Urganch davlat universiteti oilaviy hayot adaptatsiyasi potensiali ijtimoiy-psixologik tadqiqot predmeti


Download 346.22 Kb.
Pdf ko'rish
bet7/9
Sana23.10.2023
Hajmi346.22 Kb.
#1716805
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Uslubiy qo\'llanma

 


40 
Xulosa 
Psixologiya 
fanida 
qizlarning 
oilaviy 
hayotga 
adaptatsiyasi 
muammosining nazariy asoslarini ko‘rib chiqish quyidagi xulosalarni 
chiqarishga imkon beradi: 
1. O‘rganilayotgan muammo bo‘yicha ilmiy adabiyotlar tahlili oilaviy 
hayot bilan bog‘liq bo‘lgan masalalarni o‘rganishning yuqori darajada 
dolzarbligini ko‘rsatdi, shuningdek er-xotin hamkorligi, oilaviy muloqot 
jarayoni, 
ijtimoiy-psixologik 
adaptatsiya 
hozirgi 
zamon 
ijtimoiy 
psixologiyasining asosiy muammolaridan biri sifatida maydonga chiqadi. SHu 
bilan birga, oilaviy hayotning alohida tomonlari olimlar tomonidan turli nuqtai 
nazardan o‘rganilgan, bu esa mazkur hodisaning mohiyatini ochib berishga va 
taalluqli ta’rif shakllantirishga imkon beradi. Masalan, bugungi kunda oilaviy 
hayot, o‘zining mohiyati bo‘yicha xarakatda bo‘la turib, jamiyat rivojlanishi 
bilan jiddiy o‘zgarishlarga yuz tutmoqda, bu oila va jamiyat mezonlarining 
o‘zaro munosabatiga nisbatan tasavvurlarning tarixiy va dunyoqarash jihatdan 
o‘zgarishi bilan bog‘liq. Oilaviy hayot inson hayot faoliyatining muhim sohasi 
sifatida namoyon bo‘ladi, asosan uning hayotining sifatini umumiy belgilab, 
jamiyat rivojlanishni xarakatga keltiruvchi kuch sifatida maydonga chiqadi. 
Mazkur tadqiqot doirasida, oilaviy hayot deganda, yashash joyining, 
turmushning, manfaatlarning, xis-tuyg‘ularning umumiyligi, umumiy farovonlik 
va gullab-yashnash maqsadida oldinga intilishlari bilan xarakterlanadigan oila 
a’zolari (nikohdagi sheriklar, farzandlar, qarindoshlar) o‘rtasidagi alohida 
munosabatlar va aloqalarning murakkab, ko‘p tomonlama tizimining amal qilish 
davrini tushunish maqsadga muvofiq. 
2. Oilaviy hayot sifati ko‘rib chiqilgan ko‘plagan tadqiqotlarda oilaning 
muvaffaqiyatliligini ko‘pincha nikoh bo‘yicha sheriklarning, farzandlarning va 
qarindoshlarning shaxslararo munosabatlarini baholash orqali aniqlaydilar. 
Muvaffaqiyatli, mustahkam birgalikdagi hayot deganda alohida munosabatlar va 
aloqalarning shunday tizimi tushuniladiki, ularda oila a’zolari birgalikdagi 


41 
hayotdan mamnun. YA’ni, muvaffaqiyatlilik, yuksakroq darajada, shaxslararo 
munosabatlar, oila a’zolarining, ular orasida, odatda, nikohdagi ayol jinsidagi 
sherik hissiy iliqlik, qadr-qimmatini va o‘zining shaxs sifatida muhimligini 
sezish, o‘zaro yordam va o‘zaro qo‘llab-quvvatlashga bo‘lgan ehtiyojni ajratadi, 
ehtiyojlari qondirilgan yoki qondirilmaganligi nuqtai-nazaridan o‘rganiladi. 
3. Oiladagi shaxslararo munosabatlar muayyan genderlik tusiga ega, bu 
erkak va ayol ehtiyojlarining tafovutidan dalolat beradi. Oilaviy hayotning 
muvaffaqiyatliligiga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi eng muhim sohalar sifatida 
quyidagilarni ko‘rsatish mumkin: 
muloqot sohasi, ya’ni, odatda, erkak jinsidagi sheriklar ko‘pincha ayol 
jinsidagi sherikning ularni eshitish qobiliyatidan norozi, ayol jinsidagi sheriklar 
esa erkak jinsidagi sheriklarning o‘z fikrini va hissiyotlarini etarlicha 
ifodalashga qodir emasliklarini aytadilar; 
janjallarni hal qilish sohasi, ya’ni, odatda, erkak va ayol jinsidagi sheriklar 
oilaviy hayotdagi janjallarni samarali hal qilish qobiliyatining mavjud emasligini 
bildiradilar; 
shaxsiy sifatlarni baholash sohasi, ya’ni, ayol jinsidagi sheriklar, odatda, 
erkak jinsidagi sheriklarni, ularda turli odatlarga bog‘lanib qolganlik, hissiy 
jihatdan sezgir emaslik, rashk mavjudligini, etarli darajada ishonchli 
emasliklarini ta’kidlab, yuqori baholamaydilar. 
4. Zamonaviy tadqiqotlarda adaptatsiya jarayonining o‘ziga xosliklarini 
ko‘rib chiqish ushbu hodisani ijtimoiy-psixologik mavzuda harakatdagi 
muvozanatni, biror faoliyatni amalga oshirish davrida shaxsning atrofdagi 
sotsium bilan lozim bo‘lgan o‘zaro hamkorligini, insonga uning uchun muhim 
bo‘lgan ehtiyojlarni, uning bilan bog‘liq jiddiy hayotiy maqsadlarni, zarur 
psixologik salomatlikni saqlagan holda, amalga oshirish imkoniyatini beradigan 
oilaviy hayotni yo‘lga qo‘yishning alohida va ko‘p tomonlama jarayoni sifatida 
qarab chiqish maqsadga muvofiqligini ko‘rsatadi. Bundan tashqari, shaxs 
adaptatsiyasi jarayoni taalluqli shaxsiy transformatsiyalar va o‘zgarishlar bilan 
xarakterlanadi. Bunda adaptatsiya jarayonini bunday tushunishning o‘ziga xos 


42 
asosiy xususiyati adaptatsiya jarayonlarining ijtimoiy-psixologik tizimlar 
faolligini, 
butunligini 
saqlashga, 
adaptatsiya 
jarayonlarining 
xaqiqiy 
atrofimizdagi sotsiumga mos kelishiga yo‘naltirilganligida namoyon bo‘ladi. 
5. Insonning oilaviy hayoti, har biri taalluqli ijtimoiy-psixologik vaziyat 
doirasida amalga oshiriladigan adaptatsiya jarayonlari tizimlari nuqtai-nazaridan 
qaralishi mumkin. Bunda u nafaqat o‘zining tarmog‘iy to‘ldiruvchisi (tanqidiy, 
krizisli, vaziyatdan kelib chiqib) bilan xarakterlanadi, balki taalluqli inson 
tomonidan qanday qabul qilinishi bilan ham xarakterlanadi. Odatda, individ 
hayot faoliyatining krizis davrlarida adaptatsiya jarayoni murakkablashishi 
mumkin, ya’ni krizisli vaziyatlar yuzaga keladi, harakatlar esa muvofiq 
bo‘lmaydi, ya’ni vaziyatga xos reaksiya paydo bo‘ladi. Ushbu xodisalar 
insonning oilaviy hayotga adaptatsiyasi jarayoniga bevosita taalluqli. 


43 

Download 346.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling