Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш


-rasm. Betonga ishlatiladigan g’ovak mayda to‘ldiruvchining mayda-yiriklik grafigi


Download 357.45 Kb.
bet8/14
Sana07.11.2023
Hajmi357.45 Kb.
#1754040
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
Bog'liq
БЕТОН ТЎЛ. ЛАБОРАТОРИЯ (Лотин),

4.1-rasm. Betonga ishlatiladigan g’ovak mayda to‘ldiruvchining mayda-yiriklik grafigi.
Agar qum donadorligining egri chizig’i shtrixlangan maydon chegarasida joylashsa, mayda to‘ldiruvchi beton tayyorlash uchun yaroqli hisoblanadi.
Yirik g’ovak to‘ldirgichning donadorligi 10 kg massali o‘rtacha namunani ko‘zlarining o‘lchami 70,40, 20, 10 va 5 mm li standart g’alvirlarda elab, keyin har bir g’alvirda qolgan qoldiqlarni tortib aniqlanadi. So‘ngra alohida va to‘la qoldiqlar foizlarda hisoblab topiladi va to‘ldirgich donalarining katta – kichikligi aniqlanadi hamda Deng kat va Deng kich deb belgilanadi.



4.2-rasm. Yengil betonga ishlatiladigan yirik g’ovak to‘ldirgich
donalarining mayda- yirikligini aniqlash grafigi
Donalarning eng yirigi uchun to‘la qoldiq 5% dan ortmaydigan eng ustki g’alvir ko‘zlarining o‘lchami, eng kichik yirik dona uchun esa eng pastki g’alvir ko‘zlarining o‘lchami (unda to‘la qoldiq kamida 95% ni tashkil qiladi) qabul qilinadi. Bundan tashqari 0,5 (Deng kich + Deng kat) va 1,25 D eng kat ning qiymatlari hisoblab topiladi.
Yirik to‘ldirgichning dona tarkibini baholash uchun elash natijalari egri chizig’i chiziladi (4.2- rasm).
Agar uni dona tarkibining egri chizig’i shtrixlangan yuzada joylashsa, yirik to‘ldirgich beton tayyorlash uchun yaroqli deb topiladi.
Ishning maqsadi: Talabalarda g’ovak to‘ldiruvchining donadorligi va ularning
beton tayyorlash uchun yaroqligini aniqlash ko‘nikmalarini shakllantish.
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: standart nazorat elaklar to‘plami, elektron tarozi
Ish tartibi: G’ovak to‘ldiruvchining donadorlik tarkibini aniqlashda, mayda to‘ldiruvchilar–0,14; 0,315; 0,63; 1,25; 2,5; mm elaklardan o‘tkaziladi, yirik to‘ldiruv-chilar esa 5; 10; 20; 40 mm elaklarda o‘tkazib topiladi.
Elash katta o‘lchamdagi elakdan o‘tkazish bilan boshlanadi. Har elakda qolgan to‘ldi-ruvchi qoldig’i 1 g aniqlikkacha tortiladi. Agar olingan namuna o‘lchami elakda qolgan qoldiqlar yig’indisidan 2% farq qilsa, elakdan o‘tkazish takrorlanadi. Donadorlik tarkibi natijalari yordamida qumning Davlat andozalari yordamida yiriklik modulini aniqlash mumkin.
G’ovak to‘ldiruvchining donadorlik tarkibini aniqlashda 1 kg namuna to‘ldiruvchi olinadi va nazorat elaklardan o‘tkaziladi va elaklarda qolgan mahalliy (ai), to‘la qoldiq (Ai ) lar va yiriklik moduli ( Mk) ni quyidagi formulalardan aniqlanadi:
ai = , %
Ai = a0,14 + ∙∙∙∙ + a2,5 , %
My = (A2,5 + A1,25 +A 0,63 + A0,315+ A0,14) / 100
Bu yerda: m – sinash uchun olingan namunaning umumiy massasi;
mi – i o‘lchamli elakda qolgan qoldiq, gr.
Bundan tashqari yirik to‘ldiruvchilar Deng kat va Deng kich hamda 0,5 (Deng kich + Deng kat) va 1,25 D eng kat ning qiymatlari hisoblab topiladi.



Download 357.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling