Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining jamoatchilik kengashi oldida bajaradigan ishlari
Download 0.57 Mb.
|
5-bob (Восстановлен)
5.3.8. Maktabgacha ta’lim tashkiloti direktorining jamoatchilik kengashi oldida bajaradigan ishlari
O‘zbekiston Respublikasining “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 50-moddasida “Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi” haqida ham bir qancha ma’lumotlar berilgan29. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida bolani tarbiyalash, rivojlantirish va unga ta’lim berishga ko‘maklashish maqsadida kuzatuv kengashi tashkil etilib, uning tarkibi ushbu tashkilotga boradigan bolalarning qonuniy vakillari, o‘z xodimlari, shuningdek nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda fuqarolik jamiyati boshqa institutlarining vakillari orasidan shakllantiriladi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi: davlat maktabgacha ta’lim tashkilotini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlarini belgilaydi; O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligiga kelishib olishga kiritish uchun tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limi tomonidan tavsiya etilgan nomzodlar orasidan davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarini belgilaydi, shuningdek uni egallab turgan lavozimidan ozod etish yuzasidan takliflar kiritadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining ushbu tashkilot faoliyatini takomillashtirish yuzasidan ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, moliya-xo‘jalik holati, daromadlar va xarajatlar, budjet mablag‘laridan, budjetdan tashqari, homiylik va boshqa mablag‘lardan foydalanish to‘g‘risidagi hisobotlarini eshitadi; davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining va boshqa xodimlarining faoliyatiga taalluqli ijtimoiy so‘rovlar o‘tkazadi; tuman (shahar) maktabgacha ta’lim bo‘limlariga davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarini va boshqa xodimlarini rag‘batlantirish to‘g‘risida takliflar kiritadi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining kuzatuv kengashi qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin. Davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti kuzatuv kengashining faoliyatini tashkil etish tartibi O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi tomonidan belgilanadi. Ota onalarning umumiy majlisi maktabgacha ta’lim tashkilotlari hamma tarbiyalanuvchilarining ota - onalari uchun yiliga ikki marta o‘tkaziladi. Ularni maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari, shifokor, tarbiyachilar ishtirokida tashkil etiladi. Umumiy majlislarda ta’lim - tarbiyaviy ishning yakunlari muhokama qilinadi. Birinchi umumiy yig‘ilish o‘quv yili boshida o‘tkazilib, unda mudira ota - onalarni maktabgacha ta’lim tashkilotining yillik ish rejasi bilan tanishtiradi. Rejaning oila bilan bog‘liq qismiga aniq to‘xtalib o‘tish lozim. Ikkinchi umumiy yig‘ilish o‘quv yili oxirida o‘tkaziladi. Bunda maktabgacha ta’lim tashkilotining o‘tgan yildagi ish yakunlari haqida ma’lumot beriladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotida tarbiyalanuvchilarning yashash sharoitlarni yaxshilashda ota - onalarning qo‘shgan hissalari ta’kidlab o‘tiladi. Umumiy majlislarda bolalar muassasasi jamoasi qanchalik katta va murakkab ishni bajarishni va bu ishda qanday yordam berish kerakligini ishonchli tarzda ko‘rsatish kerak. Majlislarda pedagog ma’ruzasining hajmi 20-25 minutga mo‘ljallanadi. Ota - onalar bilan MTTi xodimlarini birgalikdagi faoliyatini tashkil etish va uning mazmuni MTT dagi sharoitlarga bog‘liqdir. Birgalikdagi faoliyat kerakli darajada amalga oshiriladigan joyda o‘zaro yordam, bir -birini tushunish, topshirilgan ishga javobgarlik holati vujudga keladi.Ota–onalar MTT maydonini ko‘kalamzorlashtirish, xonalarni qish mavsumiga tayorlash, sog‘lomlashtirish ishlarini o‘tkazishda yordam ko‘rsatishlari, bolalarga bayram kostyumlari tayyorlashda, bolalarni sayyohatga kuzatib borishda ishtirok etishlari mumkin. Agar ota - onalar orasida fotosuratchilar, tikuvchilar, rassomlar bor bo‘lsa, ular MTT ga bevosita yordam ko‘rsatishlari kerak.Ochiq eshiklar kuni ota - onalar bilan ishlashning samarali shaklidir. Ochiq eshiklar kuni jamoaning o‘z kalendar yillik rejasi bo‘yicha har bir yosh guruhning ma’lum rejimi bo‘yicha odatdagi mehnat kunidir. Sunday kunlarni yiliga 1 - 2 marta o‘tkazish tavsiya qilinadi. Ochiq eshiklar kunini o‘tkazish zarur. Ya’ni ota - onalarga bolalarni jismoniy chiniqtirish, ovqatlantirish, mashg‘ulotning borishi sayr haqida ko‘pgina narsalarni ko‘rish imkoniyatiga ega ekanliklari haqida ma’lum qilinadi. Ota - onalarga esa quyidagilar eslatiladi: bolalar bilan oddiy mu nosabatda bo‘lish, ularning faoliyatida imkon boricha ishtirok etish, tarbiyachiga xalaqit bermaslik, farzandiga tanbeh bermaslik (mashg‘ulotlar o‘tkazilayotganda). Ochiq eshiklar kunini o‘tkazishga tayyorlana yotganda fotosuratchini taklif etish, keyinchalik esa “Ota - onalar bizning mehmonimiz”, “Bizda ochiq eshiklar kuni” mavzusida foto ko‘rgazma tashkil etish mumkin. Bu ochiq eshiklar kunida qatnasha olmagan ota - onalarda qiziqish uyg‘otadi. Qo‘mita ishini maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbari boshqarib boradi. Uning majlislari kamida ikki oyda bir marta o‘tkazilishi kerak. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling