Usmanova Lola Ahmadovna mirzo g‘olib maktublarida fe’lga oid kategoriyalarning ifodalanishi


Download 1.3 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/36
Sana23.04.2023
Hajmi1.3 Mb.
#1388778
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36
Bog'liq
mirzo golib maktublarida felga oid kategoriyalarning ifodalanishi

Tadqiqot obyekti va predmeti. Ilmiy tadqiqotning obyekti – Doktor Xaliq 
Anjumning 5 tomlik “G‘alib ke xutut” tanqidiy matnidir. “G‘alib ke xutut” asari 
G‘olib xatlarining tanqidiy matni bo‘lib, u Yangi Dehlida faoliyat ko‘rsatadigan 
G‘olib instituti tomonidan 1993-yil nashr etilgan. Bu G‘olib xatlarining eng 
mo‘tabar nashri hisoblanadi. 
Fe’lga finit va infinit shakllar xos bo‘lib, finit shakllar orqali zamon 
kategoriyasi ifodalanadi. Asliyatda maktub matnlaridagi fe’lning finit shakllarini 
ifodalash ishimizning predmetini tashkil qiladi. 
Tadqiqot maqsadi va vazifalari. Mazkur magistrlik dissertatsiyasining 
asosiy maqsadi G‘olib bitgan maktublarda fe’lning finit (tugal) shakllarini tadqiq 
etish va ularning qo‘llanilish darajasini aniqlashdir.
Mirzo G‘olib kamida 886 ta maktub bitgan bo‘lib, biz tahlil uchun uning eng 
suyukli shogirdi Mirza Hargo‘pal Taftaga
6
yozgan 123 ta xatini tahlilga tortdik.
Tadqiqot ishiga quyidagilar asosiy vazifa qilib olindi: 
1) Mavzuga doir ilmiy manbalarni to‘plash; 
2) Ushbu mavzuga oid olimlar tomonidan bildirilgan ilmiy-nazariy qarashlarni 
atroflicha o‘rganish va ularga munosabat bildirish
3) Kartochkalarga barcha uchragan fe’l shakllarini ajratib olish; 
4) Ko‘chirib olingan jumlalarni fe’l shakllari asosida tahlil qilish;
6
.ص ١١ – .١٨٩١ ،یمڈیکا بلاغ :.ی ّلد یئن – .بلاغ روا ہتفت .یراصنا نیّدلاایض د
ّمحم رٹکاڈ 



5) Mirzo G‘olib maktublari ko‘lamida istak, shart va buyruq mayllari 
shakllarining qo‘llanish holatlarini qayd etib, ushbu mayllar yordamida ifodalangan 
modal ma’no yoki bo‘yoqlarni ko‘rsatib berish;
6) Ularni bir tizimga solish va qo‘llanilish doirasini belgilash; 
7) Olib borilgan tahlil natijalariga ko‘ra ilmiy xulosalar berish. 
Ilmiy yangiligi. 
1) O‘zbek tilshunosligida Mirzo G‘olib maktublari fe’l kategoriyalari 
doirasida ilk marotaba ilmiy tadqiqotga tortildi
2) Maktublar matni tarjimaga tortilib, zamon va mayl kategoriyalari bo‘yicha 
tahlil qilindi;
3) Maktublarda fe’lning finit shakllarining qo‘llanilish darajasi aniqlanib, 
statistik metod yordamida tahlil qilindi.

Download 1.3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   36




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling