Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


- Vermaxt (nem.) - fashistlar Germaniyasining qurolli kuchlari. - Vego


Download 0.59 Mb.
bet51/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

- Vermaxt (nem.) - fashistlar Germaniyasining qurolli kuchlari.
- Vego (lot.) - ta’qiq, ma’qullamaslik, qarshi chiqish.
- Volyuntarizm (lot.) – iroda so’zidan. Jamiyatda, siyosatda irodaning roli va o’rniga ko’proq e’tibor berish oqimi.


G
- Gaz (fors.) Sharq mamlakatlarida taxminan 62 sm dan 91,5 sm ga teng bo’lgan uzunlik o’lchov birligi.
- Garantiya (fr.) - kafolat.
- Gvardiya (it.) - davlatning eng ishongan, saralangan askarlar qismi.
- Gegemon (yun.) - rahbar, dohiy, rahnamo.
- General (lot.) - yuqori darajadagi Harbiy unvon.
- Genotsid (yun.) - aholining ayrim guruhlarini yo’q qilib tashlash. Ularni irqiy, milliy yoki boshqa asosda qirib tashlash.
- Gestapo (nem.) - fashistlar Germaniyasidagi mahfiy politsiya.
- Govsar (fors.) – ikki tishli cho’qmoq.
- Gomindan (xit.) - Xitoyda Sun Yatsen tashkil etgan xalq partiyasi.
- Gubernator (lot.) - o’lka hukmroni, hokimi.
- Guzar (fors.) – shahar yoki qishloqning uch-to’rt ko’chasini o’z ichiga olgan, choyxona, baqqollik va qassoblik do’konlari bo’lgan gavjum va serqatnov obod joy.
- Gumanizm (lot.) - odamiylik, insonparvarlik.
- Gurzi (fors.) – qadimgi davrlardagi urush qurollaridan biri. Cho’qmor deb ham atalgan.
- Gimn (yun.) - madhiya, tantanali ulug’lovchi kuy-qo’shiq.
- Go’rxon (turk.) – qoraxitoy xonlarining faxriy laqabi.


D
- Davobdor (ar.)sais, ot boquvchi.
- Dayr (ar.) – nasroniy yoki otashparastlarning ibodatxonalari.
- Damba (fors.) – suvni vaqtincha yoki doimiy dimlab turadigan to’siq, qurilish inshooti.
- Darakchi (ar. f.-t.)Qadimgi Sharq davlatlari armiyalarida maxsus topshiriqlarni ado etadigan va turli xabarlarni yetkazib turadigan shaxs.
- Darbon (fors.) – saroy darvozasi posboni.

Download 0.59 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling