2.3-rasm. Axos-340C traktorining 1104D-44T dvigitilining inersiya kuchlar diagrammasi
YUqoridagi rasmdan ko‘rinib turibdiki inersiya kuchlari porshen harakatiga qarab manfiy (gorizontal o‘qdan pastda joylashgan bo‘lakga e’tibor qarating) yoki musbat (gorizontal o‘qdan yuqorida joylashgan bo‘lakga e’tibor qarating) ish bajarishi mumkin.
2.3.3 Krivoship shatun mexanizmiga ta’sir qiluvchi gazlarning bosim kuchi, inersiya kuchi va yig‘indi kuchlar diagrammasini qurish
Krivoship shatun mexanizmida porshenga ta’sir qiluvchi gazlarning bosim kuchi Pg va inersiya kuchi Pj yig‘indi kuchni tashkil qiladi:
PƩ = Pg + Pj =-12,56 kN
YUqorida dvigatelning ish sikli davomida porshenga ta’sir qiluvchi gazlarning bosimi rg dvigatel taktlarida (kiritishda rg=ra, siqishda rg=rsx, kengayishda rg=rbx , chiqarishda rg=rr) porshenning turli holatlari uchun MPa da aniqlangan edi, bosimning ushbu qiymatlarini bosim kuchiga aylantiriladi:
Pg = (pr – p0) ∙ Fp ∙ 103=0,139 kN
bu erda, pr va p0 birligi MPa; Fp birligi m2 da qo‘yiladi.
Dinamik hisobda yig‘indi kuch porshen barmog‘i o‘qiga ta’sir qiladi deb hisoblanadi va u silindr o‘qi bo‘ylab yuqoriga yoki pastga yo‘nalgan bo‘ladi. Bu kuchni porshenni silindr devorlariga itaruvchi, silindr o‘qiga perpendikulyar ravishda yo‘nalgan, N normal kuchga va shatun o‘qi bo‘ylab yo‘nalgan K kuchga ajratish mumkin.
Agar tirsakli valning burilish burchagi , shatun va silindr o‘qi orasidagi burchak β bo‘lsa, markaziy krivoship shatun mexanizmi uchun quyidagini yozish mumkin:
R / Lsh = λ yoki
= λ
= arc (λ =
Normal kuch quyidagi ifodadan aniqlanadi:
N = PƩ =-0,87 kN
SHatun bo‘ylab yo‘nalgan kuch quyidagicha aniqlanadi:
K = PƩ / =-11,16 kN
Quyidagi 2.4 - rasmda hisoblashlardan keyin Microsoft Excel dasturiga moslashtirilgan dastur yordamida qurilgan dizelning krivoship shatun mexanizmiga ta’sir qiluvchi gazlarning bosim kuchi, inersiya kuchi va yig‘indi kuchlar diagrammasi keltirilgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |