Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risida
Download 0.95 Mb.
|
215 16.10.2006 davlat korxonasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- II. Davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berish tartiboti
Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risida
NIZOM I. Umumiy qoidalar Oldingi tahrirga qarang. 1. Mazkur Nizom O‘zbekiston Respublikasining Fuqarolik kodeksiga va boshqa qonunchilik hujjatlariga muvofiq davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibini belgilaydi. (1-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Aksiyadorlik jamiyatlarining davlatga tegishli aksiyalari paketlari, boshqa xo‘jalik jamiyatlarining ulushlari (keyingi o‘rinlarda davlat aktivlari deb ataladi) davlat manfaatlarini ta’minlash uchun mazkur Nizomga muvofiq belgilanadigan yuridik va jismoniy shaxslarga — ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga beriladi. 2. Ishonchli boshqaruvga berilishi kerak bo‘lgan davlat aktivlari uchinchi shaxslarning huquqlari bilan biriktirilmasligi yoxud istalgan boshqa shaklda begonalashtirilishi mumkin emas. 3. Quyidagilar: O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti yoki O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining; Aksiyadorlik jamiyatlari va kompaniyalardagi davlatga tegishli aksiyalar ulushlaridan samarali foydalanilishi ustidan monitoring olib borish bo‘yicha komissiyaning; Oldingi tahrirga qarang. mazkur bandning ikkinchi va uchinchi xatboshida ko‘rsatilgan hollardan tashqari, O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining qarorlari davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berish uchun asos hisoblanadi. (3-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda) II. Davlat aktivlarini ishonchli boshqaruvga berish tartiboti Oldingi tahrirga qarang. 4. Davlat aktivlari vakolatli organ tomonidan berilgan tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan yuridik shaxslarga — investitsiya avtivlarini ishonchli boshqaruvchilarga hamda qonunchilikda nazarda tutilgan hollarda — davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlariga ishonchli boshqaruvga berilishi mumkin. (4-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 5. Davlat aktivlarini investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchilarga ishonchli boshqaruvga berish tanlov asosida amalga oshiriladi. Tanlovlarni o‘tkazish tartibi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi tomonidan belgilanadi. (5-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2013-yil 13-avgustdagi 221-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 33-son, 438-modda) Oldingi tahrirga qarang. 6. Davlat aktivlarini ishonchli boshqarish huquqi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi bilan ko‘rsatib o‘tilgan huquqni mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq olgan shaxs o‘rtasida tuziladigan mazkur Nizomga ilovaga muvofiq shakl bo‘yicha shartnoma bilan ishonchli boshqaruvga beriladi. (6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Ishonchli boshqaruvchi — yuridik shaxs xo‘jalik jamiyatida davlat aktivlarini boshqarish bo‘yicha o‘zining vakolatli vakilini tayinlaydi. 7. Ishonchli boshqarish shartnomasi uni uzaytirish imkoniyati bilan birga bir yil muddatga tuziladi va quyidagilarni nazarda tutishi kerak: tomonlarning nomi; shartnoma mavzusi, davlat aktivlari ro‘yxati va tavsifi; shartnomaning amal qilish muddati va uni uzaytirish imkoniyati; davlatga tegishli aksiyalar paketlarini berish tartibi; mazkur Nizomning III va IV bo‘limlariga muvofiq tomonlarning huquq va majburiyatlari; ishonchli boshqaruvchilar tomonidan hisobotlar taqdim etilishi muddatlari; ishonchli boshqaruvga berilgan aksiyalarni begonalashtirish shartlari; ishonchli boshqaruvchini taqdirlash miqdori va shakli; ishonchli boshqaruv to‘xatilgan taqdirda davlat aktivlarini oladigan shaxs; tomonlarning javobgarligi; shartnoma amal qilishini to‘xtatish uchun asoslar va shartlar; Oldingi tahrirga qarang. investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchi faoliyatiga cheklovlar (davlat aktivlari investitsiya aktivlarini ishonchli boshqaruvchiga berilgan taqdirda); (7-bandning o‘n uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 22-dekabrdagi 323-son qarori tahririda — O‘R QHT, 2009-y., 52-son, 568-modda) Oldingi tahrirga qarang. qonunchilikka zid bo‘lmagan boshqa qoidalar. (7-bandning o‘n to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 8. Ishonchli boshqaruvchiga — yuridik shaxsga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlari qiymati nominal qiymati bo‘yicha uning balansdan tashqari hisob raqamlarida hisobga olinadi. Oldingi tahrirga qarang. 9. O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi davlatga tegishli aksiyalar paketlari ishonchli boshqaruvga berilishiga shartnoma tuzilgan kundan boshlab 3 ish kunidan kechikmay bu haqda Davlat qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysini xabardor qiladi. (9-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. 10. Davlat qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi ikki ish kuni mobaynida: (10-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda) Oldingi tahrirga qarang. ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalar paketlari O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining “depo” hisob raqamida ishonchli boshqarish huquqini olgan shaxsning subhisob raqamiga o‘tkazilishini; (10-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) uning ishonchli boshqaruv huquqini olgan shaxs tomonidan tasarruf etilishi imkoniyatini istisno etadigan ko‘rsatib o‘tilgan aksiyalar paketlarini blokirovka qilishni amalga oshiradi. Oldingi tahrirga qarang. Davlat aktivlarini boshqarish agentligi tomonidan boshqariladigan, shuningdek ishonchli boshqaruvga berilgan davlatga tegishli aksiyalar paketlarini saqlash va ularni “depo” hisob raqamiga o‘tkazish bo‘yicha Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun Davlat aktivlarini boshqarish agentligi huzuridagi budjetdan tashqari Davlat aktivlarini boshqarish, transformatsiya va xususiylashtirish jamg‘armasidan haq to‘lanadi. (10-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son) Oldingi tahrirga qarang. Moliya vazirligining davlat aksiya paketlarini saqlash va ularni “depo” hisob raqamiga o‘tkazish bo‘yicha Qimmatli qog‘ozlar markaziy depozitariysi xizmatlari uchun Moliya vazirligi tomonidan haq to‘lanadi. (10-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 18-martdagi PQ-168-sonli qaroriga asosan beshinchi xatboshi bilan to‘ldirilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.03.2022-y., 07/22/168/0228-son) Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling