Yer ishlari. Gruntlar va ularning texnologik xossalari. Tayyorgarlik va yordamchi
jarayonlar: Gruntlarning yer ishlarini bajarishda e’tiborga olinadigan asosiy xossalari:
zichlik, namlik, bog’lanuvchanlik, yumshaluvchanlik va tabiiy qiyalik burchagi.
Tayyorgarlik va yordamchi jarayonlar: maydonni tozalash, yer inshooti o’rnini aniqlash,
grunt suvlari satxini pasaytirish, yuza suvlarini qochirish, o’yilma devorlarini
vaqtinchalik maxkamlash, gruntlarni sun’iy qotirish va zich gruntlarni yumshatish.Er
ishlari xajmini xisoblash: Xandak xajmini xisoblash formulalari. Zovur xajmini
xisoblash. Zovur xajmini Murzo va Vinkler formulalari yordamida xisoblash.
Maydonni tekislashda yer ishlari xajmini xisoblash; xisoblashning to’rt qirrali va uch
qirrali prizmalar uslubi. Gruntning o’rtacha surilish masofasini aniqlash. Gruntlarni
mexanizatsiyalashgan usulda ishlash: Gruntlarni bir cho’michli ekskavatorlar bilan
ishlash To’g’ri kurakli ekskavator, teskari kurakli ekskavator va draglaynning gruntni
qazish sxemalari. Gruntlarni ko’p cho’michli ekskavatorlar bilan ishlash; zanjirli va
rotorli ekskavatorlar. Gruntlarni skreperlar bilan ishlash; skreperlarning xarakat
sxemalari. Gruntlarni bulьdozerlar va greyderlar bilan ishlash; ularning ish sxemalari.
Gruntlarni yopiq usulda va gidromexanik usulda ishlash: Gruntlarni ishlashning yopiq
usullari: urib kiritish, bosib kiritish, gorizontal burg’ilash, siqilgan xavo yordamida
qazib o’tish, to’siqli qazib o’tish. Gruntlarni ishlashning gidromexanik usullari:
quruqlikdagi gruntlarni gidromonitor qurilmalari yordamida ishlash; suv ostidagi
gruntlarni so’ruvchi snaryadlar yordamida ishlash. yer ishlarini bajarishda xavfsizlik
texnikasi.
Ustun-qoziq ishlari. Tayyor ustun-qoziqlarni gruntga kiritish uslublari: Ustun-qoziq
ishlari xaqida umumiy ma’lumotlar. Zarbaviy uslub. Titratish va titratib urish uslubi.
Bosib kiritish. Titratib bosib kiritish va burab kiritish usullari. Ustun-qoziqlarni suv
yordamida va elektroosmosdan foydalanib gruntga kiritish. Ustun-qoziqlarni gruntga
kiritish tartibi. To’ldiriladigan ustun-qoziqlarni xosil qilish uslublari: Burg’ilab
to’ldiriladigan beton va temir-beton ustun-qoziqlarni xosil qilish: skvajina devorlarini
maxkamlamasdan (quruq usul), skvajina devorlari nuramasligi uchun loyli qorishma
ishlatish usuli, skvajina devorlarini quvurlar bilan maxkamlash usuli. Siqilgan xavo
yordamida xosil qilinadigan ustun-qoziqlar. Titratib zichlanadigan ustun-qoziqlar.
Ustun-qoziq ishlarida xavfsizlik texnikasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |