Urganch davlat universiteti "pedagogika" fakulteti


II BOB. “ Devonu lug’atit - turk ” asarini o’qitishda yangi pedagogik


Download 0.66 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/22
Sana24.12.2022
Hajmi0.66 Mb.
#1064106
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22
Bog'liq
1 Mahmud Qashg\'ariyning ,,Devoni lug\'atit turk\'\' asarida tarbiya

II BOB. “ Devonu lug’atit - turk ” asarini o’qitishda yangi pedagogik 
texnologiyalardan foydalanish 
2.1.Mahmud Qashg’ariyning “Devonu lug’atit-turk” asarida tarbiyaga 
oid fikrlar 
“Devoni lug‘otit turk” asari keng qamrovli, mavzu jihatdan g‘oyat keng 
bo‘lib, o‘z ichiga turli mavzularni qamrab oladi. 
Jumladan, tabiat tasviri “Devoni lug‘otit turk” asaridagi yetakchi mavzular 
sirasiga kiradi. Shoir so‘zlar lug‘atlarini keltirar ekan, ularga misol tariqasida 
she’rlar, maqollar ham keltiradi. Ana shu she’rlarda tabiat tasviri, yil fasllar 
almashinuviga bag‘ishlangan ko‘pgina she’rlarni uchratishimiz mumkin. 
Masalan,quyida tabiat tasviriga bag‘ishlangan ayrim baytlardan namunalar 
keltiramiz:
Turlug chechak yarildi,
Barchin yazim kerildi, 
Uchmaq yeri ko’ruldi,
Tumlug’ yana kelgusuz.
Ma’nosi, bahorni ta’riflab aytadi: har turli chechaklar ochildi, xuddi 
(sernaqsh) ipak gilamlar yozilganday. Jannat yeri ko’rildi. Sovuq hech qaytib 
kelmas darajada havo isidi. 
Yuqoridagi baytda fasllar kelinchagi bo‘lmish bahor tasvirlangan bo‘lib, 
bahorda atrof-muhit xuddi jannat yeri kabi go‘zal bo‘lib ketishi, turli chechaklar 
ochilib, atrofga yanada oro berishi tasvirlangan. 
 Yigitlarig ishlatu,
Yag’ach yamish irg’tu,
Qulan keyik avlatu,
Bazram qilib avnalim. 
Ma’nosi: O’yin-kulguni tasvirlab deydi: Yigitlarni ishlatib, daraxt 
mevalarini qoqtiraylik, turli yovvoyi hayvonlar (qulon) va boshqalarni ovlatib, bir 
necha kun bayram qilib yayraylik. 


20 
Bu baytda shoir, o‘yin-kulgi va tabiat ne’matlaridan zavq olib, yayrab 
yashash kerakligini tasvirlashga harakat qilgan. 
Jaratti jashil jash, 
 Savurdi o’rung qash,

Download 0.66 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling