Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi


 Shart mayli orqali fe’l shakllarining ifodalanishi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet28/36
Sana23.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1388778
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36
Bog'liq
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi

3.3. Shart mayli orqali fe’l shakllarining ifodalanishi 
Shart mayli 4 shaklga ega: shart maylining oddiy shakli, murakkab 
tugallanmagan, murakkab tugallangan va murakkab davomli shakllar. 
Shart mayli shakllarining morfologik ko‘rsatkichi sodda notugal sifatdoshga 
teng. Fe’l bildirgan ish-harakat istalgan vaqt planiga – o‘tgan, hozirgi va kelasi 
zamonga mansub bo‘lishi mumkin. Bu mayl bildirgan ish-harakat noreal bo‘lib, u 
hech qachon amalga oshmaydi. Modal ma’nosiga ko‘ra, barcha shakllar bir xil ish-
harakatni bildiradi, ammo ish-harakatning kechishi turlicha bo‘ladi. Ish-harakatning 
qaysi zamonga taalluqli ekani esa ko‘ntekst yoki payt holidan anglashiladi. Shart 
maylining oddiy shakli sodda notugal sifatdoshga teng. U son va jinsda o‘zgaradi. 
Bu shakl quyidagi ma’nolarni anglatadi: 
1) Noreal ish-harakat. Shart maylining alohida xususiyati sifatida harakatning 
bajarilishiga qarshi noreallik ma’nosini ifodalashini misol qilib olish mumkin
163
.
وت ےتوہ ینیکم لیکو ای رٹکلک یٹپڈ ےک یلہد مت انایحا رگا .ےہ یتآ یسنہ یھبک یھبک رپ ںوتاب یراھمت
.
164
یتڑپ لکشم یڑب وک ھجم 
Ba’zida sening gapingga kulgim keladi. Agar sen Dehlining soliq yig‘uvchisi yoki 
kompaniya advokati bo‘lganingda menga juda qiyin bo‘lardi. 
2) Taxminni ifodalovchi shakli: 
ےای وج ےراھمت ہو هک اگۓاج ساپ ےک نا روا اگےئجیک ہن یلہاک پآ وت ںیئاج آ روپ ترھب بحاص وباب
.
165
ےہ رادید 
163
В.П. Липеровский. Категория наклонения в современном литературном хинди. – M.: Наука, 1964. – 159 c. 
164
.ص ١١٣ – .١٨٨٤ ،گرام بلاغ ناویا ،ٹویٹیٹسنا بلاغ :۔یلد یئن – .لوادلج.طوطخ ےک بلاغ .مجنا قیلخ 
165
O‘sha asar. – 260 b. 


66 
Babu Sohib Bharatpurga kelsalar, siz ishyoqmaslik qilmay uning oldiga borasiz
chunki u sizni qidirib yuribdi. 
3) Armon hissini ifodalashga qaratilgan misollar: 
.
166
اتہک یرکون وک سا وت اتوہ رادایند ںیم رگا ہک اہک ےک رک بطاخم وک بقاث ےن ںیم 
Men Soqibga yuzlanib shunday dedim, agar men dunyoviy odam bo‘lganimda edi, 
buni yaxshi ish deb atagan bo‘lar edim. 
.
167
ےتاج ھکید وک ھجم روا ےتآ ےلچ ھتاس ےک دجام دلاو ےنپا شاک 
Koshki otang Majid bilan kelib meni ko‘rib ketganingda edi. 
4) Afsus, pushaymonni ifoda etuvchi shart mayli shaklini quyidagi misol 
orqali ko’rsatish mumkin: 
.ںیہ ینرک یضرع ںیم تمدخ یک پآ ںیتاب تہب ںیم باب ےک ےدیصق سا
نخ" هک ہی وت ےلہپ
واررج
ہ ادیپ ںیہن ہشدح ہی .ۓلا دنس ہذتاسا ِراعشا رپ سا روا اھجمس رفانت مسقزا ےن مت وک "اررھوگ
رگم اتو
.
168
ںیم لد ےک ںویدتبم روا ےک ںوکڑل 
Bu qasida borasida juda ko‘p gaplarni sizga aytmoqchiman.
Birinchidan, bu iborani siz tashxis san’ati deb o‘ylabsiz va unga ustozlarning 
she’rlaridan asos keltiribsiz. Bolalarning yuragida qo‘rquv bo‘lmas edi. 
5) Shart maylining oddiy shakli sodda gaplarda qo‘llanganda ko‘pincha
“ایک”- “nahotki, nima”, “ےسیک” – “qanday qilib?”, “ںویک” “qanaqasiga”, “شاک” - 
“koshki”,”qaniydi”, “رگا” - “agar” kabi modal so‘zlar bilan keladi. Masalan: 
166
.ص ١١٩ – .١٨٨٤ ،گرام بلاغ ناویا ،ٹویٹیٹسنا بلاغ :۔یلد یئن – .لوادلج.طوطخ ےک بلاغ .مجنا قیلخ 
167
O‘sha asar. – 366 b. 
168
O‘sha asar. – 328 b. 


67 
ہن حدم ینتا یک سا وت اتھکل ہچابید اک ناوید ےک ےدازریما ای ےدازہش یسک رگا ،للہاب اللہو
ینتج ہک اترک
.
169
ےہ یک حدم یراہمت 
Xudo haqqi, agar biron-bir shahzoda yoki amirzoda devonining debochasini 
yozganida ham, uni seni maqtaganchalik maqtamagan bo‘lar edim. 
6) Shart maylining oddiy shakli shart ergash gapli qo‘shma gaplarda faqat 
ergash gapda ishlatilishi: 
.
170
اھت نسحتسمان ہبش ےب وت اتھکل ظفل ہی ںیم یداش ِحیرات ای تدلاو ِخیرات رگا 
Agar tug‘ilish sanasi yoki to‘y kuni yozilganda, shubhasiz bunga ehtiyoj bo‘lmas 
edi.
7) Shart maylining oddiy shakli shart ergash gapli qo‘shma gaplarda bosh va 
ergash gapda ishlatilishi: 
ہن یجہت ِفورح ِدیق ہب دئاصق !رادربخ رگم .اتوہ شوخ ہدایز روا لد اریم وت ،اتوہ اھچا ےس عرصم لاہپ
.
171
انرک عمج 
Birinchi misrasidanoq yaxshi yozilganida, xursand bo‘lgan bo‘lar edim. Lekin bilib 
qo‘y, qasidalarni alifbo tarzida tuzib jo‘natma. 
8) Shart maylining oddiy shakli ergash gapli qo‘shma gapning bosh va ergash 
gaplarida ishlatiladi: 
.
172
ےتید جیھب وک نا رک ھکل طخ رپوا رپوا یہ مت وت یتوہ یئانشآ ےس مت شاک 
Koshki sen bilan yaqin bo‘lsam, seni o‘zing ustma-ust unga xat yozib jo‘natgan 
bo‘larding. 
169
.ص ١١٣ – .١٨٨٤ ،گرام بلاغ ناویا ،ٹویٹیٹسنا بلاغ :۔یلد یئن – .لوادلج.طوطخ ےک بلاغ .مجنا قیلخ 
170
O‘sha asar. – 325 b. 
171
O‘sha asar. – 327 b. 
172
O‘sha asar. – 271 b. 


68 
9) Ba’zan bu zamon shakli bilan ro‘y bermagan ish-harakat, ya’ni shart mayli 
shakli qo‘llanishi kerak bo‘lgan ish-harakat ifodalanadi: 
اتکس ںیہن لچ ہو ،اھت ایگ جوس ںؤاپ اک نایلک رگم ،اھت اتکس ھکل وت باوج .اکس ھکل ہن باوج اک طخ سا
.
173
اھت 
O‘sha xatga javob yoza olmadim. Javob-ku yoza olardim, lekin Kalyanning 
oyoqlari shishgan edi u yura olmas edi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling