IV. Ichki audit xizmatiga qo‘yiladigan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ichki audit xizmati xodimlari ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 28-sentabrdagi 538-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.09.2022-y., 09/22/538/0862-son — 2022-yil 30-dekabrdan kuchga kiradi)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
6. Ichki audit xizmati xodimlari korxonaning shtatlar jadvaliga kiritilishi va ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lish shart.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
61. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuv kengashi yoki muassis (aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi, ishtirokchilar umumiy yig‘ilishi) tomonidan belgilanadigan tartib va shartlarga asosan tanlov asosida tayinlanadi.
(61-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 26-oktabrdagi 619-sonli qaroriga asosan kiritilgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 27.10.2022-y., 09/22/619/0968-son — 2023-yil 1-yanvardan kuchga kiradi)
Oldingi tahrirga qarang.
7. Ichki audit xizmati xodimlarining soni ichki audit maqsadlariga samarali erishish va vazifalarini hal etish uchun yetarli bo‘lishi kerak hamda korxonaning kuzatuvchi kengashi tomonidan sertifikatsiyalangan ikki nafardan kam bo‘lmagan ichki auditordan iborat etib belgilanadi.
(7-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8. Ichki audit xizmatiga ichki auditor sertifikatiga ega bo‘lgan uning rahbari boshchilik qiladi.
(8-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 14-sentabrdagi 258-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 37-son, 381-modda)
Har yili ichki audit xizmati rahbari ichki audit xizmati xarajatlarining yillik smetasini tuzadi va uni tasdiqlash uchun korxonaning kuzatuvchi kengashiga taqdim etadi.
9. Ichki audit xizmati xodimlarining kasb darajasi tegishli litsenziyaga ega bo‘lgan ta’lim muassasalarida muntazamlilik asosida ularning malakasini oshirish vositasida saqlanishi kerak.
10. Ichki audit xizmati xodimlari korxona kuzatuvchi kengashi tomonidan har yili attestatsiyadan o‘tkazilishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: |