Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


- Akobir (fors.) – O’rta Osiyo hududida o’rta asrlarda yuqori martabali, davlatmand kishi, ulug’ zotga nisbatan qo’llanilgan atama. - Amir


Download 0.59 Mb.
bet47/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

- Akobir (fors.) – O’rta Osiyo hududida o’rta asrlarda yuqori martabali, davlatmand kishi, ulug’ zotga nisbatan qo’llanilgan atama.
- Amir (ar.) – Islom dini qabul qilingunga qadar arablarda amir so’zi qabila boshlig’i, harbiy boshliq degan ma’nolarni bildirgan.
- Amr (ar.) - buyruq, hukm, farmon.
- Amlok yerlar - Markaziy Osiyoda o’rta asrlarda paydo bo’lgan yerga egalikning bir shakli davlatga qarashli yerlar - amirlar, sultonlar yeri.
- Alternativa (fr.) - bir-biriga mos kelmaydigan imkoniyatning biri. Hozirgi o’zbek tilida muqobil degan ibora ham shu ma’noni beradi.
- Alayhissalom (ar.) - unga salom. Musulmonlarda payg’ambarlar nomiga qo’shib aytiladigan so’z.
- Anarxiya (Anarxizm) (yun.) - o’zboshimchalik, boshboshdoqlik. Ijtimoiy-siyosiy hayotda: hokimiyatni tugatish va mamlakatni davlatsiz boshqarish tarafdorlari.
- Anjuman (fors.) - yig’in, majlis.
- Antagonizm (yun.) - ziddiyat, murosasiz qarama-qarshilik.
- Anneksiya (lot.) - qo’shib olish. Bir davlat tomonidan boshqa davlat hududini bosib olish, zo’ravonlik bilan shu mamlakatni yoki uning bir qismini o’ziga bo’ysindirish.
- Anoxronizm (yun.) - o’tgan vaqtga qarshi qo’yish. Bir tarixiy davr voqealari va alomatlarni yoki xususiyatlarini shartli ravishda boshqa tarixiy davrga to’g’rilab qo’yish. Majoziy ma’noda - eskilik sarqitlari, umri tugagan fikrlar, qarashlar, udumlar.

  1. Antanta (fr.) – harbiy kelishuv. 1907 yilda Angliya, Fransiya va Rusiya o’zaro ittifoq tuzgan, bu kelishuv antanta deb atalgan va u 1914-1918 yillarda (1-jahon urushi) Germaniya va uning sheriklariga qarshi urush olib borgan. O’sha yillari ularni Antanta davlatlari deb ataganlar.

  2. Antisemitizm - yaxudiylarga qarshi qaratilgan millatchilik oqimi (harakati). Chor Rusiyasi va fashistlar Germaniyasida bu harakat shu davlatlarning shovinistik siyosatida katta o’rin olgan edi.

- Antropologiya (yun.) – odamning kelib chiqishi va evolyutsiyasi, dastlabki irqlarning paydo bo’lishi va tana tuzilishidagi tabiiy tafovutlar haqidagi fan.
- Argument (lot.) - haqqoniylikni (voqea, xodisani) tasdiqlovchi mantiqiy dastak.

  1. Aparteid (yun.) - Bir necha ma’noda ishlatiladi: 1) kishilarni o’z vatanidan judo qilish, 2) birorta davlatda yashab turgan shaxsning fuqarolik huquqidan mahrum etilishi va boshqa davlatda bu huquqni ololmaganligi.

- Ark (fors.) - ichki qal’a, podshohning shahar ichidagi qasri, qarorgohi. M.: Buxoro arki.
- Arkoni davlat (ar.) – davlat ustunlari; amirlar, vazirlar, ruhoniylar va h.k.
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling