Urganch davlat universiteti servis faoliyati asoslari


Kasb tavsifi. Ishga qabul qilish


Download 0.51 Mb.
bet73/130
Sana22.06.2023
Hajmi0.51 Mb.
#1647425
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130
Bog'liq
SFA Maruzalar matni

4.Kasb tavsifi. Ishga qabul qilish
Ofitsiant amalda mijozlarga xizmat ko‘rsatish qoidasini, texnik usullarini, asosiy etika qoidalarini va stol bezashni bilishi kerak. Bundan tashqari u quyidagilarni bilishi shart:
- oshxona idish-tovoqlari va anjomlarni, mehmonlarni kutishda zarur bo‘ladigan boshqa buyumlarni bilishi;
- taomlar va ichimliklarni navbat bilan tortish qoidalarini, taomlarga chiroyli ko‘rinish berish usullarini, spirtli ichimliklarni taomlarga moslashtirib berilishini;
- banketlar, rasmiy va norasmiy qabullar uchun taomnoma tuzish qoidalarini;
- lyuks va oliy toifadagi restoranlarda xorijiy mehmonlar uchun milliy va buyurtma taomlar tayyorlash, ularni bezash va mehmonlar oldiga qo‘yishni;
- qabul marosimlari, banketlar, tantanali kechalar va boshqa tadbirlarda ayrim mijozlarga xizmat qilishning o‘ziga xos tomonlarini bilishi;
- xizmat qilish jarayonida taom va ichimliklarni ta’riflash, mijozlarga tegishli axborot berish;
- nazorat-kassa apparatidan foydalana bilishi, hisob-kitob qilishda mijozlar bilan hisoblashish;
- xizmat qilish jarayonida psixologik asoslarga va professional etika qoidalariga rioya qilishi va h.k.
Ichki tartib qoidalariga binoan ofitsiantlar quyidagilarni bajarishga majbur:
- ishga o‘z vaqtida kelishi;
- ish kuni davomida xizmat qilishi, bosh ofitsiant va brigadir topshirig‘ini bajarish;
- mehnat intizomiga qat’iyan rioya qilishi, o‘z ish joyini to‘la tartibli va pokiza saqlashi;
- mehnat muhofazasi talablariga aniq rioya qilishi;
- xavfsizlik texnikasi, sanitariya va shaxsiy gigiyena qoidalariga bo‘ysunish;
- elektroenergiya, anjom, inventar va boshqa qimmatbaho buyumlardan ehtiyot bo‘lgan holda tejab-tergab foydalanish.
Umumiy ovqatlantirish korxonasidagi barcha xodimlarning asosiy vazifasi mijozlarga yuqori darajada xizmat ko‘rsatishdir. Umumiy ovqatlantirish korxonasining xizmati savdo korxonalari faoliyati natijasidir. Aholi mazali taomlar va ichimliklar bilan qancha yaxshi ta’minlansa, ular chin dildan minnatdorchilik bildirsa – bu umumiy ovqatlantirish xodimlari uchun katta mukofotdir. Bosh ofitsiant huquqi:


  1. Download 0.51 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling