Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet48/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Aristokratiya (yun.) - zodagonlar, imtiyozli tabaqa vakillari.

  • Arxaizm (yun.) - eskirgan, keng muomaladan chiqib ketgan so’zlar va iboralar.

  • Arxeologiya (yun.) - qadimgi davrlar tarixini moddiy -topilmalar, ashyoviy manbalar asosida o’rganuvchi fan.

  • Arxiv (yun.) - hujjatlar yoki hujjat saqlanadigan muassasa.

    -Arxitektura (lot.) - me’morchilik. Bino va inshootlarni
    bejirim va chiroyli, ko’rkam qilib qurish san’ati.
    - Arshakiylar – miloddan avvalgi 250 yildan milodiy 224 yillargacha Parfiyada hukmronlik qilgan sulola. Sulolaga day qabilasining boshlig’i Arshak asos solgan.
    - Assotsiatsiya (lot.) - ittifoq, uyushma. M.: tadbirkorlar assotsiatsiyasi, hunarmandlar assotsiatsiyasi,
    - Assambleya (fr.) - 1) yig’ilish, 2) bir qancha mamlakatlar oliy hokimiyat organining hamda ba’zi xalqaro tashkilotlar oliy organining nomi. M.: Birlashgan Millatlar Tashkiloti (BMT) ning bosh assambleyasi.
    - Assimilyatsiya (lot.) - Bir necha ma’noda ishlatiladi: 1) moslashish, qo’shilish, o’zlashtirish; 2) etnografiyada - bir xalqning o’z tili, madaniyati va milliy ongini yo’qotib, boshqa xalqqa singib ketishi; 3) biologiyada - tirik organizmdagi kimyoviy jarayonlar majmui; 4) tirik xujayralarning ozuqa moddalarini o’zlashtirishi (m.:
    fotosintez).
    - Axriman zardushtiylik dinining zulmat, ochlik, urush, o’lim, gunoh va qabihliklar xudosi.
    - Axuramazda - zardushtiy va mazdakiylarda oliy tangri, yorug’lik, farovonlik, sihat-salomatlik, tinchlik va ezgulik xudosi.
    - Ansambl (fr.) - bir necha ma’noda qo’llaniladi: 1) yagona badiiy jamoa sifatida uyushgan ijrochilar guruhi; 2) arxitektura va shaharsozlikda fa`zoviy kompozitsiya uyg’unligi: binolar, injenerlik inshootlarini o’z ichiga oladi.
    - Ahamoniylar – miloddan avvalgi 558-330 yillarda Eronda hukmronlik qilgan sulola. Ahamoniylar sulolasiga miloddan avvalgi VIII asrda Elam yaqinidagi Parsa hududida yashagan qadimgi fors qabilalarining boshlig’i Ahamon asos solgan.



    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling