Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar
Download 0.57 Mb.
|
5-bob (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- MTTlarida ota-onalar bilan umumiy majlislar yiliga necha marta bo‘ladi
- Majlislarda pedagog ma’ruzasining hajmi necha minutga mo‘ljallanadi
- Foydalanilgan adabiyotlar
- Elektron ta’lim resurslari
Mavzuni mustahkamlash uchun savollar:
Maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarining oylik ish rejasi qanday shakllantiriladi? MTT rahbari ta’lim - tarbiyaviy va pedagogik jarayonlarni kuzatishni qanday amalga oshiradi? Dastur talablarining bajarilishiga qaday rahbarlik qiladi? Rivojlantiruvchi muhitni rahbar qanday o‘rgananadi? Maktabgacha ta’lida ota-onalar bilan qanday ishlar olib boradi? Mavzu yuzasidan test savollari: 1. MTTda ota-onalar bilan ishlash bo‘yicha tuzilgan yillik reja qaerda pedagogik kengashda muhokama qilinadi? Pedagogik kengashda Jamoatchilik kengashida Ota-onalarning yig‘ilishida Umumiy ota-onalar yig‘ilishida 2. Maktabgacha ta’lim tashkiloti tomonidan bolani oilasiga borishi kamida yiliga necha marotaba tashkil etildi? 2 marta 3 marta 4 marta 1 marta MTTlarida ota-onalar bilan umumiy majlislar yiliga necha marta bo‘ladi? 3 marta 1 marta 4 marta 2 marta MTT ota - onalar qo‘mitasi umumiy majlisida qancha muddatga saylanadi? Bir yil Ikki yil Uch yil Olti oyga Majlislarda pedagog ma’ruzasining hajmi necha minutga mo‘ljallanadi? 30-35 20-25 25-30 40-45 Mavzu yuzasidan topshiriq.Mavzu asosida quyida berilgan jadvalni to‘ldiring:
Foydalanilgan adabiyotlar Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida QONUN-595-son T.:-2019 y. «Давлат мактабгача таьлим ташкилотлари педагогларининг иш ҳужжатларини тасдиқлаш тўғрисида” Т. : 2019 й. МТВ 155-сон буйруғи Qodirova F.R., Toshpo‘latova Sh.Q.,Kayumova N.M., A’zamova M.N. Maktabgacha pedagogika T.: 2019 y. Maktabgacha ta'lim tashkiloti rahbarining ish jurnali.T MTV 2019 yil. Sh.A.Sodiqova “Maktabgacha pedagogika”. “Tafakkur sarchashmalari” T:. 2013 уil N.M.Kayumova “Maktabgacha pedagogika”. “TDPU” nashriyoti T:. 2013 yil. Maktabgacha ta’lim tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida 391-son qaror: T.: 2019 yil. Maktabgacha ta’lim tashkiloti faoliyatini tekshirish tartibi to‘g‘risida 352-son qaror: T.: 2019 yil. Elektron ta’lim resurslari www. tdpu. uz www. pedagog. uz www. ziyonet.uz 6.1.MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI USLUBCHISINING METODIK ISHLARGA RAHBARLIGI “Maktabgacha ta’lim to‘g‘risida”gi Nizomda ham maktabgacha ta’lim tashkilotlarini boshqarish va kadrlar tayyorlash ishlarini amalga oshirish, boshqaruvchining huquq hamda kafolatlari belgilab berilgan. Maktabgacha ta’lim tashkiloti nizomida uslubchining huquq va vazifalari aniq belgilab berilgan. U ta’lim - tarbiya uslublarini mukammal egallagan, siyosiy ongi, dunyoqarashi keng, yuksak ma’naviy fazilatlar sohibi, tadbirkor, kamida bitta xorijiy tilni biladigan pedagoglar orasidan tayinlanadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchi zimmasiga quyidagi vazifalar yuklatiladi: tashkilotdagi ta’lim - tarbiya ishlariga metodik rahbarlikni amalga oshiradi; “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturining bajarilishini ta’minlaydi va nazorat etadi, ta’lim - tarbiya ishlarining to‘g‘ri tashkil etilishi uchun javob beradi; shtor pedagogik tajribani o‘rganish, umumlashtirish va ommalashtirishga mas’uldir; Pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; tashkilotdagi metodik kabinetning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqdarni tanlaydi; ota - onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib etish, turli guruh tarbiyachilari, shuningdek, maktabgacha ta’lim tashkiloti va umumta’lim maktablari o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarda uzviylikni ta’minlashga yunalti- rilgan ishlarni tashkil etadi. Uslubchi hamkasblarining hurmatini qozonish va ularga o‘z vazifalarini muvaffaqiyatli bajarishlarida yordam berish uchun muayyan rahbarlik salohiyatiga ham ega bo‘lishi lozim. U nafaqat puxta nazariy tayyorgarlikka, balki bilim va tajribalarini amalda qo‘llash ko‘nikmasiga ham ega bo‘lishi zarur. Tajribali uslubchi tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondashish g‘oyalarini umumlashtira bilishi, aniq, masadni kuzlab faoliyat yuritishi, har bir tarbiyachining imkoniyat va qobiliyatlarini e’tiborga olishi bilan ajralib turadi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti uslubchisining ta’lim - tarbiya yo‘nalishidagi faoliyatining samaradorligi, uning obru - e’tibori ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasi, eng avvalo, tashkilot rahbariyatining jipsligi, uyushoqoqligi va bir yoqadan bosh chiqarib faoliyat yuritishiga bog‘liqdir. Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim - tarbiya ishlarini talab darajasida amalga oshirish, tarbiyachilarda mehnat intizomiga qat’iy amal qilish ko‘nikmasini, bir - birining kamchiliklariga tanqidiy munosabatni shakllantirish, mehnat va ijodiy faolligini oshirish orqali ish samaradorligini ko‘tarish; qabul qilingan qarorlarning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishini ta’minlash uslubchidan yuksak bilim va malaka, tarbiyachilar bilan ularning ruhiyatini inobatga olgan holda ishlash salohiyati, katta tajriba hamda ko‘plab ma’naviy fazilatlar sohibi bo‘lishni talab etadi. Shuning uchun ishini endi boshlayotgan har bir yosh mutaxassis yordam va maslahatga muhtojligini e’tiborga olib, uni yetarli bilim va tajribaga ega murabbiyga biriktirish maqsadga muvofiqdir. Yosh mutaxassisning kasb mahoratini egallab olishi, jamoada obru - e’tibor qozonishi oson kechmaydi. Shuning uchun ham uslubchining asosiy vazifalaridan biri - yosh mutaxassisning yetuk tarbiyachi - pedagoglarning ilg‘or ish tajribasi va usullarini egallash, o‘z ustida tinimsiz ishlab, bilim doirasini kengaytirib borish va ularni ta’lim - tarbiya jarayoniga joriy etish borasidagi intilishlarini har jihatdan qullab - quvvatlash, zarur hollarda amaliy yordam va maslahat berishdan iborat. Tajribali uslubchining tashabbuskorligi va ishga ijodiy yondoshishi: g‘oyalarini umumlashtira bilish, maqsadga muvofiq ishlash, har bir tarbiyachining imkoniyat va mohoratlarini hisobga olishga qarab farqlanadi. Uslubchi talablarni qo‘yishda talabchan va qat’iy bo‘lishi kerak. Rahbarning o‘ziga bo‘ysinuvchilar bilan muloqotining emotsional - irodaviy tomonini ifodalovchi bu sifatlar rahbarlik uslubining muhim xislati - talabchanlikni hosil qiladi. Yuksak talabchanlikni sezgirlik, hayrixohlik, odamlarga hurmat bilan birga qo‘shib olib borish zarur. Talabchanlik - bu qattiqqo‘llik degan gap emas. Buyruqlar, qattiq tanbehlar, hayfsanlarning foydasidan ko‘ra zarari ko‘proq va bu odatda rahbarning kuchliligidan emas, balki zaifligidan dalolat beradi. Maktabgacha ta’lim tashkiloti ta’lim - tarbiyaviy faoliyatining samaradorligi, uning obro‘si ko‘p jihatdan pedagoglar jamoasining jipslashganligiga, eng avvalo butun maktabgacha ta’lim tashkiloti rahbarlarning birgalikda, hamjihatlikda va o‘zaro bir-birlarini tushunishlariga bog‘liq bo‘ladi. Tarbiyachilarning aniq intizomi va ishda uyushqoqligini ta’minlash; jamoada jamoatchilik fikrini, tarbiyachilarning bir - birlarining kamchiliklariga tanqidiy munosabatini shakllantirish, mehnatdagi faolligi va ijodiy ishlash ehtiyojini rag‘batlantirish; qabul qilingan qarorlar yechimini ta’minlash kabi sotsial -psixologik masalalarni hal qilish uslubchi uchun birmuncha murakkablik qiladi. Uslubchi maktabgacha bolalar tashkilotidagi ta’lim - tarbiyaviy ishga metodik rahbarlikni amalga oshiradi. “Ilk qadam” Davlat o‘quv dasturining bajarilishini ta’minlaydi va nazorat qiladi, ta’lim - tarbiyaviy ishning to‘g‘ri uyushtirilishi uchun javobgar; ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganadi, umumlashtiradi va tarqatadi, pedagogik kengashda ko‘rib chiqish uchun zarur materiallarni tayyorlaydi; maktabgacha bolalar tashkilotidagi metodik xonaning ishini tashkil qiladi; bolalarning yoshlariga muvofiq pedagogik qo‘llanmalar va o‘yinchoqlarni tanlaydi. Ota-onalar o‘rtasida pedagogik bilimlarni targ‘ib qilish, turli yosh guruhlari tarbiyachilari, shuningdek maktabgacha bolalar tashkiloti va maktab ishida ketma-ketlilikni ta’minlash bo‘yicha ishni uyushtiradi. Uslubchi shuningdek pedagogik kengashni tashkil etadi va borish jarayonini kuzatib boradi. Uslubchining ish hujjatlari 04-indeks raqami bilan boshlanadi:
Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling