Узбекистон республикаси кишлок ва сув
Dvigatel silindrida ishchi sikl davomidagi gazlarning bosim kuchini aniqlash va nazariy indikator diagrammani qurish
Download 0.83 Mb.
|
302 Muzaffar
2.3.1 Dvigatel silindrida ishchi sikl davomidagi gazlarning bosim kuchini aniqlash va nazariy indikator diagrammani qurish
Dvigatelning ishlash jarayonida krivoship shatun mexanizmi detallariga ta’sir qiluvchi gazlarning bosim kuchini indikator diagramma yordamida o‘rganish mumkin. Indikator diagramma dvigatel silindrida ish sikl davomida porshen harakatlanishi natijasida hajm o‘zgarishi bilan bosim o‘zgarishini ko‘rsatuvchi diagrammadir. Bu diagrammani qurishda issiqlik hisobi natijalaridan foydalaniladi, abssissa o‘qiga hajm (porshen yo‘li) va ordinata o‘qiga bosim qiymatlari qo‘yiladi, diagramma balandligi asosidan 1,2...1,7 marta katta bo‘ladigan qilib, hajm uchun μl va bosim uchun μr masshtablari tanlanadi. Porshen yo‘li S taxminan 150 mm dan katta bo‘lmagan holda silindr hajmi (porshen yo‘li) uchun masshtab μl =1 mm/mm qilib tanlash tavsiya qilinadi. Diagrammada yonish kamerasi hajmiga mos keluvchi solishtirma siljish quyidagicha aniqlanadi: hc = 2/(-1)=0,125 Abssissa o‘qida yonish kamerasi hajmiga mos keluvchi masofa: h’c = R ∙ hc =7,7 mm, bu erda R-krivoship radiusi, mm. Dizellar uchun indikator diagrammaning vertikal o‘qidan indikator diagrammaning z nuqtasigacha bo‘lgan masofa: h’z = h’c ∙ ρ=11,56 mm, bu erda, ρ - dastlabki kengayish darajasi. Kompyuter yordamida hisoblashlarni bajarishda va indikator diagrammani qurishda tirsakli valning ma’lum burchakka burilishidagi quyidagi ko‘rsatkichlar ham aniqlab olinadi. Porshenning solishtirma siljishi: Sx = (1, bu erda, -tirsakli valning burilish burchagi, grad, = R/Lsh -krivoship radiusining shatun uzunligiga nisbati (o‘xshash traktor dvigatelidagi bilan bir xil qilib olinadi). Porshenni yurish yo‘li: Sp = R ∙ Sx=4 mm Silindr hajmi: Ss = Sp + h’c =11,6 mm Bosim uchun tanlangan masshtab yordamida indikator diagrammaning gorizontal o‘qidan indikator diagrammasining r, a, c, z va b nuqtalarigacha bo‘lgan masofalar aniqlanadi. Diagrammani qurishda kiritish taktida bosim chizig‘i pa ga va chiqarish taktida pr ga teng deb olinadi. Siqish taktida porshen harakatlanishi bilan bosim o‘zgarishini aniqlash uchun tirsakli val burilishi bilan siqish darajasi qiymatini o‘zgarishi aniqlanadi: x = (2 + hc) / (Sx + hc)=11,3 shu asosida siqish taktida bosim o‘zgarishini ham aniqlash mumkin: psx= pa ∙ xn1 MPa Kengayish taktida porshen harakatlanishi bilan bosim o‘zgarishini aniqlash, ya’ni diagrammaning zb chizig‘ini hosil qilish uchun tirsakli val burilishi bilan keyingi kengayish darajasi qiymatini o‘zgarishi aniqlanadi: x = (Sx + hc) / (ρ ∙ hc)=1 shu asosida kengayish taktida bosim o‘zgari shini ham aniqlash mumkin: pbx= pz / xn2 MPa Quyidagi 2.2 - rasmda hisoblashlardan keyin Microsoft Excel dasturiga moslashtirilgan dastur yordamida qurilgan dizelning indikator diagrammasi keltirilgan.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling