Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
VII. Ishonchli boshqarish huquqini to‘xtatish
Download 0.95 Mb.
|
215 16.10.2006 davlat korxonasi
VII. Ishonchli boshqarish huquqini to‘xtatish
23. Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma quyidagi holatlar boshlanganda to‘xtatilishi mumkin: a) tomonlardan birining: shartnoma muddati tamom bo‘lishi; boshqa tomon o‘z majburiyatlarini bajarmasligi yoki zarur tarzda bajarmasligi; jamiyat yoki ishonchli boshqaruvchining qayta tashkil etilishi, tugatilishi, bankrot deb e’tirof etilishi; davlatning shartnoma bo‘yicha foyda olishni rad etishi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi tomonidan ishonchli boshqaruvni amalga oshirish mumkin emasligi sababi bilan ishonchli boshqaruvchining boshqarishning amalga oshirishni rad etishi munosabati bilan shartnomani to‘xtatish to‘g‘risida sabablari asoslangan arizasi. Shartnoma ariza taqdim etilgan paytdan boshlab 10 kun o‘tgandan keyin bekor qilingan deb hisoblanadi. b) davlat aktivlarini begonalashtirish to‘g‘risida belgilangan tartibda qaror qabul qilinishi. Ushbu holatda shartnoma, shu jumladan: Oldingi tahrirga qarang. aksiyalar paketlarini boshqarishda — davlatga tegishli aksiyalar paketi O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi to‘g‘risidagi bildirishnomasiga muvofiq ishonchli boshqaruvchining “depo” subhisob raqamidan O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazining hisob raqamiga o‘tkazilgan paytdan boshlab, Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining aksiyalar paketi (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilishi to‘g‘risida buyrug‘i chiqqan paytdan boshlab; (23-bandning b kichik bandi ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) Oldingi tahrirga qarang. ulushlarni boshqarishda — O‘zbekiston Respublikasining Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasi huzuridagi Davlat aktivlarini boshqarish markazi tomonidan ishonchli boshqaruvchi oldi-sotdi shartnomasi tuzilganligi, ulush (yoki uning bir qismi) ustav fondiga berilganligi haqida Xususiylashtirilgan korxonalarga ko‘maklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qo‘mitasining buyrug‘i chiqqanligi to‘g‘risida xabardor qilingan paytdan boshlab: (23-bandning b kichik bandi uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 16-avgustdagi 638-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2017-y., 33-son, 863-modda) ishonchli boshqaruvchi fuqaro vafot etgan, u huquqiy layoqatsiz, huquqiy layoqati cheklangan yoki dom-daraksiz ketgan deb e’tirof etilgan taqdirda bekor qilingan deb hisoblanadi. Oldingi tahrirga qarang. v) Ishonchli boshqaruvchi bilan tuzilgan shartnoma qonunchilikda nazarda tutilgan boshqa asoslar bo‘yicha bekor qilinishi mumkin. (23-bandning “v” kichik bandi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. 24. Ishonchli boshqarish shartnomasining amal qilishi to‘xtagandan keyin davlat aktivlariga egalik qilish, ulardan foydalanish va ularni boshqarish qonunchilikda belgilangan tartibda amalga oshiriladi. (24-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Davlatga tegishli aksiyalar paketlarini (ulushlarni) ishonchli boshqaruvga berish tartibi to‘g‘risidagi nizomga ILOVA Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling