Urganch davlat universiteti “tarix” kafedrasi


Download 0.59 Mb.
bet50/78
Sana13.05.2023
Hajmi0.59 Mb.
#1456955
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78
Bog'liq
3.Манбашунослик

Bozor iqtisodiyoti - qonunlar asosida mulk shakllarining turli bo’lishi tadbirkorlikka keng yo’l ochib beradigan, raqobat va narx erkinligiga asoslangan, ijtimoiy extiyojga yo’naltirilgan iqtisodiy tizim.

  • Boykot (ing.) - ayrim shaxs, tashkilot va davlat bilan munosabatlarni to’la yoki qisman to’xtatishdan iborat siyosiy va iqtisodiy kurash vositasi.

    • Burjuaziya (fr.) - kapitalistik jamiyatda ishlab chiqarish vositalariga ega bo’lgan, yollanma mehnatga tayanuvchi sinf.

    • Buxorxudot – VII-VIII asrlarda Buxoroda mavjud bo’lgan kichik feodal davlati hukmdorlarining nomi. Buxoroni arablar bosib olganidan keyin Buxorxudot hukmdorligi o’z mavqeini yo’qotdi.

    - Byurokrat (fr.) - o’z burchini rasmiyatchilik va qog’ozbozlik bilan ishga ziyon yetkazgan holda yuzaki, xo’ja ko’rsinga bajaradigan mansabdor shaxs.
    - Bo’nak (fors.) – XX asr boshlarigacha O’rta Osiyoda mavjud bo’lgan ish haqi hisobidan dehqon va hunarmandlarga berilgan qarz. Xalfa ishga yollanish oldidan ustadan ma’lum muddatga bo’nak olgan.
    - Bo’stong’or (m.-t.) – pistirma degan ma’noni anglatadi.


    V
    - Vazir – arabcha so’z bo’lib, yordam ko’rsatuvchi, yordamchi degan ma’noni anglatadi.
    - Vakil (ar.) – gumashta, biror ishga vakolat olgan shaxs.
    - Valiahd (ar.) – podshoh yoki xonning tiriklik chog’ida o’z o’rniga tayinlab qo’ygan taxt vorisi. Valiahd podshoh yoki xonning qaroridan keyin maxsus davlat kengashida tasdiqlangan.
    - Valyuta (it.) - u yoki bu davlatning oltin yoki boshqa qimmatbaho buyumlar bilan kafolatlangan, tashqi savdo qadriga ega bo’lgan pul birligi.
    - Varshava shartnomasi tashkiloti - SSSR va Yevropadagi bir qator sotsialistik davlatlar tomonidan 1955 yil tashkil topgan. Harbiy-siyosiy tashkilot. U asosan NATO mamlakatlariga qarama-qarshi niyatda tuzilgan edi. 1991-yilda tarqalib ketgan.
    - Vasiy (ar.) – vasiyatni ijro etuvchi shaxs.
    - Vasiqa (ar.) – yer-mulk oldi-sotdisi to’g’risida tuzilgan rasmiy shartnoma. Vasiqa ko’chmas mulkka doimiy yoki vaqtincha egalik qilish huquqini bergan.
    - Va’z (ar.) – odatda, jamoat o’rtasida, masjidlarda so’zlanadigan diniy yoki nasihatomuz nutq.
    - Vahobiylar - Saudiya Arabistonida XVIII asrda vujudga kelgan „islom dini tarkibidagi oqim. Ular musulmonchilikning qattiqqo’llik, hatto zo’ravonlik bilan qo’llanishi tarafdorlaridir. XX asr oxirlarida ham bu oqim tarafdorlari uchrab turadi, ularning bir qismi siyosatga aralashib, odamlarni shiddatli harakatlarga da’vat etadilar.

    Download 0.59 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   78




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling