Ushbu Qonunning 51 moddasida esa Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotining rahbari
MTTning metodik ta’minoti va resurs bazasini boyitish
Download 0.57 Mb.
|
5-bob (Восстановлен)
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yuqorida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni uslubchi tomonidan amalga oshirishida asosiy o‘rinni egallaydi.
MTTning metodik ta’minoti va resurs bazasini boyitish
Yillik ish reja asosida olib borilgan tashkiliy va ta`lim-tarbiyaviy ishlar asosida to‘plangan materiallar: jamlangan yig‘ma jild; innovatsion ish ko‘rinishlariga oid ko‘rgazma; jihozlar, tarqatma materiallar; o‘quv yili davomida o‘tkazilgan ko‘rik-tanlov; ko‘rgazma, tadbirlardan to‘plangan materiallar, fotosuratlar. Axborot - kommunikativ texnologiyalar: televizor, DVD, kompyuter, multimedia, smartstol, interaktiv doska, planshet; o‘yin va o‘yinchoqlar; mebel; markazlar uchun jihozlar; musiqa, o‘yin va sport maydonchalari uchun jihozlar va boshqalar. Yuqorida ko‘rsatilgan barcha vazifalarni uslubchi tomonidan amalga oshirishida asosiy o‘rinni egallaydi. “Maktabgacha ta`lim va tarbiya to‘g‘risida” gi Qonunining 39 - moddasida “Maktabgacha ta’lim tashkilotlari pedagog xodnmlarining huquq va majburnyatlari” belgilab berilgan bo‘lib, uslubchi ham bevosita ana shu talablarga so‘zsiz amal qiladi.Bajarilishini nazorat qiladi. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari: kasbiy sha’ni, qadr - qimmati va ishchanlik obrusini himoya qilish; ijodiy tashabbus ko‘rsatish, ta’lim va tarbiya uslubiyotlarini, o‘quv qo‘llanmalari hamda ta’lim vositalarini erkin tanlash; maktabgacha ta’lim tashkilotini boshqarishda ishtirok egish; maktabgacha ta’lim tashkilotining ta’lim dasturlarini ishlab chiqishda ishtirok etish; pedagogik faoliyatidagi muvaffaqiyatlar uchun ma’naviy va moddiy rag‘batlantirilish; maktabgacha ta’lim va tarbiya sohasidagi ilmiy, innovatsion, xalqaro faoliyatda ishtirok etish huquqiga ega. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlarini o‘z kasbiy majburiyatlarini bajarishi bilan bog‘liq bo‘lmagan ish turlariga jalb etishga yo‘l qo‘yilmaydi, bundan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan hollar mustasno. Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari: bolalarga yuqori darajada ta’lim va tarbiya berishi; pedagogik etikaga rioya etishi; bolaning sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishi; bolalarni zo‘ravonlik ko‘rinishlaridan himoya qilishi; ularni vatanparvarlik, mehnatga, qonuniy vakillariga xurmat bilan va atrof-muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashi; maktabgacha ta’lim va tarbiyaning davlat ta’lim dasturini bajarishi; o‘z malakasini oshirishi; o‘z kasbiy ko‘nikmalarini va pedagogik mahoratini takomillashtirishi shart.
Maktabgacha ta’lim tashkilotlarining pedagog xodimlari zimmasida qonun hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlar ham bo‘lishi mumkin. Ta’lim - tarbiya jarayonidan siyosiy maqsadlarda yoki bolalarni qonun hujjatlariga zid bo‘lgan harakatlarni sodir etishga undash uchun foydalanish taqiqlanadi. Download 0.57 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling