Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida
III. Ishonchli boshqaruvchining maqomi, huquqlari va majburiyatlari
Download 0.95 Mb.
|
215 16.10.2006 davlat korxonasi
III. Ishonchli boshqaruvchining maqomi, huquqlari va majburiyatlari
Oldingi tahrirga qarang. (11-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 23-sentabrdagi 274-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — O‘R QHT, 2015-y., 39-son, 507-modda) 12. Ishonchli boshqaruvchi quyidagi huquqlarga ega bo‘ladi: Oldingi tahrirga qarang. O‘zbekiston Respublikasi qonunchiligiga va tuzilgan ishonchli boshqaruv shartnomasi shartlariga muvofiq ishonchli boshqaruvga olingan davlat aktivlariga nisbatan barcha yuridik va amaliy xatti-harakatlarni amalga oshirish, begonalashtirish va undan garov sifatida foydalanish bundan mustasno; (12-bandning ikkinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) tuzilgan shartnoma shartlariga va unga ishonchli boshqaruvga berilgan davlat aktivlari miqdoriga muvofiq kuzatuvchi kengash a’zosi va jamiyat qatnashchisi sifatida o‘zining barcha vakolatlaridan foydalanish; Oldingi tahrirga qarang. shartnoma shartlariga va qonunchilikka muvofiq taqdirlanish, davlat aktivlarini ishonchli boshqarishni amalga oshiradigan davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari bundan mustasno. (12-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) 13. Ishonchli boshqaruvchi xo‘jalik jamiyatining ijro etuvchi organi tomonidan amalga oshiriladigan joriy faoliyatga aralashishga haqli emas. 14. Ishonchli boshqaruvchi quyidagilarga majbur: Davlat aktivlarining ishonchli boshqaruvi shartnomasi bo‘yicha foyda oluvchi hisoblangan davlatning manfaatlarini ifodalash; Oldingi tahrirga qarang. ishlab chiqarish samaradorligini oshirish, foyda hajmini ko‘paytirish va uni taqsimlashda davlatning manfaatlariga rioya qilish maqsadida davlat aktivlari miqdori bilan beriladigan huquqlar doirasida va amaldagi qonunchilikka muvofiq xatti-harakatlarni amalga oshirish; (14-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son) Oldingi tahrirga qarang. korxonaning moliya-xo‘jalik faoliyatini yaxshilashga yo‘naltirilgan yagona strategiyani amalga oshirish va O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti va davlat maqsadli jamg‘armalari oldida, ish haqi va boshqa majburiy to‘lovlar to‘lash bo‘yicha uning tomonidan boshqarilayotgan korxonaning qarzdorligi paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaslik; (14-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) Oldingi tahrirga qarang. ijro etuvchi organning faoliyati, uning tomonidan biznes-reja bajarilishi, jamiyatning moliyaviy resurslaridan oqilona foydalanish, davlat aktivlari bo‘yicha hisoblangan dividendlarni O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga o‘z vaqtida to‘lash ustidan zarur darajada nazorat qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini ko‘rish; (14-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2016-yil 26-apreldagi 122-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2016-y., 17-son, 176-modda) xo‘jalik jamiyati boshqaruvi organlariga yoki sudga murojaat qilish yo‘li bilan davlat aktivlariga nisbatan davlatning manfaatlari (huquqlari) buzilishi bartaraf etilishini talab qilish, davlat manfaatlari buzilishini bartaraf etishga yo‘naltirilgan xatti-harakatlarni amalga oshirish; Oldingi tahrirga qarang. raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarishni ta’minlash uchun ijro etuvchi organ tomonidan ishlab chiqarishni zamonaviy texnologiyalar asosida rekonstruksiya qilish hamda texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlashni amalga oshirishni tashkil etish chora-tadbirlarini ko‘rish; Download 0.95 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling