Ushbu Qonunning maqsadi ta’lim sohasidagi munosabatlarni tartibga solishdan iborat


-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari


Download 366.54 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/38
Sana21.06.2023
Hajmi366.54 Kb.
#1638454
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38
Bog'liq
O‘RQ-637 23.09.2020

2-bob. Ta’lim tizimi, turlari va shakllari 
6-modda. Ta’lim tizimi 
Ta’lim tizimi: 
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablarini, o‘quv rejalari va o‘quv dasturlarini; 
davlat ta’lim standartlarini, davlat ta’lim talablari va o‘quv dasturlarini amalga oshiruvchi 
ta’lim tashkilotlarini
ta’lim sifatini baholashni amalga oshiruvchi tashkilotlarni; 
ta’lim tizimining faoliyat ko‘rsatishi va rivojlanishini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan 
tadqiqot ishlarini bajaruvchi ilmiy-pedagogik muassasalarni
ta’lim sohasidagi davlat boshqaruvi organlarini, shuningdek ularning tasarrufidagi 
tashkilotlarni o‘z ichiga oladi. 
Ta’lim tizimi yagona va uzluksizdir. 
7-modda. Ta’lim turlari 
Ta’lim turlari quyidagilardan iborat: 
maktabgacha ta’lim va tarbiya; 
umumiy o‘rta va o‘rta maxsus ta’lim; 
professional ta’lim; 
oliy ta’lim; 
oliy ta’limdan keyingi ta’lim; 
kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish
maktabdan tashqari ta’lim. 
8-modda. Maktabgacha ta’lim va tarbiya 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya bolalarni o‘qitish va tarbiyalashga, ularni intellektual, 
ma’naviy-axloqiy, etik, estetik va jismoniy jihatdan rivojlantirishga, shuningdek bolalarni umumiy 
o‘rta ta’limga tayyorlashga qaratilgan ta’lim turidir. 
Maktabgacha ta’lim va tarbiya olti yoshdan yetti yoshgacha bo‘lgan bolalarni boshlang‘ich 
ta’limga bir yillik majburiy tayyorlashni ham nazarda tutadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 30-sentabrdagi “O‘zbekiston 
Respublikasi maktabgacha ta’lim vazirligi faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi PQ-3305-sonli 
qarori

“Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5198-
sonli 
Farmoni
, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 5-apreldagi “Maktabgacha ta’lim tizimini 
yanada rag‘batlantirish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3651-sonli 
qarori

“Maktabgacha ta’lim tizimini boshqarishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3955-sonli 
qarori

Maktabgacha ta’lim va tarbiyani tashkil etish tartibi ushbu Qonun, shuningdek 
“Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi 
Qonuni
 bilan belgilanadi. 
 LexUZ sharhi 
Qarang: O‘zbekiston Respublikasi “Maktabgacha ta’lim va tarbiya to‘g‘risida”gi Qonunining 
9-
bobi




Download 366.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   38




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling