Узбекистон республикаси кишлок ва сув
Urinma (tangensial) kuchlar diagrammasini qurish
Download 0.83 Mb.
|
302 Muzaffar
2.3.4 Urinma (tangensial) kuchlar diagrammasini qurish
SHatun bo‘ylab yo‘nalgan K kuchni shatun bo‘yniga ko‘chirib bu kuchni ham ikkita, krivoship radiusi bo‘ylab yo‘nalgan radial Z kuchga va krivoship radiusi aylanasiga urinma tarzda yo‘nalgan tangensial (urinma) T kuchga ajratish mumkin. Radial kuch quyidagi ifodadan aniqlanadi: Z = PƩ =-10,29 kN Tangensial kuch quyidagicha aniqlanadi: T = PƩ =-4,31 kN Aynan tangensial kuch dvigatelda burovchi moment hosil qilib beradi. Mb = T ∙ R=44,3 N.m 2.4-rasm. Axos-340C traktorining 1104D-44T dvigitilining ishlash jarayonida (kiritish, siqish, kengayish va chiqarish taktlarida) krivoship shatun mexanizmiga ta’sir qiluvchi gazlarning bosim, inersiya va yig‘indi kuchlar diagrammasi Quyidagi 2.5-rasmda hisoblashlardan keyin Microsoft Excel dasturiga moslashtirilgan dastur yordamida qurilgan dizelning krivoship shatun mexanizmiga ta’sir qiluvchi bitta silindrdagi tangensial kuchlar diagrammasi keltirilgan. Ko‘p silindrli dvigatel uchun tangensial kuchlar diagrammasini chizish uchun bitta silindr uchun chizilgan tangensial kuch diagrammasi absissasi dvigatel silindrlari soni i ga mos bo‘lakka bo‘linadi, boshqacha qilib aytganda ikkinchi va undan keyingi silindrlar diagrammalari birinchi silindrga nisbatan θ burchakka siljitiladi, to‘rt taktli dvigatellar uchun: θ = 720 / i SHundan so‘ng bir silindr uchun chizilgan diagrammaning birinchi bo‘lagiga (birinchi silindrdagi urinma kuchlar chizmasi joylashgan joyga) qolgan bo‘laklaridagi chizmalar (qolgan silindrlardagi urinma kuch chizmalari) ko‘chiriladi. SHunday qilib birinchi bo‘lakda silindrlar soniga mos chiziqlar paydo bo‘ladi, ushbu chiziqlar ordinatalarini qo‘shish orqali dvigatel uchun yig‘indi tangensial kuchlar diagrammasi hosil qilinadi. Quyidagi 2.6-rasmda hisoblashlardan keyin Microsoft Excel dasturiga moslashtirilgan dastur yordamida qurilgan to‘rt taktli to‘rt silindrli dizelning krivoship-shatun mexanizmida hosil bo‘ladigan yig‘indi tangensial kuchlar diagrammasini hosil qilish sxemasi keltirilgan. Bu diagrammada yig‘indi tangensial kuchdan tashqari o‘rtacha qarshilik kuchi To‘ (o‘rtacha tangensial kuch) chizig‘i ham ko‘rsatilgan. Ushbu kuchning qiymati hisoblash natijalari jadvalidan olingan bo‘lib, bu kuchni boshqacha tarzda aniqlash bo‘yicha ma’lumotlar quyiroqda keltirilgan. Diagrammada shuningdek K yuza ko‘rsatilgan, bu yuza o‘rtacha qarshilik kuchi chizig‘ining yuqorisida joylashgan, o‘rtacha qarshilik kuchi va yig‘indi tangensial kuch chiziqlari bilan chegaralangan. Bu yuzadan dinamik hisob yakunida dvigatel maxovigi massasini aniqlashda foydalaniladi.
Download 0.83 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling