To‘ldiruvchilar yirikligi bo‘yicha o‘lchov idishlarining standart
bo‘yicha o‘lchamlari
To‘ldiruvchi dona-larining eng katta yirikligi, (mm)
|
O‘lchov idishiningsig’imi,(l)
|
O‘lchov idishining ichki o‘lchamlari, mm
|
Diametri
|
Balandligi
|
5 va undan kam
10
20
40
|
1
2
5
10
|
108
137
185
234
|
108,5
136,5
186,5
233,8
|
Standart bo‘yicha shag’al va chaqiq tosh uchun yirikligidan kelib chiqib 2-50 l sig’imli o‘lchov idishlar, qum uchun 1litrli o‘lchov idishi ishlatiladi.
G’ovak to‘ldiruvchilarning markasi ularning mos uyma zichligi bo‘yiga
o‘rnatiladi. To‘ldiruvchilarning uyma zichligini aniqlash to‘ldiruvchilar
massa ulushini xisoblashga (agar hajmi ma’lum bo‘lsa), korxona tarkibidagi
omborlari sig’imini, bunkerlar sig’imini, beton tarkibini xisoblashda,
to‘ldiruvchilarni betonda to‘g’ri taqsimlashda zarurdir.
Ishning maqsadi: Talabalarda to‘ldiruvchilar uyilma zichligini aniqlash bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar hosil qilish
Ishlatiladigan asbob-uskunalar: tarozi, quritish javoni, 1 va 2l. idishlar, eksikator, kurakcha.
Ish tartibi: To‘ldiruvchining uyilma hajmiy massasini aniqlash uchun domiy massagacha quri-tilgan zichlanmagan holatdagi to‘ldiruvchi namunasi o‘lchov tsilindr idishga erkin to‘kiladi, so‘ngra tsilindr ustida hosil bo‘lgan konus metall chizg’ich yordamida olib tashlanadi, so‘ngra idish va to‘ldiruvning birgalikdagi massasi aniqlanadi. To‘ldiruvchini zichlangan holdagi uyilma hajmiy og’irligini aniqlashda o‘lchov idishi uch bosqichda to‘ldiriladi. Har bir jarayonda o‘lchov tsilindr idishi mate-rialning 1/3 massasigacha solinadi, so‘ngra 25 marta diametri 15,9 mm bo‘lgan aylanali sterjn yordamida zichlanadi. To‘ldiruvchilarning ortiqchasi metall chizg’ich yordamida olib tashlanadi.
Uyma zichlik quyidagi formula bo‘yicha xisoblanadi:
Bu yerda : m1- o‘lchov idishining massasi, kg
m2- o‘lchov idishining to‘ldiruvchi bilan birgalikda massasi, kg
V- o‘lchov idishining hajmi, m³
Do'stlaringiz bilan baham: |