holatlar oilaviy hayotda bir – biriga uyg‘un shaxslararo munosabatlarni qurishga 
to‘sqinlik qilishi mumkin[28]. 
A.I.Kochetkov oilaviy hayotga adaptatsiya muammolarini, inson 
tomonidan ijtimoiylashuv jarayonida o‘zlashtirilgan, odamlarni harakat 
ko‘rsatkichlarini ishlab chiqish yo‘li bilan kuzatish orqali amalga oshiriladigan, 
oilaning va undagi xulqning muayyan modellariga psixologik yo‘nalganlikda, 
jinsiy rolning o‘zlashtirilishida ko‘radi. Bolalar turli oilaviy rollarni bajarishni 
turli jinsdagi odamlar o‘zlarini qanday tutishlarini, ular muloqotga kirishish 
manerasi, kasbi, maishiy ishlarni bajarishi bilan farq qilishlarini kuzatib 
o‘rganadilar. 
O‘rgatish 
nazariyasi 
tarafdorlari 
imitatsiyani 
gender 
identifikatsiyasining etakchi xususiyati deb behudaga aytishmaydi. Bunda 
imitatsiya xulqiy o‘z - o‘zini kuzatishga qaraganda jiddiy kech davrda, masalan 
ulg‘aygan yoshda, yuz berishi mumkin. Inson shaxsida ota-ona oilasi modelini 
takrorlashga bo‘lgan beixtiyor yo‘nalishning shakllanganligi erkak va ayolning 
oilaviy hayotdagio‘zaro munosabatlariga sezilarli ta’sir ko‘rsatishi mumkin. 
Inson o‘zining nikohdagi rolini bir xil jinsdagi katta yoshdagi odam, eng avvalo 
onasi yoki otasi bilan qiyoslab o‘rganadi. Ota-ona munosabatlarining shakli 
o‘ziga xos dasturlashtirilgan namuna bo‘ladi, negaki sheriklar o‘zlarining 
harakatlarini (xulqini) shakllanib bo‘lgan ichki sxemaga o‘zlari sezmagan holda 
moslashtiradilar. SHaxslararo munosabatlarning dasturlashtirilgan tizimi 


36 
o‘zining ichki dasturi bilan qarama-qarshi jinsdagi ota-onani eslaganda amalga 
oshiriladi. Shaxsiy sifatlarga o‘xshatish er-xotinlik va oilaviy o‘zaro 
munosabatlarning o‘xshashligini belgilaydi, ularda ota-onalarning xatolari va 
muammolari takrorlanadi. 
V.N.Gurov, oilaviy o‘zaro munosabatlarni tahlil qilib, aynan erta 
bolalikda insonning kelajakdagi xatti- xarakatlarining o‘ziga xos ssenariysiga 
asos solinishini ko‘rsatadi. Bu davrni dasturlashtirilgan ssenariy deb nomlab
muallif psixologik impuls insonni oldinga, taqdirga peshvoz chiqishga undaydi 
va juda ko‘p hollarda uning xususiy ongli tanloviga bog‘liq bo‘lmagan holda. 
Ssenariy, hali yoshlikda ko‘pincha ota-onalarning, atrofdagi sotsiumning ta’siri 
ostida shakllanib, hayotning qonuni sifatida yuzaga chiqadi. Kundalik hayot 
ssenariylarining jamlanmasiga oila ichidagi o‘zaro munosabatlarning o‘ziga xos 
xususiyatlari to‘g‘risidagi tasavvurlar ham qo‘shiladi. Olim diqqatni er-xotinlar 
tomonidan o‘zlashtirilgan oilaviy rollarning ahamiyatliligiga qaratadi. Ularning 
nomuvofiqligi 
sheriklarning 
o‘zaro munosabatlarida janjallar, o‘zaro 
hafagarchilikda namoyon bo‘ladigan muammolarning kelib chiqishiga sabab 
bo‘ladi. Bu shu bilan tushuntiriladiki, aynan oilaviy ssenariyda oilada ota va ona 
qanday vazifani bajarishi, rollar qanday taqsimlanishi lozimligi, u yoki bu 
vaziyatda xulqning qaysi qoidalariga rioya etish zarurligi, oilaviy janjallarni 
qanday hal qilish lozimligi to‘g‘risidagi tasavvurlar bayon qilingan. 
E.A.Kalmkova oilaviy hayotga adaptatsiya jarayonida bolalik yillarining
muhim ahamiyati va o‘rni mavjud ekanligini ta’kidlaydi. Olimning fikricha, ota 
va ona farzand uchun kelajakdagi hayotda erkak va ayol rollarining muhim
andozasi bo‘ladi. Ota-onalar o‘zlarining xaqiqiy o‘zaro munosabatlarini
yashirgan-yashirmaganliklaridan qat’iy nazar, ular bola tomonidan xatosiz qabul 
qilinadi va to‘g‘ridan – to‘g‘ri o‘zlashtiriladi, ong ostida o‘rnashib qoladi va 
kelajakda o‘xshashlik uchun andoza bo‘ladi. Shuningdek, ko‘pchilik oilalarda 
er-xotin o‘zaro munosabatlari ko‘rinishlari o‘z ota-ona oilasi munosabatlariga 
mos keladi. Muvaffaqiyatli nikohga ega bo‘lgan ota-ona, er va xotinning 
birgalikdagi hayoti qanday qurilishi lozimligi, hayotiy qiyinchiliklarni qanday 


37 
bartaraf etishni, yuzaga keladigan muammolarni hal qilishda amaliy namuna 
bo‘lishi, shu bilan o‘zining farzandiga oilaviy hayotga qulay tarzda 
adaptatsiyalanish potensialini joylaydilar. 
T.I.Dimnovning fikricha, oilaviy hayotga nisbatan tuzilgan reja va unga 
asoslangan adaptatsiya oilaviy yo‘riqnomalarga asosan amalga oshiriladi, bunda 
ssenariydagi cheklanishlar, ustunlik tarzida, qarama-qarshi jins bilan bo‘ladigan 
munosabat ota-onalaridan meros sifatida beriladi. Masalan, ona o‘zining o‘g‘liga 
beradigan ssenariy rejasini uning o‘zi o‘zining otasidan olgan, va bu erkak 
ssenariy dasturining manbasi uning ona tomonidan bobosi bo‘lishi mumkin, 
demakdir. Ota o‘z qiziga beradigan buyruqlarni uning o‘zi o‘zining onasidan 
olgan va bu ayol ssenariysining manbai ko‘pincha ota tomondan buvi bo‘ladi, 
demakdir. Bola bilan bir xil jinsdagi ota-onalar hulq-atvori uning uchun ayni 
o‘xshash tayyor namuna bo‘la oladi. O‘g‘il bolalar o‘zlarini erkak jinsidagi 
shaxslarga, ularning xulqini, ijobiy va salbiy xolatlarini o‘xshatib takrorlab, 
taqqoslashga harakat qiladilar va shu asosda oilada erkak qanday bo‘lishi 
lozimligi to‘g‘risida xulosaga keladilar. Shu bilan birga, katta va kichiklarning 
ota-ona 
oilasidagi 
vazifalari, 
roli 
so‘zsiz, nikohdagi sherigi bilan 
munosabatlarini yaratishda va o‘z farzandlarini tarbiyalashda jiddiy ahamiyatga 
ega. Ushbu holat taqlid qilish uchun mutloq va yagona holat emas. Jumladan, 
ma’naviy jihatdan etuk insonlar bir-birlariga hatto ijtimoiy kelib chiqishidan, 
tarbiyasidan ka’tiy nazar , psixologik jihatdan nomuvofiqlikda ham bir – 
birlariga moslashishlari mumkin. Bunday oiladagi o‘zaro munosabatlar uchun 
bahs- munozarali masalalarni hal qilish murosa asosida oilaviy hayotga 
bosqichma-bosqich moslashish jarayoni xarakterlidir. Ushbu holat aqliy jihatdan 
ulg‘ayish, murosaga kelish, diqqatli, ehtiyotkor, yumshoq, kayfiyatan barqaror, 
qarorlar qabul qilishda javobgar bo‘la olish ma’suliyatni his qila olish 
qobiliyatida va ularni amalga oshirishga qodirlikda namoyon bo‘ladigan 
xususiyat va holatlar orqali erishiladi. Bu sifatlarga bola ota-onalari va 
ahamiyatga molik bo‘lgan ijtimoiy muhit bilan to‘g‘ri muloqot qilish jarayonida 
erishadi. 


38 
V.R.Kulikovning fikricha, ba’zi bir oilalarda ota-onalari tomonidan
bolalari besh yoshga to‘lgunicha tashlab ketilgan holatlarda o‘spirin xulqida bir 
muncha og‘ishishlar kuzatiladi. Maktabda tahsil oladigan o‘g‘il bolalar uchun 
otasining bor-yo‘qligi ularda bunday xulq shakllanishida unchalik katta ta’sirga 
ega emas. Noto‘liq oilalardan chiqqan bolalar ko‘pgina holatlarda kelajakda 
o‘zlarini impulsiv va hatto jamiyatdan uzilgan holatda tutadilar. Ular nazoratga 
qiyin beriladilar va oilaviy hayotda ayolning hukumronligini tan olmaydilar. 
Xuddi shunday qizlar ham, ayollar modeliga o‘xshab, onasining xulq-atvori va
nuqtai nazarlarini qabul qiladilar. Otasi tomonidan har qanday holatda qo‘llab-
quvvatlagan ayol va o‘zini o‘zi baxtiyor deb hisoblaydigan ona, odatda, o‘zini 
g‘alabaga erishgan ayol kabi his qiladi. Otasi ertaroq, ya’ni farzandlari 
o‘spirinlik yoshiga etmasdan vafot etgan bo‘lsa, ayollar bo‘lajak erining 
tasvirini, ko‘pincha, to‘lik oilada o‘sgan o‘spirinlar otasining tasviri bilan 
bog‘laydilar. Ota-onalari hususidagi ideal tasavvur bunga izoh bo‘la oladi. 
Ularga qarama - qarshi tarzda to‘liq oilada ulg‘aygan qizlarda ko‘proq realistik 
nuqtai - nazar rivojlanadi, negaki ular har kuni o‘zlarining ota-onalari xulq –
atvor, xatti- xarakatlarini kuzatadilar va ularning kamchiliklarini ham, ijobiy 
tomonlarini ham ko‘ra oladilar. Boshqa tomondan qaraganda, tadqiqotchi 
tasdiqlaganidek, ajrashgan onalarning qizlari o‘zining erini salbiyroq tasavvurlar 
bilan qabul qilishga moyildirlar, chunki an’anaviy munosabatlar, to‘liq oilaga 
ega bo‘lgan qizlarga qaraganda, ularda ma’suliyatni oshiradi. Oilasini tashlab 
ketgan otaga bo‘lgan salbiy tuyg‘ular asnosida ular qarama-qarshi jins vakillari 
bilan o‘zaro munosabatlarni yo‘lga qo‘yishda muammolarga, qiyinchiliklarga, 
muloqotda zo‘riqish holatlarini sezadilar, erkaklar bilan munosabatlarda esa 
ko‘pincha anglashilmovchiliklar namoyon qiladilar[29]. 
Shunday qilib, yuqorida bayon qilinganlardan kelib chiqib oilaviy hayotga 
muvaffaqiyatli adaptatsiya sezilarli darajada ijtimoiy-psixologik tomoni etakchi 
bo‘lgan maxsus, kompleksli shaxsiy tuzilmaga bog‘liq, deb xulosa qilish 
mumkin. O‘zining mohiyati bo‘yicha bu kompleksni, olimlar tomonidan turlicha 
– adaptatsiyalanuvchanlik, muayyan qobiliyatlar, nikohga tayyorlik, bilimlar, 


39 
ko‘nikmalar, sifatlar to‘plami, individual-psixologik xususiyatlar, ularning 
o‘ziga xos sintezi va boshqalar kabi talqin qilinadigan, oilaviy hayotga 
adaptatsiya potensiali sifatida qarash maqsadga muvofiq. O‘rganilayotgan 
tushuncha hamda faoliyatning muayyan turlarining ochib berilishi ijtimoiy 
psixologiyada tadqiqotlarning katta ko‘pchiligi faoliyatning pedagogik, 
ekstremal va boshqa turlariga adaptatsiya potensialining shakllanishiga va 
rivojlanishiga bag‘ishlanganligi bilan tushuntiriladi. Oilaviy hayotga adaptatsiya 
potensiali deganda insonning oila a’zolari o‘rtasidagi alohida shaxslararo 
munosabatlar va sharoitga moslashishning muvaffaqiyatini sezilarli darajada 
ta’minlaydigan kompleksli shaxsiy tuzilmani tushunish maqsadga muvofiq 
bo‘ladi. kompleksli shaxsiy tuzilma sifatida ushbu hodisa oilaviy xayotga 
motivatsiyani, oilaga ega bo‘lishning anglangan istagini, uning hayotiy 
zarurligiga chuqur ishonchni, shaxslararo o‘zaro hamkorlikni amalga oshirish 
qobiliyatini, oila-nikoh sub’ekti uchun xarakterli bo‘lgan usullar va vazifalarni 
egallashni, xulqni va hissiy holatlarni mustaqil boshqarish qobiliyatini, 
tushunish, hamfikrlik, hamdardlik, o‘zaro tushunish, o‘zaro yordam kabi 
sifatlarning shakllanganligi, xuddi shuningdek, oilaviy xayot uchun zarur 
bo‘lgan bilimlar kompleksining mavjudligini o‘z ichiga qamrab oladi. 

Download 346.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling