Y/J
Indeksi
|
Yig‘ma jild nomi
|
Saqlanish muddati va modda nomlari
|
Izoh
|
04 – Maktabgacha ta`lim tashkiloti metodisti
|
04-01
|
Davlat talablari, o‘quv dasturlari va metodik qo‘llanmalar
|
Yangilar bilan almashtirilgandan so‘ng
27b-modda
|
|
04-02
|
Metodistning shaxsiy ish rejasi (Ish jurnali)
|
3 yil 124-modda
|
|
04-03
|
Maktabgacha ta’lim tashkilotida ta’lim sifati hamda pedagoglarning kasbiy malakasini oshirish bo‘yicha ish rejalari
|
3 yil 171-modda
|
|
04-04
|
Bolaning rivojlanish xaritasi yuritilishini nazorat qilish kitobi
|
3 yil 124-modda
|
|
6.1. 2. Uslubchining pedagogik jarayonda amalga oshiradigan ishlari
Pedagoglar uchun maslahatlar soati metodist tomonidan tashkil etilib, u mudira, metodist, psixolog, shifokor, musiqa rahbari, defektolog, ilg‘or pedagoglar tomonidan tashkil etiladi.
Maslahat soatlari oyda ikki marta (un besh kunda bir marta) har bir yo‘nalish bo‘yicha dolzarb mavzular asosida rejalashtiriladi.
Pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish
Pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish har bir guruhlar kesimida yilda 2 marta rejalashtiriladi. Bunda, markazlarda ishlash, umumiy guruh bo‘lib ishlash jarayonlarining tashkil etilishi kuzatiladi. Pedagogik ish staji 3 yil bo‘lmagan yosh mutaxassislar uchun pedagogik jarayonni jamoa bo‘lib kuzatish rejalashtirilmaydi.
Ko‘rik - tanlovlar va tadbirlar
Mazkur bandga ko‘rik - tanlovlar va ommaviy tadbirlar, bayram ertaliklari, ko‘ngil ochish soatlari, sport bayramlari va musobaqalari rejalari kiritiladi.
Yosh mutaxassislar bilan ishlash
Maktabgacha ta`lim tashkilotida yosh mutaxassislar soni 3 nafardan ko‘p bo‘lgan taqdirda yosh mutaxassislar bilan ishlash rejasi tuziladi. Ushbu rejada yosh mutaxassislar tajribali pedagoglarga biriktiriladi, maslahat soatlari belgilanadi.
Ilg‘or ish tajribani o‘rganish va ommalashtirish
Pedagogning ilg‘or ish tajribasi bir yil o‘rganiladi, bir yil keyin ya’ni ikkinchi yili ommalashtiriladi, uchinchi yili o‘rganilgan va ommalashtirilgan hujjatlar umumlashtirilib, tuman miqyosida ommalashtirishga tavsiya qilinadi. Ilg‘or ish tajribani o‘rganish - seminar yoki ishlab chiqarish yig‘ilishlarida, ommalashtirish pedagogik kengashda muhokama qilinadi (Maktabgacha ta`lim tashkiloti, tuman, viloyat va respublika miqyosida shu bosqichda amalga oshiriladi).
Do'stlaringiz bilan baham: |