2.3.2 Dvigatelda ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi detallarning inersiya kuchini aniqlash va inersiya kuchlar diagrammasini qurish
Inersiya kuchi ma’lum bir tezlik va tezlanish bilan harakatlanayotgan detallarning massasiga bevosita bog‘liq.
Porshenni harakatlanish tezligi:
Wp = ω ∙ R m/s,
bu erda, R - krivoship radiusi, m; ω - tirsakli valning burchak tezligi bo‘lib u quyidagicha aniqlanadi:
ω = π ∙ nn / 30=216,5 s-1
z`
z
c
r
a
b
2.2 - rasm. Axos-340C traktorining 1104D-44T dvigitilining indikator diagrammasi
ra - kiritish, ac - siqish, cz - yonish, zb - kengayish, br - chiqarish jarayonlarida silindr ichidagi bosimni o‘zgarishi
Porshenni harakatlanish tezlanishi:
Jp = ω2 ∙ R m/s2
Ilgarilanma-qaytma harakat qiluvchi detallarning inetsiya kuchi quyidagicha aniqlanadi:
Rj= – mj ∙ Jp ∙ 10-3 = -11,53 kN
bu erda, mj – ilgarilanma-qaytma harakat qilayotgan detallar massasi, u quyidagicha aniqlanadi:
mj = mp + msh.p =3,46 kg
bu erda, mp – porshen guruhi detallarining massasi, msh.p – shatun guruhi detallarining ilgarilanma-qaytma harakatda ishtirok etayotgan qismi massasi, hisoblashlarni bajarishda:
msh.p = 0,275 ∙ msh , kg,
bu erda, msh – shatun guruhi detallarining umumiy massasi.
mp va msh ni aniqlashda quyidagi formulalardan foydalaniladi:
mp = m’p ∙ Fp=2,45 va msh = m’sh ∙ Fp=3,68
bu erda, m’p va m’sh – porshen va shatun guruhi detallarining solishtirma massasi (dizellar uchun m’p=150...300 kg/m2 va m’sh=250...400 kg/m2; karbyuratorli dvigatellar uchun m’p=80...150 kg/m2 va m’sh =100...200 kg/m2); Fp – porshen yuzasi, m2
Krivoship-shatun mexanizmiga ta’sir qiluvchi kuchlar diagrammalarini chizishda kuchlar masshtabi μ’r dan foydalaniladi:
μ’r = μr ∙ Fp ∙ 103=0,3270 kN/mm
bu erda, μr birligi MPa/mm; Fp birligi m2 da qo‘yiladi.
Quyidagi 2.3 - rasmda hisoblashlardan keyin Microsoft Excel dasturiga moslashtirilgan dastur yordamida qurilgan dizelning inersiya kuchlar diagrammasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |