Urganch davlat universiteti texnika fakulteti
-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI
Download 1.66 Mb.
|
жараён ва апоратлар.doc (2)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nasosning asosiy parametrlari
4-LABORATORIYA MASHG‘ULOTI.
Markazdan qochma nasoslarni xarakteristikalarini aniqlash Xalq xo‘jaligi va ishlab chiqarishning barcha tarmoqlarida, shu jumladan qurilish materiallari sanoatida suyuqliklar gorizontal va vertikal quvurlar orqali uzatiladi.Suv, neft, benzin, kerosin, moylar va boshqa suyuqliklarni uzatish uchun mo‘ljallangan mashinalar (qurilmalar) 191
nasoslar deyiladi. Quvurlarning boshlang‘ich va oxirgi nuqtalaridagi bosimlar farqi quvurlardan suyuqlikning oqishi uchun haraktlantiruvchi kuch hisoblanadi. Suyuqlik oqimining quvurlardagi harakatlantiruvchi kuchi gidravlik mashinalar ѐki nasoslar orqali hosil qilinadi. Nasos elektr dvigatelьdan mexanik energiya olib, uni suyuqlikning harakatlanaѐtgan oqimi energiyasiga aylantirib beradi hamda quvurda suyuqlik bosimini oshiradi.
Nasoslarning asosiy parametrlari ish unumdorligi, bosim va quvvat kabi kattaliklar bilan belgilanadi. Nasosning vaqt birligi ichida uzatib beradigan suyuqlik miqdori ish unumdorligi (ѐki sarfi) deyiladi va SI birliklar tizimida sarf m3/s - da o‘lchanadi. (Q, m3/s). Nasosning massa birligiga ega bo‘lgan suyuqlikka bergan solishtirma energiyasi bosim deb yuritiladi va u SI birliklari tizimida n/m2 ѐki metr suv ustunida o‘lchanadi.(N, n/m2 ѐki metr suv ustuni). Nasosning bosimi oqimning nasosga kirish va chiqishdagi solishtirma energiyalari ayirmasiga teng. Suyuqlikka energiya berish uchun sarflangan nasosning foydali quvvati Nf suyuqlik sarfi miqdori γ · Q ning solishtirma energiyaga ko‘paytirilganiga teng:
Nasosning o‘qidagi quvvati foydali quvvatdan kattaroq bo‘ladi, chunki nasosda energiyaning bir qismi yo‘qoladi. Energiyaning yo‘qolishi nasosning foydali ish koeffitsienti (FIK) ηn bilan belgilanadi. Demak, nasosning o‘qidagi quvvat quyidagi tenglama bilan topiladi:
Foydali ish koeffitsienti ηn nasosdagi quvvatning nisbiy yo‘qolishini, nasosning mukammalligini va uni ishlatishning arzonligini 192
ifodalaydi hamda quyidagi ko‘paytma orqali topiladi:
bu erda ηv – hajmiy FIK; ηr – gidravlik FIK; ηm – mexanik FIK. Hajmiy FIK nasosning xaqiqiy ish unumdorligining nazariy ish unumdorligiga nisbatiga teng bo‘lib, nasos konstruksiyasining zich bo‘lmagan joylaridan sizib chiqqan suyuqlikning miqdorini belgilaydi. Gidravlik FIK suyuqlikning nasosdan o‘tishida gidravlik va mahalliy qarshiliklarni engish uchun sarf bo‘lgan bosimning yo‘qolishini ifodalaydi. Mexanik FIK nasos mexanizmlaridagi ishqalanishni engishga sarflangan quvvatning yo‘qolishini belgilaydi. Download 1.66 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling