Қурилиш материаллари, буюмлари ва конструкцияларини ишлаб чиқариш


Download 357.45 Kb.
bet2/14
Sana07.11.2023
Hajmi357.45 Kb.
#1754040
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
БЕТОН ТЎЛ. ЛАБОРАТОРИЯ (Лотин),

Tuzuvchilar: dots.M.A.Mirzajonov.
assistent U.M.Abdullaev
Taqrizchi; dots. A.R.Yusupov



MUNDARIJA

So‘z boshi

7

1-laboratoriya mashg’ulot

Sinov uchun o‘rtacha namunani tanlash

8

2-laboratoriya mashg’ulot

G’ovak to‘ldiruvchining namligini aniqlash

9

3-laboratoriya mashg’ulot

G’ovak to‘ldiruvchini uyilma zichligini aniqlash

10

4-laboratoriya mashg’ulot

G’ovak to‘ldiruvchining donadorlik tarkibini aniqlash

11

5-laboratoriya mashg’ulot

G’ovak to‘ldiruvchining suvshimuvchanligi aniqlash

14

6-laboratoriya mashg’ulot

G’ovak to‘ldiruvchi donalarining o‘lchami koeffitsientini
aniqlash

16

7-laboratoriya mashg’ulot

G’ovak to‘ldiruvchining donalari orasidagi bo‘shliqni aniqlash

17

8-laboratoriya mashg’ulot

Yirik to‘ldiruvchi donalarining g’ovakligini aniqlash

19

9-laboratoriya mashg’ulot

G’ovak to‘ldiruvchi maydalangan donalar miqdorini aniqlash

20

Tavsiya etilgan adabiyotlar ro‘yxati

21


S o‘ z b o sh i
Respublikamiz kapital qurilishining jadal rivojlantirishni eng muxim sharti qurilish ashyolarining sifatini oshirish, ulardan unumli foydalanish va xossalarini yaxshilashdan iborat. Qurilishga keltirilgan turli-tuman qurilish ashyolari va buyumlarini laboratoriyada sinovdan o‘tkazmay turib ularning samarali ishlatilishiga erishib bo‘lmaydi.
Quruvchi-muxandis qurilishining raxbari va qurilish ishlarining tashkilotchisi hisoblanadi. SHuning uchun u hamma nomdagi beton to‘ldirgichlarning xossalari va samarali ishlatilishi soxalarini, shuningdek ularni laboratoriyada Davlat standartlarida ko‘zda tutilgan talablarga muvofiq sinash usullarini bilishi zarur.
«Beton to‘ldirgichlar texnologiyasi» faniga oid o‘quv dasturida beton to‘ldirgichlarni xossalari va ishlatilish soxalarini o‘rganish bilan birga, talabalarning laboratoriyalarda amaliy mashg’ulotlar bilan shug’ullanishi xam ko‘zda tutilgan. Laboratoriya ishlaridan asosiy maqsad – talabalarning nazariy darslarda mazkur fandan olgan bilimlarini chuqurlashtirish, kengaytirish va mustahkamlashdir. Laboratoriya mashg’ulotlarida talabalar beton to‘ldirgichlarning xossalari hamda ularni laboratoriyada sinash usullari, bu vaqtda qo‘llaniladigan asboblar, moslamalar, mashinalar bilan,shuningdek, ashyolar sifatiga qo‘yiladigan standartlar talablari bilan tanishadilar.
Talabalar laboratoriya ishlarini bajarish vaqtlarida sinash natijalarini laboratoriya ishlari daftariga yozib berishlari kerak. Jadvallarning tegishli ustunlarida sinash natijalariga bog’liq hisoblash ishlari yoritilishi, shuningdek, sinash vaqtida foydalanilgan asbob-uskunalarning rasmlari daftarga sxema tarzida chizilishi lozim. Har bir ish nixoyasiga yetgandan so‘ng daftarga sinovdan o‘tgan ashyoning sifati standartdagi talablarga mos kelish-kelmasligi to‘g’risida xulosa yozib qo‘yilishi kerak.
Mazkur qo‘llanma «Ishlab chiqarishda boshqaruv» fakulьtetining 5340500 – Qurilish materiallari, buyumlari va konstruktsiyalarini ishlab chiqarish yo‘nalishi bo‘yicha o‘qiyotgan talabalarga mo‘ljallanilgan bo‘lib, u Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan « Beton to‘ldirgichlar texnologiyasi» fani uchun ishlab chiqilgan namunaviy dastur va institut rektorati tasdiqlagan ishchi dastur asosida yozildi.


Download 357.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling