Xulosa:___________________________________________________________
__________________________________________________________________
__________________________________________________________________
_____________________________________________________________
Nazorat savollari:
To‘ldiruvchilarning o‘rtacha namunasi deganda nimani tushunasiz?
To‘ldiruvchilarning o‘rtacha namuna olishda qancha hajmda to‘ldiruvchi ajratiladi?
Kvartallash usulining mohiyatini tushuntirib bering
2-LABORATORIYa ISHI
G’ovak to‘ldiruvchining namligini aniqlash
G’ovak to‘ldiruvchilarning namligini oshishi bilan ularning xossalari keskin o‘zgaradi: issiqlik o‘tkazuvchanligi va o‘rtacha zichligi,ba’zi materiallarning (masalan, yog’ochning) esa hajmi ham ortadi, mustahkamligi kamayadi.
Ishning maqsadi: Talabalarda to‘ldiruvchilar namligini O‘zRST 721-96 “Namlikni aniqlash usuli” bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
Ishlatiladigan asbob-uskunalar:
tarozi, quritish javoni, 1 va 2l. idishlar, eksikator, kurakcha.
Ish tartibi:
Sinaladigan to‘ldiruvchi namunalari 2-3 litr hajmdagi ikki qismga (fraktsiyaning hajmiga qarab) ajratiladi.To‘ldiruvchining har bir qismi darhol oldindan tortilgan idishga solinadi va idish bilan birga tortiladi, so‘ngra turg’un massagacha1050S haroratda quritiladi va yana tortiladi. To‘kma zichligi bo‘yicha markasi 250 va undan kichik to‘ldiruvchilar quritishdan keyin xona haroratigacha eksikatorda sovutiladi.
To‘ldiruvchining massa bo‘yicha namligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
Bu yerda: m1 – to‘ldiruvchi namunasining tabiiy nam holatdagi massasi, g
m2 - to‘ldiruvchi namunasining quruq holatdagi massasi, g.
Do'stlaringiz bilan baham: |