Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi
Download 0.59 Mb.
|
3.Манбашунослик
- Bu sahifa navigatsiya:
- - Dahriy
- - Delegat
- - Diplomat
- - Yesir
- Dasturxonchi (fors.) – O’rta Osiyo xonliklari saroylarida saroy xizmatchilaridan hisoblangan kichik mansabdagi amal.
- Dashti Qipchoq – Sirdaryoning quyi oqimi hamda Balxash ko’lidan Dnepr daryosining quyi oqimlarigacha bo’lgan hududlarning XI-XVI asrlardagi nomi. Bu yerlarda ko’chmanchi qipchoq qabilalari yashagani uchun u yerlar shunday atalgan. - Dahriy (ar.) – Xudoning mavjudligini tan olmaydigan, dinga e’tiqod qilmaydigan shaxs. - Devonbegi (fors.) – devon boshlig’i. O’rta asrlarda soliq yig’uvchi muassasa boshlig’i bo’lib, keyinchalik unga mamlakatning barcha moliya ishlari yuklatilgan. - Duma (rus.) - Rusiyadagi saylanadigan, qonun chiqaruvchi quyi organ. - Deklaratsiya (lot.) - bayonnoma, bayonot. - Dekret (lot.) - oliy hokimiyatning farmoyishi, qarori. - Delegat (lot.) - saylangan yoki belgilangan vakil. - Demobilizatsiya (fr.) - harbiy xizmatdan bo’shatish. - Demokratiya (yun.) - xalq hokimiyatining ifodasi. - Demilitarizatsiya (lot.) - biron davlat yoki hududni qurolsizlantirish. - Diktatura (lot.) - cheklanmagan, zo’ravonlik hokimiyati. - Dinamit (yun.) - kuchli portlashni ta’minlovchi modda. - Diplomat (fr.) - bir davlatning ikkinchi bir davlatdagi rasmiy vakili. - Doktrina (lot.) - ta’limot, siyosiy qarashning ifoda etilishi. M.: Harbiy doktrina - davlatning qurolli kuchlari vazifalarini belgilovchi nazariya. Ye - Yevroosiyo – Yer sharidagi eng katta materik. Ikki qit’adan – Yevropa va Osiyodan iborat. - Yerto’la (o’zb.) – yerni o’yib qurilgan turar joy. Yerto’la to’rtburchak, aylana shaklida, ba’zilari esa yerdan bir oz yuqori ko’tarilib, tomi yog’och bilan, uning usti esa shox, xashak va turpoq tashlab berkitilgan bo’ladi. - Yesir – eri vafot etib, bolalari bilan qolgan ayollar O’rta Osiyoda yesir deb atalgan. - Yetti urug’ – o’zbek xalqi tarkibiga kirgan yirik urug’lar guruhi. Asosan Zarafshon daryosining o’rta oqimida, qisman Toshkent vohasida yashagan. Download 0.59 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling