Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turizm va mehmonxona xo


-Mavzu: Xalqaro bozorda milliy turizm mahsuloti va brendini reklama qilish


Download 0.84 Mb.
bet31/33
Sana06.04.2023
Hajmi0.84 Mb.
#1332051
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33
Bog'liq
Urganch davlat universiteti turizm va iqtisodiyot fakulteti turi

12-Mavzu: Xalqaro bozorda milliy turizm mahsuloti va brendini reklama qilish

  1. Xalqaro bozorga milliy turizm mahsulotini tayyorlash va yo‘naltirish.

  2. Mahsulotni jahon standartlariga moslashtirish.

  3. O‘zbekistonning hozirgi milliy turizm mahsuloti xalqaro bozorda yagona “Buyuk ipak yuli” nomi bilan taklif qilinishi.

Turoperatorlik yo‘nalishidagi deyarli barcha firmalar, albatta, reklama orqali o‘z mahsulotlari haqida iste’molchilarga xabar berish bilan shug‘ullanishadi. Bu turistik mahsulot harakatining zarur elementlaridan biridir.


Reklama - bu turmahsulot va iste’molchi orasidagi bilvosita aloqa shaklidir. Reklamada ommaviy aloqa vositalaridan, ayniqsa, katalog, broshura, afisha kabi nashr materiallaridan foydalaniladi. Reklama maqsadi - diqqatni jalb etish, qiziqish uyg‘otish, iste’molchilarga ma’lumot yetkazish va uni ma’lum tartibda harakat qilishga majbur qilish (masalan, turagent bilan bog‘lanish, qo‘shimcha ma’lumotlar so‘rab olish va hokazo). Turmahsulot ishlab chiqish - bu hali hammasi yetarli degani emas, u o‘z mijozini topishligi asosiysidir. Bunda rang-barang bo‘lgan reklama katta rol o‘ynaydi.
Turizm industriyasida reklamaning ajralib turadigan tomoni uning mahsuloti xususiyati bilan aniqlanadi va quyidagicha mazmun kasb etadi:
turistik reklama, uning yordamida olg‘a surilayotgan axborotlar to‘g‘riligi va aniqligi uchun katta mas’uliyatga ega;
• an’anaviy mahsulotlardan farqli ravishda doimiy sifat, ta’m, foydalilikka ega bo‘lmagan xizmatlar reklamasi, ma’lumot yetkazish va targ‘ibot kabi vazifalarning rivojlanishiga muhtojdir;
turistik xizmatlar xususiyatlari turistlar qiziqadigan ob’ektlarni nisbatan to‘laroq aks ettiradigan ko‘rsatma vositalaridan foydalanish zaruriyatini ko‘zda tutadi, shuning uchun bu yerda, ko‘pincha, fotomateriallar, suratlar, chiroyli izoh mahsulotlaridan foydalaniladi;
• reklama turizmning doimiy yo‘ldoshi hisoblanadi va odamlarga nafaqat sayohatgacha, balki sayohat davrida va undan keyin ham xizmat qiladi. Bu unga alohida mas’uliyat yuklaydi va boshqa mahsulot va xizmatlarga xos bo‘lmagan xususiyatlarni beradi.
Turizmda reklamaning tipik maqsadlari quyidagilardir:

Download 0.84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   33




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling