Ustav fondida davlat ulushi bo‘lgan korxonalarning samarali boshqarilishini va davlat mulkining zarur darajada hisobga olinishini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida


III. Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari


Download 0.95 Mb.
bet12/29
Sana13.05.2023
Hajmi0.95 Mb.
#1457123
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29
Bog'liq
215 16.10.2006 davlat korxonasi

III. Ichki audit xizmatining huquq va majburiyatlari
5. Ichki audit xizmati quyidagi huquqlarga egadir:
ichki auditni amalga oshirish davomida paydo bo‘ladigan masalalar bo‘yicha korxonaning hujjatlarini (rahbarning buyruqlari, farmoyishlari, boshqaruv organlari qarorlari, ma’lumotnomalar, hisob-kitoblar, zarur hujjatlarning tasdiqlangan nusxalari va boshqa hujjatlarni), korxona mansabdor va mas’ul shaxslaridan og‘zaki va yozma tushuntirishlar olish;
ichki auditni o‘tkazishga ko‘maklashish uchun korxonaning tegishli mutaxassislarini jalb etish.
Ichki audit xizmati quyidagilarga majbur:
Oldingi tahrirga qarang.
ichki auditni amalga oshirishda mazkur Nizom va boshqa qonunchilik talablariga rioya qilish;
(5-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)
mazkur Nizomning 13—18-bandlarida belgilangan talablarga muvofiq hisobotlar tuzish;
moliya va statistika hisoboti ko‘rsatkichlarining ishonchliligini tekshirish;
ichki auditni amalga oshirishda olingan axborotning maxfiyligiga rioya qilish;
korxonaga uning mansabdor shaxslari va boshqa xodimlari tomonidan zarar yetkazilganidan dalolat beruvchi holatlar aniqlangan taqdirda bu haqda darhol korxonaning kuzatuvchi kengashiga xabar berish va auditorlik hisobotida tegishli yozuvni qayd etish;
aktivlarni xatlovdan o‘tkazishda va qonunda belgilangan tartibda uning o‘z vaqtida amalga oshirilishini nazorat qilishda ishtirok etish.
Oldingi tahrirga qarang.
Ichki audit xizmati qonunchilikka va korxonaning ta’sis hujjatlariga muvofiq boshqa majburiyatlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
(5-bandning o‘n birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 4-apreldagi 153-sonli qarori tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son)

Download 0.95 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   29




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling