Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo
-Mavzu: O‘zbekistonning milliy turizm brendi
Download 0.84 Mb.
|
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi
- Bu sahifa navigatsiya:
- O‘zbekistonning Milliy turistik brendidan tovar, ish va xizmatlarni targ‘ib qilish tartibi va yo‘nalishlari.
11-Mavzu: O‘zbekistonning milliy turizm brendi
O‘zbekiston Respublikasining turizm sohasidagi shiori - milliy turizm brendi sifatida. Milliy turistik brendni namoyish qilishda davlat organlarining vakolatlari. O‘zbekistonning Milliy turistik brendidan tovar, ish va xizmatlarni targ‘ib qilish tartibi va yo‘nalishlari. O‘tgan o‘tish davri mobaynida xizmat ko‘rsatish sohasini, xususan, turizmni qat’iy davlat tomonidan tartibga solish asosida bozor munosabatlarni rivojlantirish hamda turizm sohasining iqtisodiy mustaqilligi va demokratlashuvini ta’minlashga yo‘naltirilishi amalga oshirildi. Bu davr mobaynida turizm tizimida ijobiy o‘zgarishlar bilan birgalikda, dastlab bozor munosabatlariga xos muammolar ham uchradi. Turizm sanoatining bu murakkab va ziddiyatli bosqichida mamlakatimiz hududlari iqtisodiyotiga turizmning ta’sirini yangi paydo bo‘layotgan uslublarini batafsil o‘rganish uchun imkon bermadi. SHu bosqichda turizm sanoatining oldingi sifat holatidan yangi sifat holatiga o‘tish bilan bog‘liq bo‘lgan muammolarni hal etish lozim edi, ya’ni yangi sharoitlarga moslashish yo‘llarini topish, turistik aloqalarning birligini va tizimning yaxlitligini saqlash masalalarini muvofiqlashtirish lozim edi. O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sishi va barqaror rivojlanishi natijasida aholining turizm mahsulotlarida o‘zgargan iste’moli turizm tizimining tiklanishi, rivojlanishi, mustahkam va samarali ishlaydigan tizimning shakllanishi uchun yangi imkoniyatlarni ochib berayapti. O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida mamlakatimizning xalqaro nufuzini mustahkamlash, qulay tadbirkorlik muhitini yaratish, iqtisodiyot tarmoqlari va hududlarga xorijiy investitsiyalarni faol jalb qilish kabi masalalar mamlakat taraqqiyotini ta’minlovchi ustuvor yo‘nalishlar sifatida belgilangan. Oliy Majlis Senatining Xalqaro munosabatlar, tashqi iqtisodiy aloqalar, xorijiy investitsiyalar va turizm masalalari qo‘mitasi tomonidan YUNESKOning respublikamizdagi vakolatxonasi ko‘magida tashkil etilgan “O‘zbekistonda mamlakat brendini shakllantirish” mavzuidagi konferensiya ana shu dolzarb vazifani amalga oshirishga bag‘ishlandi. O‘zbekiston brendining faol ilgari surilishi respublikamizning pragmatik, siyosiy va savdo-iqtisodiy hamkor sifatidagi xalqaro nufuzi hamda obro‘-e’tiborini yuksaltirish, investorlar ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etishi ta’kidlandi. Senat qo‘mitasi raisi A. Kurmanovning bildirishicha, muvaffaqiyatli brend olti muhim jihatni, ya’ni turizm, eksportni kengaytirish, tashqi va ichki siyosatni faollashtirish, investitsiyalarni jalb qilish, madaniy boyliklarni ko‘rsatish hamda xalq farovonligini oshirishni nazarda tutadi. SHu ma’noda aytganda, O‘zbekiston jahon bozorida o‘z milliy brendini ilgari surishda katta imkoniyatlarga ega. Xususan, mamlakatimizning boy madaniy-tarixiy merosi, mehmondo‘st xalqimiz, shu bilan birga, iqtisodiyotning barqaror rivojla-nayotgani, zamonaviy infratuzilmaning jadal taraqqiy etayotgani ham yurtimiz ijobiy imijini mustahkamlashga xizmat qilmoqda. Ayniqsa, buyuk alloma va mutafakkirlarimizning jahon sivilizatsiyasi, ilm-fani rivojiga beqiyos hissa qo‘shgani, mamlakatimiz insoniyatning madaniy va ilmiy boyligini o‘zida jam qilgani bilan ham xalqaro hamjamiyatning doimiy e’tiboridadir. Tadbir ishtirokchilarining fikricha, davlatning ijobiy brendi mamlakatning tashqi va ichki siyosiy imijini yaxshilabgina qolmay, balki xalqaro miqyosda uning siyosiy ta’sirini ham oshiradi, eksport hajmini ko‘paytirish hamda mamlakat raqobatdoshligini ta’minlash imkonini beradi. Aytish joizki, davlatimiz rahbari tomonidan olib borilayotgan siyosiy, iqtisodiy, moliyaviy va ijtimoiy sohalardagi islohotlarning izchilligi, bu jarayondagi ochiq, do‘stona va pragmatik siyosat O‘zbekistonning nafaqat Markaziy Osiyo mintaqasi, balki xalqaro miqyosdagi nufuzi yuksalishiga sabab bo‘lmoqda. Anjumanda O‘zbekiston brendini to‘liq shakllantirish, chet ellik investorlar uchun jozibali va qulay ishbilarmonlik muhitini yaratish, shu jumladan, O‘zbekistonning yangi brendini ommalashtirish uchun mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilayotgan Harakatlar strategiyasi asosida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha muhokama qilindi. Mazkur yo‘nalishda nufuzli xalqaro institutlarning munosabati va indeksi muhim rol o‘ynashi ko‘rsatib o‘tildi. O‘zbekiston tashqi va ichki siyosatining asosiy jihatlarini, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy islohotlar natijalarini aks ettiruvchi xolis va ishonchli axborotni jahon hamjamiyatiga etkazish, shuningdek, xorijda mamlakatimizning investitsiyaviy, turistik, madaniy-tarixiy jozibadorligini oshirish bilan bog‘liq ishlarni yanada faollashtirish zarurligi qayd etildi. O‘zbekistonning milliy brendini shakllantirishga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi omillarni bartaraf qilish, O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyat orasidagi nufuzini oshirish borasidagi ishlarni muvofiqlashtirish bo‘yicha alohida idoralararo ishchi guruh tashkil etish hamda milliy brendni ilgari surish bo‘yicha xalqaro ekspertlarni jalb qilishga qaratilgan taklif va tavsiyalar ishlab chiqildi. Download 0.84 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling