Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet49/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

B
- Bayonnoma (fors.) biror voqea yuzasidan yozilgan rasmiy ma’lumot yoki xabar. Hozirgi kunda ushbu atamaning ma’nosini bayonot atamasi orqali ifodalash qo’llanilmoqda.
- Baytulloh (ar.) – Makka islom dinining yagona markaziga aylanganidan keyin Ollohning uyi –Ka’baga berilgan nom.
-Barid (ar.) - 1. Chopar, xat eltuvchi, pochtalon. 2. XVI-XVII asrlarda O’rta Osiyo xalqlarida keng qo’llanilgan masofa o’lchovi bo’lib, ikki farsax, ya’ni taxminan o’rtacha 12 km ga teng yo’l bo’lgan.
- Barrikada (fr.) - ko’chalar, yo’llar, ko’priklar, tog’ yo’llarini to’sinlar, qum to’ldirilgan, toshlar va boshqa turli materiallar bilan ko’ndalang to’sib yasaladigan sun’iy mudofaa inshooti.

  • Bashorat (ar.) - oldindan bilingan, aytilgan xabar.

  • Bazis (yun.) - ustqurma asosida turadigan, tarixiy qaror topgan ishlab chiqarish munosabatlari majmui.

  • Beklik (turk.) – Buxoro amirligida bek tomonidan idora etiladigan ma’muriy hudud. Buxoro amirligi XX asr boshlarida 27 ta beklikdan iborat bo’lgan.

  • Bolshevik (rus.) - XX asr boshida Rusiyada yuzaga kelgan siyosiy oqim vakili. Raxnamosi V.I.Lenin bo’lgan bu oqim jamiyatni inqilobiy to’ntarish yo’lidan borgan.

  • Bid’at (ar.) – dindagi rasmiy ta’limotlarga qarshi yangi fikr va aqidalar. Islom Muhammad (SAV)dan keyin paydo bo’lgan unsur va qoidalar.

  • Biy – ko’chmanchi va yarim ko’chmanchi turkiy xalqlarning, jumladan, o’zbeklarning urug’ oqsoqollariga berilgan unvon.

- Birlashgan Millatlar Tashkiloti - davlatlarning eng nufuzli xalqaro tashkiloti. 1945 yilda tashkil etilgan bo’lib, Ustaviga, Bosh Assambleyasiga, fan, maorif va madaniyat masalalari bilan shug’ullanuvchi tashkiloti (YuNЕSKO)ga, Xavfsizlik kengashiga, Xalqaro sud va kotibiyatiga ega, O’zbekiston 1992 yil 2 martda BMT ga a’zo bo’lib kirgan.

  • Blokada - (ing.) - Ikki xil ma’noda qo’llaniladi: 1) biror davlatni muayyan talabni bajarishga majbur etish maqsadida uning tashqi aloqalariga putur yetkazishga qaratilgan siyosiy yoki iqtisodiy tadbirlar majmui; 2) Harbiy blokada- muayyan ob’ekt (qo’shinlar gruppirovkasi, shahar, davlat) ni o’rab olish, ajratib qo’yish.

  • Boburiylar – Hindistonda 1526 yildan 1858 yilgacha hukmronlik qilgan sulola. Unga temuriylardan Zahiriddin Muhammad Bobur asos solgan.


  • Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   45   46   47   48   49   50   51   52   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling